O. L. Muxamedov Kafedra mudiri


Tog‘-kimyo xomashyo resurslari



Download 2,01 Mb.
Pdf ko'rish
bet35/108
Sana23.12.2022
Hajmi2,01 Mb.
#894593
1   ...   31   32   33   34   35   36   37   38   ...   108
Bog'liq
O. L. Muxamedov Kafedra mudiri

Tog‘-kimyo xomashyo resurslari.
Mamlakatimiz hududida kaliy, osh tuzi va 
fosforitning katta zaxiralari aniqlangan. Magniy va natriyning sulfat tuzlari esa kam uchraydi. 
Xo‘jaikon, Boybachakon, Lalmikon, Oqbin va boshqa, jami 8 ta tuz konlari mavjud, ular 
Ko‘hitang tog‘ida joylashgan. Xo‘jaikon tuz koni zaxirasi 140 mln. tonna bo‘lib, hozirgi 
davrdagi mamlakat ehtiyoji bo‘yicha yana 100 yildan ko‘proq vaqtga yetadi. Fosforitning katta 
konlari Qizilqumda topilgan. Uning Ovminzatog‘, Bukantog‘, Toshqazgan, Quljiqtog‘ va 
Boysun tog‘laridan topilgan konlari ayniqsa, istiqbollidir.
Oltingugurt Sho‘rsuv koni (Farg‘ona vodiysi)dan qazib olinmoqda. Undan tashqari 
Tubekentda yirik koni mavjud. U yura davri yotqiziqlarida uchraydi. Hozirgi vaqtda esa, 
O‘zbekistonda ishlab chiqarilayotgan katta qismi Muborak gazni qayta ishlash majmuasida 
ajratib olinmoqda.
Nometall foydali qazilmalar ham mamlakatning tog‘li mintaqalarida keng tarqalgan. Dala 
shtatining magmatik va cho‘kindi konlari (Zirabuloq- Ziyovuddin tog‘larida) ma’lum. Grafitning 
30 dan ortiq magmatik va cho‘kindi konlari bor. Asbestning ko‘p xili Sulton Uvays tog‘ida 
uchraydi.


O‘zbekiston qurilish materiallari sanoati uchun ishlatiladigan xomashyo, (qum, qumtosh, 
ohaktosh, granit, marmar, tog‘ billuri, yoshma, marmarsimon oniks kabilar)ga boy. Ayniqsa, 
G‘ozg‘on marmari (Navoiy viloyati) sifati yuqori bo‘lib, butun dunyoga mashhur. 
Mamlakatimizdagi deyarli barcha daryo o‘zan yoyilma yotqiziqlarida shag‘ol, qum, shag‘altosh, 
ko‘p tarqalgan. Kvars oqqumi ham yurtimizda ko‘p tarqalgan bo‘lib, u oyna va kulolchilik 
sanoatining qimmatli xomashyosi hisoblanadi. Ozodboshi qishloqlari hududida, Navoiy shahri 
yaqinda, Farg‘ona vodiysida keng tarqalgan.
Mineral suv resurslari.
Mamlakat hududining geologik jinslar majmuida muayyan 
miqdorda yer osti suv zahiralari mavjud. Yer osti suvlarining (shifobaxsh) 100 ga yaqin istiqbolli 
konlari o‘rganilgan. Mutaxassislarning aniqlashicha, mamlakat yer osti suvlarining o‘rni 
qaytadan tiklanib turuvchi zahirasi sekundiga 1000 m
3
. Yer osti suvlarining kimyoviy tarkibi 
jihatdan asosan gidrokarbonatli, gidrokorbanat-sulfatli, qisman sulfat-xloridli va xloridlidir. 
Vodorod-smufatli suv Chimyon, Polvontosh, Xo‘jaobod, Sho‘rsuv, Uchqizil, Kokayti, 
Jayronxona, Xo‘jaipok, Omonxona va boshqa joylarda tanilgan. Yodli suv Chortoqda, rodanli 
suv Aroshan bo‘loqda, kam minerallashgan issiq suvlar Toshkent va Farg‘ona viloyatlarida, 
sulfat-xloridli va natriyli suv Sitorayi Moxi Xossa, Qorako‘l, Gazlidan chiqadi.
Yer resursi
. O‘zbekistonda asosiy ishlab chiqarish vositasi hisoblangan yer davlat 
mulki hisoblanadi. Shuning uchun ham faqat davlat yeridan muddatsiz va vaqtincha foydalanish 
uchun qishloq xo‘jalik tashkilotlariga, turli yo‘nalishda faoliyat ko‘rsatadigan xo‘jaliklarga, 
shuningdek, fuqarolarga beradi. 
Davlat yer fondi umumiy yer fondining, shundan qishloq xo‘jaligiga yaroqli yerlarni, 
shudgor qilinadigan, daraxt yoki mevazor, yaylov, pichanzor, o‘rmonzor hamda qo‘riq yerlardan 
tashkil topgan. Mamlakatimizning umumiy yer fondi 440,0 ming kv.km, shundan qishloq 
xo‘jaligida foydalaniladigan yerlar 26,7 mln. gektarga yaqin, ya’ni mamlakat umumiy yer 
fondining 63,8 foizi qishloq xo‘jalik ishlab chiqarishiga yaroqli bo‘lgan yerlardir. Shundan 
shudgor qilib (haydalma) dehqonchilik qilinadigan yerlar 4,3 mln. ga dan ortiq.
Mamlakatda 22 mln. gektardan ortiq yaylov mavjud. Uning unumdorligini va 
mahsuldorligini artezan quduqlari quvvatini oshirib borish evaziga yanada ko‘paytirish mumkin. 

Download 2,01 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   31   32   33   34   35   36   37   38   ...   108




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish