O. L. Muxamedov Kafedra mudiri


-MAVZU: O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI TABIIY RESURSLAR SALOHIYATI



Download 2,01 Mb.
Pdf ko'rish
bet31/108
Sana23.12.2022
Hajmi2,01 Mb.
#894593
1   ...   27   28   29   30   31   32   33   34   ...   108
Bog'liq
O. L. Muxamedov Kafedra mudiri

-MAVZU: O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI TABIIY RESURSLAR SALOHIYATI, 
ULARDAN OQILONA FOYDALANISH 
 
 
 
Reja: 
1. O‘zbekistonning iqtisodiy-geografik o‘rni. 
2. Tabiiy resurslarni respublika xalq xo‘jaligidagi ahamiyati. 
3. Tabiiy resurs turlarini geografik joylanish xususiyatlari. 
4. Tabiiy resurslarni iqtisodiy-geografik baholash va ulardan foydalanish. 
5.Tabiiy resurslarni muhofaza qilish. 
1. O‘zbekistonning iqtisodiy-geografik o‘rni
.Har qanday hududiy birlikning iqtisodiy-
geografik o‘rni xususiyatlari avvalo uning qayerda joylashganligi bilan bog‘liqdir. Ma’lumki, 
O‘zbekiston materik markazida, dunyo okeanlaridan ancha o‘zoqda joylashgan. Shu sababli 
dengiz tutash hududlarga xos barcha qulayliklardan respublikamiz mahrumdir. Demak, 
O‘zbekistonning mavjud iqtisodiy-geografik o‘rnining barcha ijobiy va salbiy xususiyatlari ko‘p 
jihatdan ana shu holatdan, shuningdek uni qo‘shnichilik xususiyatlaridan (qanday davlatlar, 
iqtisodiy rayonlar, dunyo mamlakatlari mintaqaviy guruhlariga tutush yaqinligi, ularning bir-
birlariga iqtisodiy ta’sir etish imkoniyatlari) kelib chiqadi. 
O‘zbekiston Yevrosiyo materigining qoq markazida, Markaziy Osiyoning markazida 
joylashgan. U shimol va shimoli-g‘arbda Qozog‘iston, sharq va shimoliy-sharqda Qirg‘iziston, 
sharq va janubiy sharqdan Tojikiston, g‘arb va janubi-g‘arbda Turkmaniston, janubda esa 
Afg‘oniston bilan chegaralanadi.
O‘zbekistonning kenglik bo‘yicha shimoldagi chekka no‘qtasi Ustyurt platasi (45

36
1
shimoliy kenglik)da, eng janubiy no‘qtasi Termiz shahri yonida (37
0
11

shimoliy kenglik)da 
joylashgan. O‘zoqlik bo‘yicha esa chekka nuqtalari 56
0
00
1
dan 73
0
10
1
sharqiy o‘zoqlikgacha 
boradi. Respublikamizning 448,9 ming km
2
ga teng bo‘lgan maydoni g‘arbdan sharqqa 1400, 
3
Бу ҳақда Ш.Қурбоновнинг “Кичик ҳудудлар ижтимоий-иқтисодий географияси” (Т.: МУМТОZ 
SO’Z, 2013.) илмий монографиясидан тўлиқ маълумот олиш мумкин. 


shimoldan janubga esa 925 km cho‘zilgan. Maydoni jihatidan O‘zbekiston, Avstriya, Buyuk 
Britaniya, Belgiya, Daniya, Shveysariya mamlakatlari maydonini qushib hisoblaganda ham 
ulardan kattalik qiladi. 
Respublika chegarasining umumiy uzunligi 6221 km. ni tashkil etib, undan 2203 km 
Qozog‘iston, 1021 km Turkmaniston, 1061 km Tojikiston, 1099 km Qirg‘isiston, 137 km 
Afg‘onistonga to‘g‘ri keladi. Odatda, alohida olingan hudud yoki mamlakatlar iqtisodiy 
gegorafik o‘rnini o‘rganish, tadqiq va tahlil qilish orqali ularning bugungi rivojlanishi holatiga 
baho berish va kelajagi haqida fikr yuritish mumkin. Shu jihatdan O‘zbekiston hududining 
kattaligi va yaxlitligi, qardosh (yalpi qadim Turon zaminidagi) davlatlarga nisbatan markazda 
ekanligi va mintaqaviy cho‘zilganligi, yer usti tuzilishining bir-biriga muvofiq holatda o‘rin 
almashishi (tekislikning adir yassi tog‘lik va baland tog‘liklar bilan almashinishi) hududda 
ijtimoiy taraqqiyot uchun kattagina imkoniyatlar yaratib bergan. 
O‘zbekiston hududining o‘rnini iqtisodiy geografik jihatdan uch pog‘onaga: mikro, mezo 
va makro darajaga bo‘lish mumkin.
O‘zbekiston hududining mikro darajadagi holati, uning Markaziy Osiyo davlatlariga 
nisbatan tutgan o‘rnidir. O‘zbekiston qadim Turon zaminida hamisha salohiyati katta davlat 
bo‘lgan. Bu ko‘p jihatdan uning geografik markazligidan kelib chiqqan. Yaqin o‘tmish (ya’ni 
sho‘rolar hukmronligi yillari)da ham o‘rta Osiyodagi respublikalar bir-birlari bilan ijtimoiy 
taraqqiyotning ko‘p sohalarida bog‘langanlar. Markaziy Osiyo davlatlarida bunyod qilingan 
temir yo‘llar, avto magistrallar, quvurlar ham bir-birlariga bog‘langan. 
Umuman olganda har bir davlatning “markaziyligi”, siyosiy hamda iqtisodiy geografik 
o‘rnining muhim ko‘rsatkichi uning qo‘shnichilik qiladigan mamlakatlar soni, ularning ijtimoiy-
siyosiy hamda iqtisodiy rivojlanganlik darajasi bilan belgilanadi. Albatta, O‘zbekiston 
Respublikasining 5ta mustaqil davlatlar bilan chegaradoshligi uning yirik siyosiy gegorafik 
mintaqa markazida o‘rnashganligini ifodalaydi. Bunday holat esa kelajakda, shubhasiz, o‘z 
ijobiy samarasini beradi. Bir so‘z bilan ta’kidlaganda, Markaziy Osiyo davlatlarining asosiy 
ishlab chiqarish-iqtisodiy va madaniy aloqalari faqat O‘zbekiston orqali kechadi. 
O‘zbekistonning mezogegorafik o‘rni uning birmuncha kengroq miqyosda mavqiye bilan 
belgilanadi. Bugungi kunda O‘zbekiston jahon hamjamiyatiga kirib borishida Markaziy Osiyo 
davlatlaridan tashqari Kavkaz orti davlatlarining, Turkiyaning, Eronning, Afg‘onistonning ulushi 
bor. Afg‘oniston orqali Pokiston (va so‘ngra Hind okeani) ga, Eron va Turkiya orqali Yevropaga 
chiqish ufqlari ochilmoqda. 
O‘zbekistonning makrogeografik o‘rni jahondagi davlatlar bilan olib borayotgan 
aloqalarda belgilanadi. O‘zbekistonning MDH davlatlari bilan ko‘p qirrali aloqalari 
mamlakatimiz taraqqiyotida salmoqli o‘rin egallaydi. O‘zbekiston ushbu makrodarajadagi 
aloqalarini MDH ning aksariyat davlatlari bilan rivojlantirmoqda. O‘zbekistonning tashqi 
iqtisodiy aloqasida Rossiyaning o‘rni katta. Yevrosiyoning Buyuk davlati Rossiya Federatsiyasi 
bilan muntazam aloqada bo‘lish O‘zbekistoning manfaatlriga mos keladi.

Download 2,01 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   27   28   29   30   31   32   33   34   ...   108




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish