O. L. Muxamedov Kafedra mudiri



Download 2,01 Mb.
Pdf ko'rish
bet29/108
Sana23.12.2022
Hajmi2,01 Mb.
#894593
1   ...   25   26   27   28   29   30   31   32   ...   108
Bog'liq
O. L. Muxamedov Kafedra mudiri

geografik vaziyat
mintaqa davlatlarining 
hamjihatlikda, o‘zaro manfaatdor iqtisodiy aloqalarni rivojlantirishni taqozo etadi. YAgona 
geosiyosiy va geoiqtisodiy makonning shakllanib borishi Markaziy Osiyo mintaqasining jahon 
hamjamiyatida tutgan mavqeini yanada kuchaytiradi, uning ta’sirchanligini oshiradi. 
Davlatlarning yoki mintaqaning materik ichkarisida, o‘rtada, orolda yoki yarimorollarda, 
dengiz-okean bo‘ylarida, chekkada, ikki qit’a oralig‘ida joylashganligini uning iqtisodiy-
ijtimoiy, siyosiy rivojlanishiga ta’sirini dunyo siyosiy xaritasidan foydalanib, misollar 
yordamida izohlab bering. 
Mamlakat ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanishida uning tashqi qiyofasi, chegara chiziqlari kabi 
xususiyatlari ham ma’lum mazmunga ega. CHunonchi, O‘zbekiston Respublikasining uzoq 
masofada shimoli-g‘arbdan janubi-sharqqa cho‘zilganligi, “enining” torligi, qisqa masofada 
janubga tutashganligini turlicha talqin qilish mumkin. Respublikaning bunday geografik shakli 
(geoqiyofasi) bir tomondan uning tranzit xususiyatini belgilab bersa, ikkinchi tomondan, 
mamlakatni boshqarish, yagona ichki transport tizimi va transport xavfsizligi yoki mustaqilligini 
ta’minlash hamda iqtisodiy integratsiya va aholiga xizmat ko‘rsatishda birmuncha 
qiyinchiliklarga sabab bo‘ladi. 
Respublikamiz davlat chegara chiziqlarining ko‘rinishi ham har xil: agar ular shimol va 
shimoli-g‘arbda (ayniqsa Navoiy, Buxoro viloyatlari va Qoraqalpog‘iston Respublikasi tashqi 
chegaralari) oddiy, ba’zan to‘g‘ri yoki qandaydir geometrik shakllarni aks ettirsa, Xorazm va 
Farg‘ona vodiysida bu chegara chiziqlari murakkab, egri-bugri ko‘rinishga ega
1
. Odatda, 
chegaralar oddiy bo‘lsa: 

o‘tmishda hududning kimnidir qaramog‘ida bo‘lganligi yoki koloniyasi ekanligini; 

hudud 
tabiiy 
xususiyatining 
noqulayligi, 
tabiiy 
resurslarining 
yaxshi 
o‘zlashtirilmaganligi va iqtisodiy salohiyatining uncha yuqori emasligini; 

bu joyda aholi siyrak, yirik aholi manzilgohlari shakllanmaganligi, milliy tarkibning 
murakkab emasligini; 

daryo yoki orografik elementlarning yo‘qligi kabilarni bildiradi. 
SHu bilan birga ta’kidlash joizki, aynan shunday mamlakatning chiqish yoki kirish 
qismlarida (darvozalarida) kelajakda iqtisodiy hamkorlik imkoniyatlaridan foydalanish mumkin. 
CHegaralarning ikki muhim xususiyati, ya’ni ularning barer (ajratuvchi, uzoqlashtiruvchi) 
hamda kontakt (bog‘lovchi) vazifalari mavjud. Qolaversa, ba’zi davlatlarda aynan chegara 
iqtisodiyoti va infratuzilmasiga jiddiy ahamiyat berilmoqda. 
Dunyo siyosiy xaritasiga nazar tashlang, undan oddiy chegara chiziqlariga ega bo‘lgan 
davlatlarni toping va ularning tarixiy, iqtisodiy va geosiyosiy rivojlanish xususiyatlarini 
aniqlang. Ayni vaqtda bu ma’muriy, ko‘p hollarda sun’iy ko‘rinishdagi chegara chiziqlarining 
geografik yaxlit (kompleks), Gumboldtchasiga fikrlash, tabiiy geografik jarayonlarni to‘liq 
tushunib olishga salbiy ta’sirini ham unutmang. 
O‘zbekiston Respublikasining asosiy qismidan deyarli “uzilib” qolgan tor masofada u bilan 
bog‘lanib turadigan anklav yoki batamom uzilib qolgan, qo‘shni davlat ichkarisida joylashib 
qolgan eksklav hududlari ham mavjud. Masalan, Farg‘ona vodiysi viloyatlari birmuncha anklav 
xususiyatga ega bo‘lgan bo‘lsa, Farg‘ona viloyatining So‘x tumani yoki SHohimardon maskani 
eksklav holatda joylashgan. Tabiiyki, bunday geografik o‘ringa ega bo‘lgan hududlar ijtimoiy-
iqtisodiy va siyosiy rivojlanishida ayrim muammolar yuzaga keladi. 
O‘zbekiston o‘zining maydoni yoki sof geografik salohiyati bo‘yicha dunyo mamlakatlari 
orasida o‘rtachadan yuqoriroq pog‘onani egallaydi. Er yuzasining har bir davlatiga o‘rtacha 5,5 
mln. kv.km. maydon va 26 mln. atrofida aholi soni to‘g‘ri keladi. Hududning ko‘lami bo‘yicha 
1
Чегаралар ва география; география қайси бир маънода чегаралар ҳақидаги фандир. Бевосита 
чегаралар билан эса сиёсий географиянинг бир йўналиши ҳисобланган лимология фани 
шуғулланади.


mamlakatimiz SHvetsiya, Iroq yoki Marokashga taxminan teng, demografik salohiyati nuqtai 
nazaridan esa u Saudiya Arabistoni, Nepal, Peru, Venesuela, Malayziya kabi davlatlar qatorida 
turadi va jahon hamjamiyatida 41-o‘rinni egallaydi. 
Har bir mamlakatning geosiyosiy tuzilmasi, butligi uning ichki ma’muriy-hududiy 
qismlari, mintaqaviy boshqaruv sub’ektlari asosida shakllanadi. Respublika ijtimoiy-iqtisodiy 
hayoti hududiy tashkil etish va boshqarish tizimi orqali amalga oshiriladi. Bunday tizim ierarxik 
(bosqichli) ko‘rinishda bo‘lib, u viloyat, tuman, viloyat va respublikaga bo‘ysinuvchi shaharlar, 
qishloq tumanlari, qishloq fuqarolar yig‘inlari va mahallalardan iborat. 
YUqoridagilar orasida eng muhim bo‘g‘in viloyatlar hisoblanadi va bunday darajadaga 
mintaqalarda xalq xo‘jaligi kompleks rivojlantirishning huquqiy va tashkiliy imkoniyatlari 
mavjud. SHu bilan birga, viloyat darajasidagi hududiy bo‘g‘inlarda ijtimoiy-iqtisodiy, siyosiy 
muammolar hal etilsa, quyi bo‘g‘inlarga borgan sari ijtimoiy, ekologik masalalar mahalliy 
boshqaruv organlari faoliyatida ustuvor hisoblanadi. Demak, eng yuqorida siyosat, eng pastda 
esa kishilarning kundalik hayoti, ya’ni sof holdagi sotsial masalalar etakchilik qiladi.
1-jadvalda keltirilgan ma’lumotlar bo‘yicha, respublikamiz viloyatlari va Qoraqalpog‘iston 
Respublikasida jami 157 qishloq tumanlari, 119 shahar, 1085 shaharcha, 1471 ta qishloq 
fuqarolar yig‘inlari mavjud. Eng katta – Qo‘ng‘irot (maydoni 76,0 ming kv.km) va eng kichigi 
Buloqboshi (0,18 ming kv.km) qishloq tumanlari o‘rtasidagi nisbat 422 martaga teng. Bunday 
yuqori ko‘rsatkich ayni vaqtda mamlakatimizning ichki talofatlarga boyligi, uning 
“geografiyligi”
dan dalolat beradi. Agar Qo‘ng‘irot tumaniga Uchquduq (46,6), Tomdi (42,5), 
Mo‘ynoq (37,9) va Taxtako‘pir (21,1 ming kv.km) tumanlarini qo‘shib hisoblasak, u holda 
mazkur qishloq tumanlari mamlakat hududining deyarli yarmini tashkil qiladi (222,6 ming 
kv.km). 
1-jadval 

Download 2,01 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   25   26   27   28   29   30   31   32   ...   108




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish