O. L. Muxamedov Kafedra mudiri


Tabiiy resurs turlarini geografik joylanish xususiyatlari



Download 2,01 Mb.
Pdf ko'rish
bet33/108
Sana23.12.2022
Hajmi2,01 Mb.
#894593
1   ...   29   30   31   32   33   34   35   36   ...   108
Bog'liq
O. L. Muxamedov Kafedra mudiri

3.
Tabiiy resurs turlarini geografik joylanish xususiyatlari
. Respublikamiz 
hududining geologik tuzilishi anchagina murakkab bo‘lib unda turli geologik davrlarda paydo 
bo‘lgan xilma-xil qazilma boyliklarining xo‘jalik ahamiyati kattadir. 
O‘zbekistondagi qazilma boyliklardan kishilar qadim zamonlardan boshlab foydalanib 
kelmoqdalar, ba’zi konlardan hatto miloddan oldin ham foydalanilgan. 
O‘zbekistonda yer osti boyliklarini qidirishda rus olimlari bilan birgalikda akademiklar 
Habib Abdullayev, Ibrohim Hamrobayev, Obid Akramxo‘jayev, G‘ani Mavlonov, Habib 
To‘laganov va boshqalar faol qatnashdilar. Endilikda respublikamiz yer qa’ridan yuzdan ortiq 
xildagi boyliklar topilgan.
Yoqilg‘i-energetika resurslari. 
O‘zbekistonda tabiiy gaz va neftning bir qancha konlari 
bor. Ularning asosiylari uchta mintaqada joylashgan: 
1. Farg‘ona mintaqasi – Shimoliy So‘x, janubiy Olamushuk, Polvontosh, Chimyon, 
Sho‘rsuv, Mingbuloq va boshqa konlardan iborat bo‘lib, bu hududda asosan neft va tabiiy gaz 
qazib olinadi. Bu konlar aktikninal tuzilishida bo‘lib, yura-neogen va paleogen qatlamlarda 
joylashgan. Bu konlarning nefti yengil, unda oltingugurt kam uchraydi. 
2. Surxondaryo mintaqasi – Amudaryo, Xavdog‘, Kokaydi, Uchqizil, Lalmikor va boshqa 
konlardan iborat. Ular ham antikninal tuzilishda bo‘lib, yuqori yura qatlamlarida joylashgan. Bu 
konlarning nefti og‘ir tarkibli, unda oltingugurt ko‘p. 
3.
 
Qashqadaryo – Buxoro mintaqasi – o‘zining yirik gaz konlari bilan mashhur. Sho‘rtan, 
Zevarda, Mubarak, Uchqir, Jarqoq konlari respublikada qazib chiqarilayotgan asosiy gazni 
bermoqda. Keyingi vaqtda aniqlangan Ko‘kdo‘maloq konidan neft bilan birgalikda tabiiy gaz 
ham qazib olinmoqda. 
Yuqoridagilardan tashqari, Qoraqalpog‘iston Respublikasining Ustkuy mintaqasida ham 
(Quyanshi, Shoxpaxta) bir qancha tabiiy gaz konlari ochilmoqda. 
O‘zbekistonning ko‘mir konlari mahalliy ahamiyatga ega bo‘lib, ularning eng muhimlari 
Toshkent viloyatidagi Angren, Surxondaryo viloyatidagi Sharg‘un va Boysun konlaridir. Ko‘mir 
qatlamlari orasida xo‘jalik ahamiyatiga ega bo‘lgan turli jinslar, gil, kaolin, qum, bentonit, slanes 
va boshqalar uchraydi. Masalan, Angren koni daryo vodiysida, kaolin qatlamlari ustida yotadi, 
ko‘mir qatlamlari ancha qalin (ba’zan 40-60 m ga yetadi), ko‘mir qatlamlari ko‘proq yer 
yuzasiga yaqin joylashganligi uchun uni ochiq usulda qazib olish mumkin. Angren havzasining 
ko‘miri qo‘ng‘ir bo‘lib, kaloriyasi pastroq, lekin zahirasining kattaligi va iste’molchiga yaqinligi 
iqtisodiy samara beradi.
Sharg‘un va Boysun ko‘mir konlari esa yuqori sifatli toshko‘mir bo‘lib, qazib chiqarishni 
oshirish ishlari amalga oshirilmoqda. 



Download 2,01 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   29   30   31   32   33   34   35   36   ...   108




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish