Farg‘ona
2,7
10,9
0,7
29,2
1,8
70,8
385,8
Xorazm
1,4
5,4
0,3
24,2
0,9
75,8
218,3
Toshkent shahri
2,1
8,9
2,1
100
-
-
-
Respublika
bo‘yicha
25,4
100
91,1
37,8
16,3
62,2
53,9
Hududiy joylashuv va zichligi respublika iqtisodiy rayonlari bo‘yicha ham keskin
farqlanadi. Eng yuqori zichlik Farg‘ona iqtisodiy rayoni hissasiga to‘g‘ri keladi. Unda har 1
km
2
ga o‘rtacha 416 kishi joylashgan. Aholining o‘rtach zichligi ko‘rsakichiga ko‘ra, Farg‘ona
vodiysi MO davlatlari orasida eng yuqori o‘rinda turadi. 1920 yillardan boshlab Mirzacho‘l,
keyinchalik Jizzax cho‘llarning o‘zlashtirilishi tufayli Mirzacho‘l iqtisodiy rayoni aholi zichligi
tobora ortib bormoqda. Bu yerda o‘rtacha zichlik 93 kishini tashkil etadi.
2. Aholining tabiiy o‘sishi va migratsiyasi.
O‘zbekiston aholisi asosan tabiiy ko‘payish
natijasida oshib boradi. Bu omilning roli hamma vaqt ham yuqori bo‘lgan. Eng so‘nggi yillarda
esa u aholi soni o‘sishining birdan bir manbai bo‘lib kelmoqda.
Mamlakat aholisini urushdan keyingi yillaridagi o‘sishini ko‘rib chiqadigan bo‘lsak,
1945-1950 yillarda bir million kishiga, 1960-1970 yillarda 3,4 mln. kishiga, 1980-1990 yillarda
4,6 mln. ishiga, 1990-1999 yillarda 3,7 mln. kishiga ko‘paydi. Aholining yillik o‘rtacha o‘sishi
1865-1917 yillar o‘rtasida 0,65 foizni, urush yillari 3,8 foizni, 1960-1990 yillar 3,8 foizni, tashkil
qilgan. Raqamlardan bilinib turibdiki yillar o‘tgan sayin aholining o‘rtacha o‘sishi oshib borgan.
Albatta bu bir qancha omillarga bog‘liq. Biroq, ta’kidlash joizki, 90-yillarda aholining takror
barpo bo‘lish jarayonida jiddiy o‘zgarishlar yuz berdi, endi Respublikamizni an’anaviy holatda
to‘g‘ilish yoki tabiiy ko‘payish yuqori mamlakat sifatida ta’riflash uncha to‘g‘ri emas. To‘g‘ilish
koeffitsiyentining keskin qisqarishi eng so‘nggi yillarga to‘g‘ri keladi. Masalan, to‘g‘ilish 1990
yilda 33,7 promiliga teng bo‘lgan holda, 1999 yilda birdaniga 22,3 promeliga tushib qolgan,
ya’ni bu qisqa davrda mazkur ko‘rsatkich 11,4 punktga, yoki 1,5 martaga kamaygan. 2001 yilda
Respublikada to‘g‘ilish 20,5 promilega teng bo‘lgan.
O‘zbekiston sharoitida kichik shaharchalarning ko‘pchiligida real demografik vaziyat
oddiy qishloqlardagi holatga o‘xshab ketadi. Ammo. shu bilan birga ta’kidlash lozimki, ba’zi bir
yuqori darajada sanoatlashgan shaharlarda to‘g‘ilish darajasi ancha past. Masalan, 2000 yil
ma’lumotlariga ko‘ra, to‘g‘ilish har 1000 aholiga Chirchiqda 12,5, Kogonda 13,9 kishi. Hatto
tipik sharqona shaharlarimizda ham (Samarqand, Buxoro, Qo‘qon va b.) mazkur ko‘rsatgich 14-
15 promellega teng.
Viloyatlar bo‘yicha to‘g‘ilish va tabiiy ko‘payishning nisbatan yuqori ko‘rsatkichlari
Qashqadaryo va Surxondaryo , ularning past darajasi esa Toshkent va Navoiy viloyatlarida
kuzatiladi. Bu ikki viloyatda tabiiy ko‘payish 14,0-14,5 promelleni tashkil etadi. O‘lim
ko‘rsatkichlarida uncha katta tafovut yo‘q, uning eng kam miqdori to‘g‘ilish ancha yuqori
bo‘lgan Qashqadaryo viloyatida bo‘lib, bunday nisbat mazkur hududda aholi sonining tezroq
ortib borishiga olib keladi.
Do'stlaringiz bilan baham: