O. L. Muxamedov Kafedra mudiri


Sanoat tarmoqlariga ta’sir etuvchi omillar



Download 2,01 Mb.
Pdf ko'rish
bet51/108
Sana23.12.2022
Hajmi2,01 Mb.
#894593
1   ...   47   48   49   50   51   52   53   54   ...   108
Bog'liq
O. L. Muxamedov Kafedra mudiri

. Sanoat tarmoqlariga ta’sir etuvchi omillar. 
Sanoatni rivojlantirish va uni hududiy 
tashkil qilishda xilma-xil sharoitlar, omillar qatnashadi. Ularni asosan ikki guruhga bo‘lish 
mumkin: iqtisodiy-geografik omillar va tabiiy – geografik omillar. Iqtisodiy-geografik omillarga 
mehnat resurslari bilan ta’mnlanganlik holati va ularning xususiyatlari, ishlab chiqarishni 
ijtimoiy tashkil qilish shakllari, energetika, transport sharoitlari, infratuzimiga chiqarishning 
moddiy – texnika bazasi, fan-texnika taraqqiyoti darajasi, tabiiy – geografik omillarga esa tabiiy 
sharoit (relf, iqlim kabilar) xususiyatlari, tabiiy resurslar bilan ta’minlanganlik darajasi kiradi. 
Mehnat resusrlari sanoatni rivojlantirish va ayniqsa uni hududiy tashkil qilishda muhim 
omillardan hisoblanadi. Mehnat resurslarining hududiy joylashuvi ishlab chiqarishning tarixiy 
taraqqiyoti jarayonida vujudga keladi va o‘z navbatida, ishlab chiqaruvchi kuchlarning keyingi 
rivojlanishi va hududiy joylashishiga ta’sir etadi. Ma’lumki, mamlakatimiz mehnat resurslari 
bilan yaxhi ta’minlangan respublikalardan biridir. Undagi aholi tabiiy o‘sishiga nisbatan 
yuqoroligi mehnat resurslarining ortiqcha to‘planishiga olib keladi. Bu narsa O‘zbekistonda 
sanoat ishlab chiqarishini sira kechiktirmay, yanada tezroq rivojlantirishga undaydi. Tez o‘sib 
borayotgan mehnat resusrlaridan to‘la va samarali foydalanish maqsadida sanoatning ayniqsa 
sermehnat tarmoqlarini (yelektrotexnika, radiotexnika, asbobsozlik, elektronika, yengil sanoat 
kabilar) jadal taraqqiy ettirish zarur. 
Sanoatni hududiy joylashtirishda alohida hisobga olinishi lozim bo‘lgan masalalaridan 
biri har bir iqtisodiy rayonda, sanoat tugunlarida va hatto alohida ishlab chiqarish markazlarida 
sanoaat korxonalarini tashkil qilishda mehnat resurslarining jinsiy tarkibini e’tibordan 
qochirmaslik kerak. Shundagina erkak va ayollarning mehnat qilish imkoniyatlaridan ancha 
samarali foydlanishi mumkin bo‘ladi. 
Fan-texnika taraqqiyotining sanoatni hududiy joylashtirishdagi roli katta. Bu omil 
foydalanish mahsadga muvofiq bo‘lmagan yoki sanoatda umuman ishlatilmagan turli tabiiy 
resurslarni ishga solishda ham katta o‘rin tutadi. Tog‘-kon, elektr energetika, mashinasozlik, 
kimyo, qishloq xo‘jaligi kabi tarmoqlar taraqqiyotida bu omilning roli ayniqsa kattadir. 
Sanoatning hududiy joylanishishi energetika bazalariga ham bog‘liqdir. Sanoatning 
elektr energiyasi ko‘p talab qiladigan tarmoqlari (rangdor metallurgiya, kimyo sanoatning ayrim 
tarmoqlari) bu omil bilan mahkam bog‘langan. Elektr quvvatiga katta ehtiyoj sezadigan sanoat 
tarmoqlarini asosan quvvat manbalari yaqinda joylashtirish maqsadga muvofiqdir. Azotli 
mineral o‘g‘itlar ishlab chiqaruvchi Chirchiq va Navoiy kombinatlarining, shuningdek 
Chirchiqdagi qiyin eriydigan issiqqa chidamli metall qotishmalari kombinatning Chirchiq 
Bo‘zsuv GESlari kasakadi hamda Navoiy GRESi yaqinda joylashtirilganligi bejis emas. 
Sanoatni hududiy tashkil etish va joylashtirishda transport ham muhim ahamiyatga ega. 
Chunki sanoatni xom ashyo va boshqa vositalar bilan ta’minlashda, korxonalar o‘rtasida ishlab 
chiqarish aloqalarini yo‘lga qo‘yishda, mehnat resusrlarining erkin harakatida va nihoyat, ishlab 
chiqarilgan mahsulotlarni iste’molchilarga yetkazishda transport vositalaridan keng
foydalaniladi. 
Sanoatni rivojlanishi va joylashishiga sezilarli ta’sir etuvchi omil bu infratuzilma majmua 
ham kiradi. 
Asosan ishlab chiqarish infratuzilmasi (transport-aloqa vositalari, elektr uzatish liniyalari, 
suv bilan ta’minlash tizimlari, kanallar imkoniyatlari va boshqalar) va ijtimoiy infratuzilmalar 
(uy-joy, maorif, tibbiyot, sport, savdo kabi muassalar) ga bo‘linadigan bu majmuasiz joylarda 
ishlab chiqaruvchi kuchlarni, jumladan, sanoatini rivojlantirib bo‘lmaydi. 


55 
Sanoatni rivojlantirish va hududiy joylashtirishda tabiiy resurslar bilan ta’minlanganlik 
darajasi alohida o‘rin tutadi. Chunki yoqilg‘i, energetika, mineral xom ashyolar, suv va qator 
boshqa resurslarsiz sanoatni, ayniqsa uning undiruvchi tarmoqlarini rivojlantirib bo‘lmaydi.
Sanoat tarmoqlariga ta’sir etuvchi asosiy omillardan biri bu tabiiy resurslar hisoblanadi. 
Tabiiyki, mahsulot xom ashyosiz yaratilmaydi. Sanoatning barcha tarmoqlari, masalan, tog‘-kon, 
o‘rmon, baliqchilik o‘z-o‘zidan ma’lumki, xom ashyo bo‘lmagan rayonlarda rivojlanmaydi. 
Bunday sanoat tarmoqlarning joylashuvi bevosita foydali qazilmalar yoki tabiiy boyliklar 
geografiyasi bilan bog‘liq. 
Tabiiy resurslarga ko‘proq asoslangan sanoat tarmoqalarining joylashuvini o‘rganish eng 
avvalo mamlakat tabiiy sharoiti va boyliklarini bilishni talab etadi. Turli xil qazilma 
boyliklarning ma’lum hududdagi birligi bu yerda ishlab chiqarishni kompleks tashkil qilishga, 
hududiy majmualarni shakllantirishda, ishlab chiqarishni hududiy tashkil etish samaradorligini 
oshirishga sabab bo‘ladi. 
Sanoat tarmoqlariga ta’sir etuvchi omillardan biri bo‘lgan ekologik omilning keyingi 
yillarda ahamiyati oshib bormoqda. Ekologik jihatdan va eng avvalo kimyo, sellyuloza-qog‘oz, 
go‘sht, vino, konserva, charm zavodlari, issiqlik elektrostansiyalari «nomaqbul» hisoblanadi. 
Binobarin, ular aholi joylashgan maokazlardan uzoqroq bo‘lgani yaxshiroq ekologik omilning 
ishlab chiqarishning hududiy tashkil etishiga ta’sirini kimyo sanoati misolida ko‘rish ayniqsa 
namunaviydir, chunki bu sanoat korxonalarini joylashtirilishi juda erkin xususiyatga ega. Sababi-
ular o‘simlik, hayvonat, mineral xom ashyosi, suv, havo asosida, boshqa sanoat chiqindilari 
negizida ham rivojlanishi mumkin. 
Yuqoridagilardan tashqari bozor iqtisoditi omili ham sanoat tarmoqlarini joylashtirishda 
katta ta’sir ko‘rsatmoqda. Bozor iqtisodiyoti-bu ishlab chiqarish erkinligi, raqobat va ochiq 
iqtisodiyot yurgizishdir. Shu bois bozor iqtisodiyoti omilini ishlab chiqarish tarmoqlarini 
hududiy tashkil etishga nisbatan tahlil etar ekanmiz, bu sharoitda aksariyat narsani, shu jumladan 
nimaga ixtisoslashuvi va qayerda joylashtirishni, natijada bozor, raqobat, talab belgilaydi, davlat 
esa o‘zining mintaqaviy siyosati orqali bu jarayoni boshqarib tartibga solib turadi. 

Download 2,01 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   47   48   49   50   51   52   53   54   ...   108




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish