O. L. Muxamedov Kafedra mudiri



Download 2,01 Mb.
Pdf ko'rish
bet53/108
Sana23.12.2022
Hajmi2,01 Mb.
#894593
1   ...   49   50   51   52   53   54   55   56   ...   108
Bog'liq
O. L. Muxamedov Kafedra mudiri

Og‘ir sanoat. 
O‘zbekiston sanoatida yetakchi o‘rinni og‘ir sanoat egallab kelmoqda. 
Ma’lumki, bu sanoat tarkibiga yoqilg‘i-energetika majmui, rangli va qora metallurgiya, 
mashinasozlik majmuasi, qurilish materiallari sanoati kabilar kiradi. 
Og‘ir sanoat milliy iqtisodiyotning qator tarmoqlarini yangi texnika va texnologiya bilan 
ta’minlaydi, transport vositalari va qishloq xo‘jaligini tarmoqlarini qayta qurish negizi bo‘lib 
hisoblanadi. 
Yoqilg‘i – energetika sanoati

Mamlakat yoqilg‘i – energetika sanoatining tarkibiga gaz, 
neft, ko‘mir sanoatlari va energetika kiradi. Bu sanoat majmuining mamlakat sanoat ishlab 
chiqarishdagi hissasi salkam 35,0 foiziga teng O‘zbekistonning g‘arbiy va janubiy hududlarida 
topilgan neft, gaz va ko‘mir konlarining katta zaxirlariga tayanib yildan-yilga mazkur sanoat 
tarmoqlari tez rivojlantirilmoqda. 
Yoqilg‘i sanoati O‘zbekiston og‘ir sanoatining muhim tarmoqlaridan biri bo‘lib, u tabiiy 
gaz, neft, ko‘mir qazib chiqarishni va ularni qayta ishlashni hamda tayyor mahsulotlarni 
iste’molchilarga yetkazib berishni o‘z ichiga oladi. Respublikada zaxirasi sanoatda ishlatilishi 
mumkin bo‘lgan darajada hisoblangan 160 dan ortiq neft va gaz konlari ochilgan. Ulardan 115 
tasi Buxoro – Xiva havzasida, 27 tasi Farg‘ona vodiysi, 10 tasi Surxondaryo, Ustyurtda 
joylashgan. Mazkur konlarning gaz, gaz-kondensati, gaz-neft, gaz – neft kondensatli va neft-gaz 
kondensatli turlari mavjud. Neft va gaz mavjud bo‘lgan beshta asosiy mintaqani ajratib 
ko‘rsatish mumkin: Bular: Ustyurt, Buxora – Xiva, Janubiy – g‘arbiy Hisor, Surxondaryo, 
Farg‘ona mintaqalaridir. Neft va gaz resurslarining zahiralari bir trillion AQSH dollaridan ziyod 
baholanmoqda. 
Neft sanoati mamlakat xalq xo‘jaligining turli tarmoqlari uchun bir necha o‘nlab muhim 
mahsulotlar ishlab chiqaradi. Mamlakatimizda birinchi neft koni 1904 yilda Farg‘ona vodiysi 
(Chimyon) da ochilgan. Ikkinchi jahon urushi davrida va undan keyingi yillarda Farg‘ona 
vodiysida va Janubiy O‘zbekistonda yangi neft konlari ishga tushirildi. Keyingi yillarda neft 
sanoatida keskin o‘zgarishlar yuz berdi. Buxora va Qashqadaryo viloyatlarida ko‘plab yirik
(jumladan, Ko‘kdumaloq) konlarining ishga tushirilishi natijasida neft qazib olish ancha 
ko‘paydi. 1960 yilda 1,6 mln. tonna neft, gaz kondensati bilan birga ), 1980 yilda 1,3 mln. tonna, 
1990 yilda 2,8 mln. t., 1997 yilda 7,9 mln. t., 2002 yilda 7,2 mln. tonna neft qazib olindi. 
Neftni qayta ishlash sanoati, neft zahiralari tayanilgan holda Oltiariq hamda Farg‘ona 
neftni qayta ishlash zavodlari qurilgan edi. Biroq har ikala zavodning ishlab chiqarish quvvati 
kam bo‘lib, neft mahsulotlariga bo‘lgan ehtiyoj chetdan keltirish hisobga qogndirilar edi. 
Shuning uchun Ko‘kdumaloq neft-gaz koni ochilganidan keyin yangi Buxoro viloyatida 
joylashgan Qoravulbozorda neftni qayta ishlash zavodi loyihalashtirilishi boshlandi. Zavodni 
loyihalashtirish va barpo qilishda 1993 yildan boshlab Fransiyaning «Tekep» firmasi, 
Yaponiyaning «Marubeni» va «Jey-Ji-Si, Turkiyaning «Gama» komponiyalari sarmoya va 
mutaxassislari bilan qatnashdi. Zavodning birinchi navbati 1997 yilning 22 avgustida ishga 
tushdi. Endilikda mamlakatimizda neftni qayta ishlash sanoati korxonalarida jahon andozalariga 
mos keladigan 30 dan ortiq xilma-xil mahsulot ishlab chiqarilmoqda. 
Gaz sanoati yoqilg‘i-energetika majmuasining eng rivojlangan tarmog‘i. Neft bilan 
yo‘ldosh tarzda uchraydigan tabiiy gazni qazib olish urushdan oldingi yillardan boshlangan. 
Gazni alohida sanoat usulida chiqarib olish 50-60 yillarda boshlandi. Gazning zahiralari dastlab 
Farg‘ona vodiysida, 1960 yillarda Buxoro va Navoiy viloyatlarida, 1970 yillardan boshlab 
Qashqadaryo viloyatida gazning g‘oyat katta zahiralari topildi. Undan tashqari keyinchalik, 
Surxondaryo va Qoraqalpog‘istonning hududlaridan ham gaz konlari aniqlandi va ishga 
tushirildi. 
Shu asnoda yildan –yilga gaz qazib chiqarish oshib bordi. Masalan, 1990 yilda 
mamlakatda 40,7 mlrd.m
3
, 1995 yilda 48,6 mlrd.m
3
, gaz qazib olingan bo‘lsa, 2002 yilga kelib 


57 
uning hajmi 58,4 mlrd.m
3
dan oshib ketdi. Endilikda O‘zbekiston gaz zaxiralari va qazib 
chiqarishda dunyoning birinchi 10 mamlakati safiga kiradi. MDH mamlakatlarida esa Rossiya va 
Qozog‘istondan keyin 3 o‘rinda turadi. 
O‘zbekistonning gaz qazib olishdagi shuhratining oshishida 1955 yilda Jarqoq hamda 
1996 yilda Gazli konlarini ochilishi katta ahamiyat kasb etdi. Shu munosabat bilan 1958 – 1960 
yillarda Jarqoq-Buxoro – Samarqand-Toshkent gaz quvuri qurildi. 1970 yildan boshlab 
respublikadagi (Andijon, Farg‘ona, Angren IES dan tashqari) barcha yirik issiqlik elektr 
stansiyalari gaz yoqilg‘isiga o‘tkazildi. 1972 yilda Qashqadaryo viloyatida joylashgan Muborak 
gazni qayta ishlash zavodining birinchi navbati ishga tushirilib, gazni magistral gaz quvurlariga 
uzatishdan oldin aralashmalardan tozalash imkoniyatlari yaratildi. Hozirgi vaqtda Qashqadaryo 
viloyatining 
janubi-G‘arbiy 
qismida joylashgan va zahirasining kattaligi jihatidan 
mamlakatimizda tengi yo‘q Sho‘rtanda gaz majmui qurildi hamda oltingugurt kamroq bo‘lgan 
tabiiy gazni energetika ehtiyojlari uchun regionlarga uzatish mahsadida Sho‘rtosh – Sirdaryo – 
Toshkent gaz quvuri ishga tushirildi. Mamlakatimizning ko‘pgina gaz konlari (98%) 
oltingugurtli gazdir. Shuning uchun gazni qayta ishlash majmualarida oltingugurt ajratib 
olinmoqda. 2002 yilda 321 ming.t. oltingugurt ishlab chiqarishdi. Hozirgi vaqtda bir qator 
viloyatlarimizda gaz konlari bo‘lishiga qaramasdan tabiiy gazni qazib chiqarishda asosiy o‘rinni 
Qashqadaryo (88 foiz) viloyati egallaydi. 

Download 2,01 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   49   50   51   52   53   54   55   56   ...   108




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish