O. L. Muxamedov Kafedra mudiri



Download 2,01 Mb.
Pdf ko'rish
bet61/108
Sana23.12.2022
Hajmi2,01 Mb.
#894593
1   ...   57   58   59   60   61   62   63   64   ...   108
Bog'liq
O. L. Muxamedov Kafedra mudiri

Oziq-ovqat sanoati
. Bugun O‘zbekiston xalq xo‘jaligida oziq-ovqat sanoatining ulushi 
katta. Sanoatning mazkur turi asosan mahalliy xomashyoga tayanadi. Respublika yalpi sanoat 
mahsulotining salkam 13 foizi oziq-ovqat sanoati hissasiga to‘g‘ri keladi. Tarmoq ko‘p xil. Unda 
un va un mahsulotlari, sut, go‘sht, yog‘-moy va baliq mahsulotlari, meva-sabzavot va 
konservalar, uzum va meva mahsulotlari, spirtli ichimliklar, tamaki, chanqoqbosar ichimliklar va 
boshqa mahsulotlarni ishlab chiqarish yo‘nalishlari yo‘lga qo‘yilgan. 
Hozirgi vaqtda barcha viloyat markazlari va yirik shaharlarida go‘sht kombinatlari ishlab 
turibdi. «O‘z go‘sht» kombinatlari ishlab turibdi. «O‘z go‘sht sut sanoati» uyushmasi tarkibida 
23 ta yirik go‘sht kombinati, go‘sht yetishtirishga ixtisoslashgan 45 ta xo‘jalik, viloyat 
tumanlarida esa bo‘rdoqichilik yo‘nalishidagi 100 dan ortiq o‘rta va kichik korxonalar bor. 
Ayniqsa hozirgi vaqtda tadbirkorlar tomonidan zamonaviy texnologiya bilan jihozlangan go‘sht 
mahsulotlari ishlab chiqaradigan ko‘pgina korxonalar qo‘rilmoqda. 
O‘zbekiston sut va sut mahsulotlari ishlab chiqaradigan sanoat korxonalari juda ko‘p. 
Ularda sut-qatiq, sariyog‘, quruq sut, pishloq, brinza, qaymoq, muzqaymoq kabi mahsulotlar 
ishlab chiqariladi. 1995 yilda tashkil qilingan birgina «O‘zgo‘shtsutsanoat» uyushmasi tarkibida 


62 
37 ta sut korxonasi, 118 ta sut qabul qilish punkti faoliyat ko‘rsatmoqda. Bu sohada xususiy 
tadbirkorlik rivojlanib bormoqda. 
Oziq-ovqat sanoati yalpi mahsulotining 40 foizini beradi. Bu tarmoqda paxta, shoyi 
ishlab chiqarish yetakchilik qiladi. Eng yirik yog‘ ekstraksiya zavodlari Guliston, Kosonsoy, 
Farg‘ona, Qo‘qon, Kattaqo‘rg‘on, Denov, Urganchdir. 
Respublikada un ishlab chiqarish rivojlangan bo‘lib, sutkasiga 120 t. dan 500 tonnagacha 
don tortadigan 20 dan ortiq korxona qurilgan. Shu asosda non ishlab chiqarish asosan « 
O‘zdonmahsulot» tarkibidadir. Unga 4 ta non ishlab chiqarish birlashmasi va 21 ta non zavodi 
qaraydi. 
Mamlakatda vino va aroq ishlab chiqarishga ixtisoslashgan sanoat korxonalarining yillik 
ishlab chiqarish quvvati 25 mln. d/l ga teng. Tarmoqda 16 ta yirik korxona bor. Sohaga 
ixtisoslashgan «Toshkentvino» kombinati, Toshkent shampan vinolari zavodi, Samarqand vino 
va Samarqand- «Zarafshon» vino kombinatlari, Yangiyo‘l, Qo‘qon, Buxoro, Shahrisabz, Denov 
va boshqa shaharlarda yirik korxonalar bor. Resublikada pivo va alkogolsiz ichimliklar ishlab 
chiqarish ham keng rivojlantirilgan. Bu sohaga ham zamonaviy texnologiyalar kirib kelmoqda. 
Misol qilib, Samarqand shahridagi Chexiya bilan hamkorlikda ishlab chiqarilayotgan «Pulsar» 
pivo mahsuloltini aytish mumkin. 
Mamlakatda qand-shakar ishlab chiqarish ham mavjud. Bu sohani xom ashyosi sifatida 
qand lavlagi yetishtirish ko‘paytirilmoqda. 1995-1997 yillarda Turkiya firmalari bilan 
hamkorlikda Xorazm viloyatining Xazorasp tumanida shakar zavodi qurildi. Zavod sutkasiga 3 
ming tonna qand lavlagini qayta ishlash quvvatiga ega.
Mamlakat oziq-ovqat sanoat korxonalarida 142,6 ming t. go‘sht va go‘sht mahsulotlari, 
213,4 ming t. sut va sut mahsulotlari, 276 ming t. o‘simlik yog‘i, 54,2 ming t. makaron 
mahsulotlari, 542,2 ming t. non va non mahsulotlari ishlab chiqarilmoqda. 
Oziq- ovqat sanoatining mamlakatda hududiy joylanishida tafovutlar mavjud. 
Respublikamiz sanoatida Farg‘ona (13,0 foiz), Toshkent (11,8 foiz), Andijon (9,8 foiz) 
viloyatlarining salmog‘i yuqori. 

Download 2,01 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   57   58   59   60   61   62   63   64   ...   108




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish