Nooziq-ovqat ekinlari
.
Paxta
ekin maydonlari dunyoda 35 mln.ga.ni tashkil etadi. Ular asosan SHimoliy yarim
sharning 20
0
va 40
0
shimoliy kengliklari oralig‘ida mujassamlashgan. Paxta tolasi ishlab
chiqarish jahonda asta-sekin o‘sib borib, 18 mln.t. etdi. O‘z navbatida xalqaro paxtachilikni
rayonlashtirish quyidagi o‘ta yirik hamda yirik rayonlarni ajratish imkoniyatini beradi.
Birinchidan, bu SHarqiy, Janubi-SHarqiy va Janubiy Osiyo bo‘lib, Xitoy (4,5 mln.t.)
Ikkinchidan, MDH doirasida O‘rta Osiyo va Kavkaz orti mamlakatlari bo‘lib,bu erda yirik ishlab
chiqaruvchi O‘zbekiston (1,5 mln.t.) hisoblanadi. Uchinchidan, Janubi-g‘arbiy Osiyo, bu erda
Turkiya (0,7 mln.t.), Eron, Iroq, Suriya, Afg‘oniston alohida o‘rin tutadi. To‘rtinchidan, bu
SHimoliy va SHarqiy Afrika, Misr, Suriya, efiopiya, Uganda, Tanzaniya hisoblanadi.
Beshinchidan. G‘arbiy va markaziy Afrika-Nigeriya, Kamerun, Zair. Oltinchidan, Janubiy
Afrika, Mozambik, Madagaskar. Ettinchidan, SHimoliy va Markaziy Amerika, avvalo AQSH
(3,4 mln.t.) hamda Meksika. Sakkizinchidan, Janubiy Amerika, Braziliya (0,7 mln.t.), Argentina,
Venesuela, Peru. To‘qqizinchidan, bu Avstraliyadir.
Jahon savdo shaxobchalariga har yili 5-6 mln.t, asosan o‘rta tolali paxta tolasi keltiriladi.
Asosiy eksportchilar-AQSH (1,7 mln.t.), so‘ngra O‘zbekiston, Xitoy, Pokiston, Hindiston,
Afrika mamlakatlari, Paragvay, Avstraliya hisoblanadi.
Import geografiyasini asosan ikki region belgilab beradi:
1.
SHarqiy va Janubi-SHarqiy Osiyo (YAponiya, Tayvan, Koreya Respublikasi, Gonkong,
Tailand, Indoneziya)
2.
Evropa (Italiya, GFR, Frantsiya, Polsha, CHexiya, Slovakiya va boshqalar).
Uzun tolali paxta qimmatbaho ahamiyat kasb etadi (Misr, Peru, Turkmaniston).
Jahonda tabiiy kauchukning 90 %i Janubiy-SHarqiy Osiyo mamlakatlari: Malayziya (1,2
mln), Indoneziya va Tailand (1,2 mln. t. dan), shuningdek, Hindiston, SHri-Lanka, Filippin
hissasiga to‘g‘ri keladi.
Jahonda
tamaki
kukuni etishtirish 7 mln.t. ga etdi. Uni eng ko‘p etishtiruvchi mamlakatlarga
Xitoy (2,7 mln.t.), AQSH, Hindiston, Braziliya va MDH mamlakatlari kiradi. SHuningdek
tamaki kam miqdorda Italiya, Gretsiya, Bolgariya, Turkiya, Indoneziya, YAponiya va Kubada
etishtiriladi. Sigareta ishlab chiqarish bo‘yicha dunyoda AQSH birinchi (700 mlrd dona) MDH
mamlakatlari ikkinchi o‘rinda turadi.
Keyingi davrlarda narkotik o‘simliklar hamda opium, marixuana va boshqa narkotik moddalar
ishlab chiqarish sezilarli darajada ortdi. Ularni ishlab chiqaruvchi mamlakatlar tarkibida «oltin
yarim oy» (Pokiston, Afg‘oniston, Eron) hamda «oltin uchburchak» (Tailand, Laos, Myanma)
shuningdek Kolumbiya alohida o‘rin tutadi.
69
Do'stlaringiz bilan baham: |