O. L. Muxamedov Kafedra mudiri



Download 2,01 Mb.
Pdf ko'rish
bet65/108
Sana23.12.2022
Hajmi2,01 Mb.
#894593
1   ...   61   62   63   64   65   66   67   68   ...   108
Bog'liq
O. L. Muxamedov Kafedra mudiri

Tayanch so‘zlar: 
Agrar siyosat, tovar va natural an’anaviy qishloq xo‘jaligi, intensiv va ekstensiv xo‘jalik 
yuritish, qishloq xo‘jaligini mexanizatsiyalashtarish va kimyolashtirish, «YAshil inqilob», 
Agrobiznes, Agrosanoat majmui (ASM), qishloq xo‘jaligi rayonlari va ularning ixtisoslashuvi, 
Akvakultura, marikultura. 
1.Jahon qishloq xo‘jaligining tarmoqlar tarkibida yuz berayotgan 
Qishloq xo‘jaligi jahon aholisiga asosiy oziq-ovqat mahsulotlarini etkazib berish bilan 
birgalikda engil sanoat uchun ma’lum miqdorda xom ashyo ham etkazib beradi. Biroq qishloq 
xo‘jalik ishlab chiqarishining o‘sishi nomutanosib ravishda jahon aholisining ma’lum qismi, 
hatto o‘nlab, ayrim hollarda yuz millionlab aholi to‘yib ovqat emaydi. 
Er shari iqtisodiy foal aholisining 60 foizi ortig‘i qishloq xo‘jaligida band, agar qishloq 
xo‘jaligiga yordam beruvchi yosh va keksalarni hisobga olsak unda jahon aholisining 2|3 qismi 
qishloq xo‘jaligi sohalariga to‘g‘ri keladi. 
Hozirgi vaqtda ham Afrika va Osiyoning ko‘pgina davlatlarida aholining 70 foizdan ortig‘i 
qishloq xo‘jaligida band. Sanoatlashgan va iqtisodiy rivojlangan mamlakatlarda qishloq 
xo‘jaligida band aholi salmog‘i kamayib bormoqda. Masalan: AQSHda hozirgi vaqtda qishloq 
xo‘jaligida 5 foiz aholi band, Buyuk Britaniyada esa 2 foizdan kamroq aholi qishloq xo‘jaligida 
ishlaydi. 
Qishloq xo‘jaligi ikki asosiy tarmoqlarga bo‘linadi. 


66 
1.
Ziroatchilik. 
2.
CHorvachilik. 
 
2. Jahon dehqonchilik tarmoqlar geografiyasi. 
Dehqonchilik- qishloq xo‘jaligining keng tarmog‘i bo‘lib, o‘z tarixiga g‘alachilik, ya’ni don 
ekinlarini va texnika ekinlarini etishtirish, yaylovchilik, poliz ekinlarini etishtirish va boshqa 
tarmoqlarni oladi. 
Donli ekinlar
. Donchilik kishilik madaniyati tarixining barcha davrlarida o‘z aksini topgan. 
Arxeologik izlanishlar guvohlik berishicha, bug‘doy Old Osiyoda, eramizdan 5-6 ming yil avval, 
Misrda 4 ming yil avval, Xitoyda 3 ming yil avval, Bolqonda 2-3 ming yil avval ekilgan. 
Qadimgi dunyoda o‘zining bug‘doy ekini bilan Skifiya mashhur bo‘lgan. Buyuk geografik 
kashfiyotlardan so‘ng bug‘doy yangi ochilgan hududlarga tarqaldi. Jumladan 1528 yilda Janubiy 
Amerikaga, 1602 yil AQSHga, 1788 yilda Avstraliyaga kirib bordi.SHoli-qadimgi ekinlardan 
biri bo‘lib, Xitoyda eramizdan 5 ming yil avval ekilgan. Hindiston va SHimoliy Afrikada 
eramizdan 2 ming yil avval paydo bo‘lgan. Evropaga esa eramizning VIII-asrida kirib keldi. 
Geografik kashfiyotlar davrida sholi Amerikadan Evropaga olib borildi. Butun Rossiya 
dehqonchilik institutida bug‘doyning 60 ming navi Filippindagi xalqaro sholi institutida 
to‘plangan. 
Dunyo bo‘yicha 720 mln gektar erga donli ekinlar ekiladi. Mamlakatlar bo‘yicha, masalan: 
Buyuk Britaniya, Frantsiya, Italiyada ekin maydonining 50-60 % ni, Rossiya, Polsha, Vengriya, 
Ruminiya, YAponiyada esa 60-65 %, GFR da 70 %, Vetnam va Mongoliyada 80 % ini donli 
ekin maydonlari tashkil etadi. 
Dunyodagi donli ekin maydonlarining asosiy qismini bug‘doy (23 mlnga) sholi (140 mln ga), 
makkajo‘xori (180 mln ga) egallaydi. 
Dunyoda bug‘doy ekiladigan asosiy mintaqalarga SHimoliy Amerika, Evropa, MDH, Janubiy-
g‘arbiy, Janubiy va SHarqiy Osiyo, Argentina, Janubiy Afrika, Avstraliya kiradi. 
SHolichilik asosan SHarqiy, Janubi-SHarqiy va Janubiy Osiyoda keng tarqalgan. Hindiston, 
Xitoy, Indoneziyada sholi maydonlari ko‘p. Bu erlarda ikkinchi hosilni quruq mavsumda sun’iy 
sug‘orish usulida olinadi. 
Makkajo‘xori ekin maydonlari ham deyarli bug‘doy ekiladigan hududlarga to‘g‘ri keladi. 
Donli ekinlarning dunyo bo‘yicha yalpi hosili uzoq vaqt davomida juda sekin sur’atlar bilan 
o‘sdi. Masalan, 1900 yilda 500 mln t, 1920 yil 600 mln.t, 1940 yil 700 mln.t, XX asrning 
ikkinchi yarmida donli ekinlar hosili o‘sish sur’ati sezilarli darajada bo‘ldi. 
Umuman dunyoda donli ekinlarning 55 % i aholi uchun oziq-ovqat, 45 % i esa chorva 
ozuqasi sifatida foydalaniladi. Jahonda don etishtirish tobora o‘sib borib, yiliga 1,9 mlrd tonnaga 
etdi. 
Bug‘doy deyarli 70 mamlakatda etishtiriladi, lekin yalpi hosilining asosiy qismi bir necha 
mamlakatga to‘g‘ri keladi. AQSH, Kanada, Avstraliya shuningdek Rossiya , Qozog‘iston, 
Ukrainada jahonning asosiy don ekinlari ekiladigan hududlari bug‘doy ekishga ixtisoslashgan 
rayonlar tarkib topgan. 
Jahon bozoriga har yili taxminan 200 mln t. donli, jumladan 90-100 mln.t. bug‘doy va 60-70 
mln.t. makkajo‘xori chiqariladi. Don eksport qiladigan asosiy mamlakatlar AQSH, Kanada, 
Avstraliya, Frantsiya, Argentina hisoblanadi. Ushbu mamlakatlarda don xo‘jaligi xalqaro 
ixtisoslashgan tarmoqga aylangan. Kanada bilan Avstraliya yillik bug‘doy hosilining, Argentina 
esa makkajo‘xori hosilining 80 % ini chetga chiqaradi. 
Don import qiluvchi mamlakatlarning yarmiga yaqini ravojlanayotgan mamlakatlarga to‘g‘ri 
keladi. Bular asosan oziq-ovqat uchun donli mahsulotlarni chetdan oladi. Bunday mamlakatlar, 
masalan, Misr (10 mln.t.), Braziliya (5 mln.t.). Iqtisodiy rivojlangan mamlakatlar ichida 
YAponiya (30 mln.t ga yaqin) yirik importer hisoblanadi. 

Download 2,01 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   61   62   63   64   65   66   67   68   ...   108




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish