O. L. Muxamedov Kafedra mudiri



Download 2,01 Mb.
Pdf ko'rish
bet70/108
Sana23.12.2022
Hajmi2,01 Mb.
#894593
1   ...   66   67   68   69   70   71   72   73   ...   108
Bog'liq
O. L. Muxamedov Kafedra mudiri

3.Jahon
 
chorvachilik tarmoqlar geografiyasi. 
CHorvachilik
 
chorva mollari soni va chorvachilik mahsulotlarini ishlab chiqarishni o‘z 
ichiga oladi. Jahonda chorva mollarining umumiy soni 4 mlrd boshga yaqin. 
Sut yo‘nalishidagi yirik shoxli qoramol ko‘paytirish aholi zich joylashgan Evropa, 
SHimoliy Amerika rayonlari uchun xosdir. Go‘sht-sut yo‘nalishidagi qoramolchilik intensiv 
qishloq xo‘jaligiga ega bo‘lgan mo‘‘tadil mintaqa rayonlarida shuningdek qurg‘oqchil 
rayonlarida tarqalgan. Go‘sht chorvachiligi (Argentina, Avstraliya) ekstensiv va intensiv 
rivojlangan bo‘lsada, u tovar xususiyatiga ega. 
CHo‘chqachilik bilan turli tabiiy sharoitlardagi intensiv va ekstensiv qishloq xo‘jaligiga ega 
bo‘lgan mamlakatlarda mavjud. Odatda, bu tarmoq aholi zich joylashgan rayonlarda, 
kartoshkachilik, lavlagikorchilik rayonlarida keng rivojlangan.
Qo‘ychilik keng yaylov maydonlariga ega bo‘lgan mamlakat va rayonlarda rivojlangan. 
Ayni vaqtda mayin junli qo‘ychilik quruq iqlimli rayonlarda ko‘proq tarqalgan bo‘lib, dasht 
hamda chala cho‘l yaylovlari sharoitda olib boriladi.
M.B. Volf va YU.D.Dmitrievskiy o‘zlarining jahon qishloq xo‘jaligi haqidagi kitoblarida 4 
turdagi chorvachilik rayonlarini ajratganlar. Ular intensivlik darajasiga ko‘ra quyidagicha 
taqsimlanishi mumkin 

Birinchi turga aholi juda zich joylashgan va qoramolchilik yuqori darajada zich bo‘lgan (100 
ga qishloq xo‘jaligi maydoniga 100-200 bosh mollar to‘g‘ri keladi) rayonlar kiradi. Bu turga 
mansub rayonlarda mazkur tarmoq yuqori mahsuldorlikka ega bo‘lib, intensiv sut chorvachiligi, 
cho‘chqachilik, parrandachilikka ixtisoslashgandir. Evropada birinchi turdagi rayon Daniya, 
Niderlandiya, Buyuk Britaniya, SHveytsariya kabi mamlakatlarni, SHimoliy Amerikada 
AQSHning shimoli-sharqini qamrab oladi. Bu mamlakatlardagi chorvachilik yalpi qishloq 
xo‘jalik tovar maxsulotining 60-80 % ini etkazib beradi. 
Ikkinchi turga intensivlik hamda qishloq xo‘jalik mahsuldorligi o‘rtacha darajada bo‘lgan 
rayonlar mansubdir. Bu turga Janubiy va SHarqiy Evropa, AQSH ning janubiy va markaziy 
shtatlari, Lotin Amerikasining ayrim rayonlari kiradi. 
Uchinchi turga aholi zichligi hamda chorva mollari bosh soni zichligi (5-10 bosh) past bo‘lgan 
rayonlar kiradi. 
Bunday rayonlarga Avstraliyaning katta qismini, Argentinadagi Patagoniyani, Angola, G‘arbiy 
va SHimoliy Afrikaning ayrim mamlakatlarini (Mavritaniya, CHad, Jazoir) kiritish mumkin. 
Odatda ushbu mamlakatlarda chorvachilik dehqonchilikdan ustun turadi. 
Va nihoyat, to‘rtinchi turga aholisi juda zich joylashgan, chorva mollari zich (60-200 bosh), 
ammo mahsuldorligi past va kam intensiv tarmoq hamda yo‘nalishlar ustun bo‘lgan rayonlar 
kiradi. CHorvachilik bu erda yordamchi ahamiyat kasb etib, oz miqdorda tovar mahsuloti etkazib 
beradi. Bunday rayonlarga Hindiston, SHri-Lanka, Janubi-SHarqiy Osiyo mamlakatlarini misol 
keltirish mumkin. Rivojlanayotgan mamlakatlarda kam mahsuldor chorvachilik markazlari 
aksariyat hollarda iste’mol va tovar dehqonchililigidan hududiy jihatdan ajralgan holda olib 
boriladi. 
Go‘sht ishlab chiqarish tizimi mol va buzoq go‘shti etishtirish salmog‘i 32 %, cho‘chqa 39 %, 
parranda go‘shti 20 %, ot va qo‘y go‘shti salmog‘i 9 %ni tashkil etadi. 
So‘nggi yillarda broyler xo‘jaligining SHimoliy Amerika, Evropada intensiv rivojlanishi 
parranda go‘shti etishtirishni ko‘paytirdi. Jahon bo‘yicha uning soni 10 mlrd boshdan oshib 
ketdi. Ayniqsa, har bir bosh sigirdan sut sog‘ib olish, iqtisodiy rivojlangan davlatlarda 3-5 ming 
kg (biroq Daniya, Niderlandiya 5,8 ming kg, SHvetsiyada 6 ming kg, AQSH da 6,5 ming kg. 
MDH davlatlarida o‘rtacha 2,6 ming kg) ni tashkil etadi. 

Download 2,01 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   66   67   68   69   70   71   72   73   ...   108




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish