10.Aholisi asosan bir millat o‘zbeklardan (95 %) tashkil etgan viloyatni aniqlang.
A. Buxoro
B. Namangan
C. Toshkent
D. Sirdaryo
E. Xorazm
53
Nazorat uchun savollar:
1.
O‘zbekiston aholisi soni va zichligi haqida ma’lumot bering.
2.
Aholining geografik joylanish xususiyatlari qanday.
3.
Aholi milliy tarkibini izohlang.
4.
Aholini jinsiy va yosh tarkibi qanday.
5.
Aholini ijtimoiy tarkibiga ta’rif bering.
6.
Shahar va qishloq aholisini ta’riflang.
7.
Mehnat resurslari haqida tushuncha bering.
8.
Aholi bandlik muammolarini yechimi uchun qanday chora-tadbirlar kutilmoqda.
9.
Aholining tabiiy o‘sishi va migratsiyasiga izoh bering.
7. mavzu: O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASINING SANOAT GEOGRAFIYASI.
Reja:
1.
Sanoat tarmoqlarini respublika xalq xo‘jaligida ahamiyati.
2.
Sanoat tarmoqlariga ta’sir etuvchi omillar.
3.
Sanoat tarmoqlarini geografik joylanish xususiyatlari.
3-1. Og‘ir sanoat tarmoqlari.
3-2. Yengil sanoat tarmoqlari.
4. O‘zbekisitonda sanoat tarmoqlarini rivojlanish istiqbollari.
1.
Sanoat tarmoqlarini respublika xalq xo‘jaligida ahamiyati
.O‘zbekistonda
iqtisodiyotida sanoat ishlab chiqarish yetakchilik qiladi. U mamlakat iqtisodiy taraqqiyotida
muhim o‘rin tutib, xalq xo‘jaligining barcha tarmoqlari uchun moddiy – texnika vositalarini
to‘xtovsiz takror ishlab chiqarish manbai sifatida faoliyat ko‘rsatadi, iqtisodiy rayonlarning
ijtimoiy ishlab chiqarish texnikaviy darajasini belgilab beradi hamda moddiy va mehnat
resurslaridan foydlanishning holatiga ta’sir ko‘rsatadi.
Mamlakat asosiy fondlarning 40 foizi sanoatga to‘g‘ri keladi, yalpi ichki mahsulotning
15 foizi sanoatda yaratiladi. Iqtisodiyotda band bo‘lgan mehnat resurslarining 13 foizi (yoki 1,1
mln. dan ortiq kishi) sanoat tarmoqlarida ishlaydi O‘zbekiston sanoatida elektr energiyasi, gaz,
neft, ko‘mir, benzin, po‘lat, avtomobillar, traktorlar, paxta terish mashinalari, elektrodvigatellar,
transformatorlar, akkumulyatorlar, kabellar, ekskavator, ko‘prikli ko‘targichlar, yigiruv
mashinalari, samolyotlar, oltingugurt kislotasi, mineral o‘g‘itlar, sun’iy tolalari, gazlamalar,
paxta moyi, un, guruch, kiyim-kechak, oziq-ovqat mahsulotlari va boshqalar ishlab chiqariladi.
Sanoat tarmoqlari orasida qishloq jo‘jaligi mahsulotlarini qayta ishlovchi va agrosanaot
majmuiga xizmat ko‘rsatuvchi tarmoqlar tarixan yetakchi mavqiyega ega. Hozirgi vaqtda
ayniqsa, gaz, neft, kimyo mashinasozligi, rangli metallurgiya, yoqilg‘i sanoati tarmoqlari jadal
sur’atlar bilan o‘smoqda.
Hozirgi vaqtda respublika sanoat tarkibida 100 dan ortiq tarmoq va tarmoqlar mavjud
bo‘lib, ular bir necha majmualarni tashkil etadi. Bundan tashqari sanoat mahsulotlarining
xususiyati ularning iste’mol qilinishi boshqa xususiyatlariga qarab, og‘ir, yengil, oziq-ovqat
xomashyo, qayta ishlovchi tarmoqlarga bo‘linadi. Mamlakatimiz viloyatlari sanaot mahsuloti
tarkibida ushbu guruhlarning nisbati juda katta farq qiladi. Navoiy, Qashqadaryo, Farg‘ona
viloyatlarida xomashyo tarmoqlari, Samarqand, Sirdaryo, Andijon, Namangan, Xorazm, Buxoro
viloyatlarida qayta ishlovchi tarmoqlar rivojlangan. Navoiy, Toshkent, Farg‘ona, Qashqadaryo
viloyatlarida og‘ir sanoat tarmoqlari, Buxoro, Andijon, Namangan viloyatlarida yengil sanoat
tarmoqlari, Samarqand, Surxondaryo, Jizzax viloyatlarida oziq-ovqat sanoat tarmoqlari
ulushning kattaligi bilan ajralib turadi. Masalan, qayta ishlovchi sanoat Navoiyda (20,3 foizini),
og‘ir sanoat Buxoro, Andijon, Surxondaryoda (11,8-15,4 foizni), yengil sanoat Navoiyda (1,8
54
foizni) tashkil etadi.Umuman, respublika sanoat tarmoqlarining hozirgi tarkibida eng katta
ulushni yoqilg‘i sanoati (24,1 foizi) egallaydi.Undan keyin yengil sanaot 19,8 foizni, oziq-ovqat
– 14,2 foizni, metallurgiya – 10,3 foizni, metallurgiya – 10,3 foizini egallaydi
O‘zbekiston O‘rta osiyoda samolyotlar, avtomobillar matori, paxta terish, tozalash, ip
yigiruv, to‘g‘uv mashinalari, traktorlar, ekskavatorlar, yuk ko‘taruvchi kranlar kabi mahsulotlar
va boshqa ko‘pgina tayyor mahsulotlar ishlab chiqaruvchi yagona mamlakatdir. Mamlakatda
sanoat tarmoqlarini yanada rivojlantirish uchun ulkan tabiiy resurs va yetarli darajada mehnat
resurs salohiyati mavjud.
2
Do'stlaringiz bilan baham: |