51
onalarning oilada bola tarbiyasi bilan shug‘ullanishi, shuningdek, shaxsiy xo‘jalik yumushlari
bilan ham mehnat resurslari balanslarini tuzishda inobatga olinishi kerak.
Respublikada mehnat resurslarining soni ko‘p, biroq ularning jami aholi tarkibidagi
ulushi oz. Buning sababi to‘g‘ilishi va tabiiy ko‘payishning yuqoriligidadir. Natijada
“demografik yuk” yoki mehnatga layoqatli aholi bilan mehnatga layoqatsizlar nisbati o‘ziga xos.
Masalan, agar Yevropa davlatlarida oilada 3 kishidan 2 kishi ishlasa,bizda, aksincha 6 kishidan 2
yoki 3 kishi ishlashi mumkin. 2002 yilga kelib mehnat resurslarining umumiy miqdori 13181,0
ming kishidan ortdi. Ularning yillik o‘rtacha o‘sish sur’ati 210-220 ming kishidan iborat.
O‘zbekistonda mehnat resurslarining kasbiy ma’lumoti ancha yuqori, har 1000 kishi hisobiga
oliy va to‘liqsiz oliy ma’lumotga ega bo‘lganlar soni 193 kishini tashkil etadi. Moddiy ishlab
chiqarish sohasida band bo‘lganlarning har to‘rttasidan biri oliy va yoki o‘rta maxsus
ma’lumotga ega. Rasmiy ma’lumotlarga qaraganda, 1.07. 2001 yilda 9,1 mln. kishi (72,4 foiz)
ish bilan band, rasman “ishsiz” sifatida mehnat birjalarida qayd etilganlar esa 37,5 ming yoki
atiga 0,4 foizga teng. Albatta, bu raqam uncha aniq emas, chunki, birinchidan, hozircha barcha
ish qidiruvchilar ham, ayniqsa qishloq joylarda mehnat birjasiga murojaat qilmaydilar,
ikkinchidan mehnat statistikasi va mehnat bozori uncha takomillashmagan. 2002 yilda mamlakat
iqtisodiyotida band bo‘lgan aholining yillik o‘rtacha soni 1,4 foizga o‘sdi va 9,3 mln. kishini
tashkil etdi. Iqtisodiyotning davlat sektorida 24,3 foiz, nodavlat sektorida 34,2 foizni tashkil etdi.
Iqtisodiyotda band aholining asosiy qismi qishloq xo‘jaligida band bo‘lib, tarmoqlar bo‘yicha
taqsimlanishini jadval orqali bilib olishimiz mumkin. Quyidagi jadvaldan anglash mumkinki,
sanogatda band bo‘lgan aholining umumiy soni Toshkent shahri va Toshkent viloyati hamda
Farg‘ona va Namanganda yuqoriroq, Surxondaryo, Buxoro va Jizzaxda esa u ancha past. Biroq,
xuddi shu viloyatlarda qishloq xo‘jaligining mavqiye kuchliroq.
Ma’lumki, jahon mamlakatlarida nomoddiy sohalardagi aholining bandligi oshib
bormoqda. Bizda esa u hozircha kamroq. Masalan, sog‘liqni saqlash, jismoniy tarbiya, sport,
ta’lim, madaniyat, san’at va fan kabi ijtimoiy sohalarda band bo‘lgan mehnat resurslarining
ulushi ko‘pgina viloyatlarda oz.
Shunday qilib, mehnat resurslaridan to‘laroq va samarali foydalanish mamlakatimizning
asosiy vazifasidir. Ayniqsa, qishloq joylariga ishlab chiqarish sohalarini joylashtirishni
ko‘paytirish hozirgi kunning dolzarb masalasidir. Chunki, jahon mamlakatlarining ijtimoiy-
iqtisodiy rivojlanish darajasi ham ko‘proq aynan shu bandlik mezonlari bilan o‘lchanadi.
Do'stlaringiz bilan baham: