O. L. Muxamedov Kafedra mudiri


 Aholining tarkibiy tuzilishi



Download 2,01 Mb.
Pdf ko'rish
bet45/108
Sana23.12.2022
Hajmi2,01 Mb.
#894593
1   ...   41   42   43   44   45   46   47   48   ...   108
Bog'liq
O. L. Muxamedov Kafedra mudiri

3. Aholining tarkibiy tuzilishi

Aholining tabiiy va mexanik harakatlardagi o‘zgarishlar uning milliy, jinsi va yosh tarkibiga 
ta’sir ko‘rsatadi.O‘zbekiston aholisi ko‘p millatliligi bilan ajralib turadi. Uning tarikibini 120 dan 
ortiq millat va elatlar vakillari tashkil qiladi.O‘zbekistonning tub aholisi o‘zbeklardir 1989 yil 
aholi ro‘yxatiga muvofiq, o‘zbeklar jami aholining 71,4 foizini tashkil etadi. 90 – yillarda bir 
vaqtlar ko‘chib kelgan boshqa millat vakillarining reemigratsiya qilishi tufayli o‘zbeklarning 
ulushi 1995 yillar mobaynida respublikadagi slavyan xalqlarining, tatarlar va qrim tatarlarining, 
misketi turklarining, yahudiylarning nemislarning, greklarning va yevropalik boshqa xalqlarning 
mutloq soni tashqi migratsiya natijasida deyarli 0,6 mln. kishiga qisqaradi. 
O‘zbekistonning barcha hududlari ko‘p millatli bo‘lgan holda, ularning nisbati turlicha 
nisbatan sanoatlashgan viloyat va shaharlarda mahalliy xalqlardan tashqari boshqa millat 
vakillari ham ko‘p (Toshkent, Navoiy vilotyalari, Toshkent, Chirchiq, Angren, Olmaliq, 
Zarafshon, Farg‘ona va boshqa shaharlar). Umuman olganda 2002 yilga kelib o‘zbeklarning 
salmog‘i 78,8 foizga yetdi. 


O‘zbekistonning barcha hududlari ko‘p millatli bo‘lgan holda, ularning nisbati turlicha 
nisbatan sanoatlashgan viloyat va shaharlarda mahalliy xalqlardan tashqari boshqa millat 
vakillari ham ko‘p (Toshkent, Navoiy vilotyalari, Toshkent, Chirchiq, Angren, Olmaliq, 
Zarafshon, Farg‘ona va boshqa shaharlar). 
Shu bilan birga Xorazm viloyati aholisi asosan bir millatli-deyarli 95 foiz aholi 
o‘zbeklardan iborat. O‘zbeklarning hissasi Toshkent shahri va viloyati hamda Qoraqalpog‘iston 
Respublikasida kamroq. 
O‘zbekistonda Qoraqalpoqlar ikkinchi tur aholi hisoblanadi. O‘zbekistonda taxminan 
450 ming qoraqalpoq millati mavjud. Ularning aksariyati (95 foiz) Qoraqalpog‘iston 
Respublikasida joylashgan.
O‘zbekistonda qadim Turon zaminning tub xalqlaridan tojiklar (1 mln. ga yaqin) umumiy 
aholining 4,7 foizini tashkil qilib, ular asosan Samarqand, Namangan, Suxondaryo va Farg‘ona 
viloyatlarida joylashgan. Undagi tashqari, qozoqlar (4,1 foiz), qirg‘izlar (0,9 foiz), turkmanlar 
(0,6 foiz) mavjud bo‘lib, O‘zbekistonda jami aholi sonidan tub xalqlarning ulushi 83,8 foizni 
tashkil qiladi. 
Mustamlakachilik yillarida mamlakatimizga ko‘pgina slavyan xalqlarining vakillari kirib 
keldi. Shulardan eng ko‘pi ruslardir. Ruslar bilan birga yurtimizga ukrainalar, beloruslar, 
polyaklar, cheklar, slovyanlar, bolgarlar ham kirib keldi. Shu tariqa, mamlakatimiz aholisi tobora 
ko‘p millatli bo‘lib bordi. 
Aholining jinsiy va yosh tarkibi muhim demografik ko‘rsatkich hisoblanadi. Bunda 
mehnat resursining, maktabgacha va maktab yoshidagi bolalarning, nafaqaxo‘rlarning hozirgi va 
kelajakdagi soni ayniqsa, ahamiyatlidir. Aholining jinsiy va yosh tarkibi istiqbolni barpo qilish 
uchun ham zarur ko‘rsakich.Mamlakatda aholining jinsiy va yosh tarkibi ham ijtimoiy 
taraqqiyotning turli bosqichlarida ob’ektiv sabablarga ko‘ra o‘zgarib turadi. 1939 yilda 
o‘tkazilgan aholi ro‘yxati ma’lumotlari bo‘yicha O‘zbekistonda aholining 52 foizini erkaklar va 
48 foizni ayollar tashkil qilgan edi. 1959 yilda esa, II-jahon urushi tufayli, erkaklar salmog‘i 48 
foizga tushib qoldi. Umuman keyingi yillarda aholining jinsiy tarkibi tenglashib bormoqda. 
Masalan, 2000 yil ma’lumotlariga ko‘ra, jami aholi tarkibida erkaklar 12,2 mln., ayollar 12,3 
mln, shaharliklar orasida ayollar ko‘proq (50,7 foiz), qishloqlarda esa jinslar o‘rtasidagi farq 
deyarli sezilmaydi; erkaklar 49,9 va ayollar -50,1 foiz.Mamlakatimizda tabiiy o‘sishning 
yuqoriligi aholining yosh tarkibiga katta ta’sir ko‘rsatib kelmoqda. Shuning uchun ham aholi 
nisbatida yosh bolalar va o‘smirlarning salmog‘i katta. 1989 yilda o‘tkazilgan aholi qo‘yxati 
ma’lumotlari bo‘yicha mamlakatimiz aholisining 40,8 foizini 0-14 yoshdan bolalar va 
o‘simliklar, 28,3 foizni 15-29 yosh yoshdagilar, ya’ni umumiy aholining 69,1 foizni bolalar, 
o‘smirlar va mehnat qobiliyatiga ega bo‘lgan yoshlar tashkil etgan. Aholi yosh tarkibidagi yuqori 
ko‘rsatkichlar mamlakat ishlab chiqarish kuchlarini rivojlantirishning istiqbollarini belgilab 
beradi. 



Download 2,01 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   41   42   43   44   45   46   47   48   ...   108




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish