№
Viloyatlar
Ball
1
Toshkent
6
2
Farg‘ona
9
3
Namangan
6
4
Andijon
5
5
Sirdaryo
0
6
Jizzax
0
7
Samarqand
0
8
Qashqadaryo
10
9
Surxondaryo
9
10
Buxoro
8
11
Navoiy
2
12
Xorazm
2
13
Qoraqalpog‘iston
3
Ma’lumki, yirik aholi punktlari bu iste’molning yuqoriligini bildiradi. Yirik sanoat
markazlariga yaqin foydali qazilmalarning foydaliligi koeffitsenti yuqori bo‘ladi. Misol
taraqasida Toshkent viloyatida joylashgan Angren ko‘mir konini oladigan bo‘lsak, bu zaxira
ko‘miri qo‘ng‘ir tusli ko‘mir bo‘lib, kaloriyasi kam hisoblanadi. Lekin bu konning zahirasi ko‘p,
sanoati rivojlangan iqtisodiy rayonda joylashganligi, ya’ni iste’molchi yaqinida ekanligi o‘tgan
asrimzning 40 – yillarida ishga tushishiga sabab bo‘ladi.
Yuqorida keltirilgan jadval orqali tabiiy boyliklarni taqqoslab ham baholash mumkin.
Taqqoslab baholash jahon hududlarini, mamlakatlarni, qolaversa davlatlar ichki resurs
tafovutlarini aniqlashga keng imkoniyat yaratiladi. Yuqoridagi jadval orqali viloyatlarimizni
yoqilg‘i resurslari (neft, gaz, ko‘mir) bilan ta’minlanganligini taqqoslash mumkin. Bu resurs turi
bilan Qashqadaryo, Farg‘ona, Surxondaryo, Buxoro viloyatlari yaxshi ta’minlangan. Shuning
uchun mazkur viloyatlarda yoqilg‘i-yenergetika sanoati tarmoqlari boshqa viloyatlarga nisbatan
rivojlangan.
Tabiiy resurs barcha turlarini sifat jihatidan baholash ham katta ahamiyatga ega.
Mamlakatimiz ko‘pgina tarmoqlari dehqonchilik bilan bog‘liqdir. Shu sababdan tuproq
resurslariga e’tibor berish zarur hisoblanadi. Tuproqning tabiiy holati, ya’ni donadorini, chirindi
miqdori dehqonchilikning hosildorligiga ta’sir ko‘rsatadi. Ma’lumki respublikamiz dehqonchilik
qiladigan yerlarida asosan bo‘z tuproqlar tarqalgan. O‘z navbatida chirindi miqdoriga ko‘ra bo‘z
tuproqlar uch turga bo‘linadi (os tusli, bo‘z, to‘q tusli bo‘z tuproqlar). Bo‘z to‘proqlar asosan
adir mintaqada joylashgan. Bu tuproqlar Farg‘ona vodiysida ko‘p maydonni egallaydi. Undan
tashqari avtomorf to‘proqli maydonlar mavjud bo‘lib, ular asosan yirik daryo vodiylari va
yoyilmalarida mavjud bo‘lib, madaniy to‘proqlar hisoblanadi. Bu tuproqlar o‘zoq o‘tmishidan
dehqonchilik qilinadigan Zarafshon vohasi, Farg‘ona vodiysi kabi joylarda tarqalgan bo‘lib,
o‘zoq yillik dehqonchilik natijasida ancha chirindi miqdoriga boyigan hisoblanadi.
Mamlakatdagi dehqonchilik cho‘llarda (Qarshi, Shirobod, Mirzacho‘l va b.) sizot suvlari yer
satihiga ko‘tarilishi natijasida to‘proqlarni sho‘rlanish darajasi ortgan. Shuning uchun bu
tuproqlarni sifat darajasi pasygan.
Hozirgi davrda tabiiy resurslarni texnologik bahosi yuksak ahamiyatga ega. Boyliklarni
aniqlashda, foydalanishda, texnologik jarayonlarni jalb etilishi, ishlatilishi bilan birga, yangi
texnologiyalarni joriy etilishini ham bu asosida tavsiya etilishi maqsadlidir.
Yana tabiiy resurslarni, ayniqsa ulardan foydalanish jarayonlarini ekologik jihatdan
baholash muhimdir. Har bir resurs turlaridan foydalanishida oldindan ekologik bahoga e’tibor
yaxshi bo‘lmaganligi oqibatida hududlarda qanchadan-qancha mudhish voqealar sodir
bo‘lmoqda. Bularga Orol va Orolbo‘yi, Sariosiyo va uning atrofii, Navoiy shahri va atrofii,
Olmaliq-Angren sanoatli rayoni muammolari va boshqalar misol bo‘la oladi.
Tabiiy resurslar turlarini yuqorida keltirilgan baholar jamlanishi, yaxlitligini anglatuvchi
baho kompleks baho hisoblanadi. Kompleks bahoni har bir resurs turiga qo‘llanishi samaralidir.
Chunki kompleks baholar asosida resurs turini to‘liq baholash mumkin. Shunga ko‘ra, tabiiy
resurslardan oqilona foydalanishni ishlab chiqarishga aniq imkoniyatlar yaratiladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |