O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta‘lim vazirligi qarshi muhandislik-iqtisodiyot instituti “Neft va gaz” fakulteti



Download 14,73 Mb.
Pdf ko'rish
bet78/363
Sana22.12.2022
Hajmi14,73 Mb.
#894170
1   ...   74   75   76   77   78   79   80   81   ...   363
Bog'liq
O`quv uslubiy majmua NGKM (Восстановлен)

 
Nazorat savollari. 
1.
Gazlift usulini qo‘llashni mohiyatini tushuntirib bering? 
2.
Gazlift usulida quduqlarni ishlatishda qanday konstruksiyasidan foydalanamiz? 
3.
Gazlift quduqlarida quduq usti jihoziga qo‘yilgan talablarni tushuntirib bering? 
4.
Gazlift quduqlarni kompressorsiz ishlatish sxemasini aytib bering? 
5.
Favvora armaturasi qanday vazifalarni bajaradi? 
 
 
XVII ma’ruza. QUDUQLARNI GAZLIFT USULIDA QAZIB OLISH
JIHOZLARI 
 
REJA: 
 
17.1. Gazlift quduqlarining jihozlari 
17.2. Quduqlarda, quduq usti boshchasida va quduq ichi jihozlarida 
suyuqlikning ko‘tarilishini tejamkor usulini tanlashni asoslash.
 
Tayanch iboralar: 
gaz uzatgich, bosim ko’rsatgichi, dinamik sath, suyuqlikni 
ko’tarilishi, armaturа, manifol’d, anomal bosim
.

 
Foydalanilgan adabiyotlar: 


133 
1. T.R.Yuldashev, X.Q. Eshkabilov. “Neft va gaz konlari mashina va 
mexanizmlari” Qarshi.: Qashqadaryo kо‘zgusi OAV nashriyoti. –Darslik-2015 
yil. 
2. T.R.Yuldashev. “Neft va gaz konlari mashina va jihozlari” Qarshi.: Uslubiy 
qо‘llanma. Qarshi -2015 yil 
17.1. Gazlift quduqlarining jihozlari 
Gazlift quduqlarining ustiga o‘rnatiladigan armaturalar favvora armaturalariga 
o‘xshash bo‘ladi va bir qator maqsadlar uchun mo‘ljallanadi ya’ni, quduq ustini 
germetiklash, ko‘taruvchi quvurlarni osib qo‘yish va har xil jarayonlarni amalga 
oshirish hamda quduqni yuvish jarayoni va hakozo.
Quduqlarda favvora davri tugagandan so‘ng gazlift usulida ishlatish uchun 
favvora armaturalaridan foydalaniladi. Bunda maxsus soddalashtirilgan va yengil 
armatura qo‘llaniladi, lekin sodir bo‘lishi mumkin bo‘lgan qiyinchiliklar ochiq 
favvorada xavf tug‘dirmaydi. Ko‘pincha gazlift quduqlaridagi armaturalar quvur 
oralig‘i orqali yoki markaziy quvurlar orqali gaz haydashga moslashtirilgan bo‘ladi. 
Gazlift quduqlarini ishlatish davrida jadal parafin yotqiziqlarini paydo bo‘lishi 
kuzatilsa, armaturaning usti qismi qo‘shimcha lubrikator bilan jihozlanadi va u orqali 
NKQ-ga qirg‘ich kiritiladi, quduqni ishlatish davridagi parafin yotqiziqlari mexanik 
tozalash yo‘ li orqali tros yordamida quduqning ichiga tushiriladi. Parafin yotqiziqlari 
bilan ko`rashishda boshqa usullar ham qo‘llaniladi. Masalan, quvurlarning devori 
suyuq oynalar bilan qoplanganda yoki sirlangan quvurlar qo‘llanilganda silliq sirt 
yuzasida parafin ushlanib qolinmaydi. Gazlift quduqlarning ustki qismiga membranli 
boshqariladigan mexanizmli bosimni rostlovchi klapan o‘rnatiladi, quduqqa 
haydaladigan gazning bosimini doimiy saqlab turish uchun xizmat qiladi, chunki 
ba’zida magistral tizimlarda bosimning o‘zgarib turishi kuzatiladi, quduqning normal 
ish rejimi buziladi, ba’zida esa quduqni to‘xtatishga to‘g‘ri keladi. Markazlashtirilgan 
gaz ta’minoti tizimlarining gaz taqsimlash punktlarida bosim rostlagichlar, har xil 
sarf o‘lchagichlar hamda bekitish armaturasi gazni taqsimlash punkti (GTP) 
o‘rnatiladi. Bunda gazlift quduqlarini ishini nazorat qilish va boshqarish 
markazlashtiriladi, ishonchligini va ularning xizmat qilish sifatini oshiradi.
Gazlift ishlatish sohasida eng muhim yutuqlaridan biri maxsus ekssentrik 
kameralarni nasos-kompressor quvurga o‘rnatilganligi va uning hisobiy chuqurlikga 
tushirilishdir. Bunday holatda gazlift klapanlari NKQ-lar orqali quduqqa tushiriladi 
va chiqarib olish uchun texnika va texnologiyalar yaratilgan bo‘lib, o‘zlashtirish 
jarayonida quvurlar birikmasi orqali ishga tushiriladigan klapanlar yoki ishchi 
klapanlar ishdan chiqqanda yoki singanda quvurlarni ko‘tarib olish shart bo‘lmaydi. 
Quvurlar birikmasining hisobiy joylarida maxsus ekssentrik kameralar 
cho‘ntakli qilib o‘rnatiladi unga gazlift klapanlari kirgiziladi. O‘rnatilgan cho‘ntaklar 
orqali tushiriladigan klapanlarning yuqori va pastki uchlari neftga chidamli rezina 
bilan yoki to‘xtatish uskunasi orqali germetiklanadi. Bunday teshiklar orqali gaz 
quvurning orqa oralig‘idan o‘tkazilgan cho‘ntakka o‘tadi, undan keyin esa yon teshik 
orqali klapanga va uning egariga – nasos kompressor quvurlarga uzatiladi.


134 
Ekssentrik kamera shunday shaklda bajarilganki, quvurlar birikmasining o‘tish 
teshigi va ularning o‘qlarini mosligi to‘liq saqlanib qolinadi. Ekssentrik kameraning 
yuqori qismiga (16.1-rasm) maxsus yo‘naltiruvchi vtulka o‘rnatiladi va yo‘naltiruvchi 
asbob orqali klapan tushiriladi, u egilganda o‘tkazilgan cho‘ntakka borib tushadi. 
O‘tkazilgan asbob da sharnirli birikma mavjud bo‘lib, undan keyin esa to‘g‘ri yo‘ 
naltiruvchi vtulkaga yo‘ naltirilgan bo‘ladi. O‘tkaziladigan asbob ning sharnirli 
birikmasida prujinali qurilmalar yordamida keskin burilish hosil qilinadi
tushiriladigan klapanning bo‘ylama o‘qi o‘tkaziladigan kameraning bo‘ylama o‘qi 
bilan mos keladi. O‘tkaziladigan asbob po‘lat arqon yordamida NKQ-ga tushiriladi. 
Po‘lat arqonning diametri 1,8 mm-dan 2,4 mm-gacha bo‘ladi.
Arqon texnikasi yordamida klapanlar xuddi shunday tartibda chiqarib olinadi. 
Buning uchun quduqqa ekstraktor tushiriladi va u borib ekssentrik kameraga tushadi, 
undan keyin esa ozroq ko‘tarilgandan keyin yo‘ naltiruvchi vtulkada klapanning 
o‘tkazish kamerasining tekisligiga yo‘ naladi.
Ekstraktor yo‘ naltirilgandan keyin uning zvenosi prujinaning ta’sirida 
bug‘imlarga bo‘linadi, klapanning tutqich boshchasi oldida kerakli holatni egallaydi. 
Tutqich prujinali moslamaga o‘tkazilgan ekstraktorning uchidan va klapanning 
tutqich boshchasidan shunday saqlab oladiki, ko‘tarilganda o‘tkazilgan kameraga 
klapanning o‘zi ajralib chiqadi.
Ekssentrik kameralardagi gazlift o‘lchash klapanlarni yoki gazlift klapanlariga 
oddiy bekitgichlarni birgalikda o‘rnatishda hamda quduqni uchirish yoki to‘xtatishga 
olib kelmasdan oldin OUG-80 * 350 gazlift qurilmasi quduq ustiga o‘rnatiladi.
17.1-rasm. Gazlift klapanini ekssentrik kameraning cho‘ntagidan arqonli texnika 
yordamida chiqarib olish operatsiyasining ketma-ketligi. 
Maxsus quduq ustidagi gazlift qurilmasining diametri 80mm, 35 MPa bosimga 
hisoblangan va maxsus lubrikator konstruksiyasidir (16.2-rasm). 
Gazlift armaturasining yuqori chorbarmoqi flanetsiga (1) yoki bufer 
qulfagining flanetsiga kichik o‘lchamli bekituvchi mexanizm qulli uzatmali (2) 
preventor o‘rnatiladi. Unda elastik (rezinali) bekituvchi elementlari bo‘ladi, uni 
yordamida quduqni bekitish mumkin. Preventorga tez olinuvchi birikma yordamida 


135 
(3) lubrikator seksiyasi mahkamlanadi, uning yuqori uchida (4) salnik bo‘lib, (5) sim 
o‘tkaziladi yoki ingichka arqon va (6) rolik mavjud.
Armaturaning pastki uchiga (7) tortuvchi shkiv mahkamlangan, u orqali 
mexanik uzatma arqondan chig‘iriqqa va barabanga yo‘ naltiriladi. Lubrikatorga 
parallel holda uncha katta bo‘lmagan (8) machta mahkamlangan bo‘lib, (9) polispast 
(yuk ko‘taruvchi mexanizm) yukni ko‘tarishni osonlashtiradi hamda lubrikatorni 
yig‘ishni va ko‘tarilgan klapanlarni olishni qulay holatga keltiradi.
17.2-rasm. Arqonli texnika yordamida gazlift klapanlarni tushirish va ko‘tarishda 
qo‘llaniladigan quduq usti lubrikatori. 
1-yuqori chorbarmoq; 2-qo‘l dastakli preventor; 3-lubrikator seksiyasi; 4-
salnik; 5-simli uzatma; 6-rolik; 7-tortuvchi shkif; 8-olinuvchi machta; 9-polipast 
(yordamchi mexanizm); 10-datchik; 11-kabel.
Tortuvchi shkiv (10) mexanik datchik bilan bog‘langan, kanalga tortuvchi kuch 
va elektrik signal hosil qiladi, (11) kabel orqali indikator qurilmasiga uzatadi. Datchik 
arqon tortilganligini va gazlift klapani o‘rnatilgan kameradan qisib olinganligini va 
olinishi to‘g‘risidagi ma’lumotlarni uzatadi. Umuman olganda arqonni tortishda 
arqon texnikasidan foydalanish va chuqurlikda o‘tkaziladigan jarayonlar haqida 
mulohaza yuritish mumkin. Shuning uchun arqonning tortilishini aniq bilish, arqonli 
texnikadan foydalanilganda uni uzilib ketishini oldini olishga muhim ahamiyat 
beriladi.
Chig‘iriq barabani uchun uzatma va yig‘ma turidagi gidravlik dvigateldan 
foydalaniladi, ish jarayonini aniq va bir tekis amalga oshirishni ta’minlashga ishiga 
e’tibor beriladi. 
Gazlift klapanlari mikroavtobusning kuzoviga yoki maxsus ramaga o‘rnatilgan 
bo‘ladi yoki botqoqli territoriyalarga vertolyot yordamida ko‘chiriladi gidravlik 
chig‘iriq yordamida o‘rnatiladi va ko‘tarib olinadi.


136 
Agregat UAZ-452 avtomobilning shossisiga o‘rnatiladigan moyli nasosdan 
iborat bo‘ladi va harakatni avtomobil dvigatelidan oladi, ikki tezlikli uzatmali 
gidravlik dvigatel, gidravlik jihozli tizimlar, qo‘shuvchi klapanlar va zolotnikli 
qurilma hamda chig‘iriqni boshqaradigan gidravlik boshqaruv tizimidan tashkil 
topgan. Kabinada operatorning oldi qismiga simlarni va quduq chuqurligini 
ko‘rsatuvchi boshqaradigan indikator o‘rnatilgan.
Chig‘iriqning gidravlik dvigateli nasos kabi to‘xtatish rejimida va kerakli 
klapanlarni to‘liq bekitib to‘xtatish rejimida ishlashi mumkin. Agregatdagi simning 
diametri 2,5mm bo‘lib, chuqurligi 4600 metrgacha bo‘lgan quduqlarda hamda 
simning diametri 1,8mm.li bo‘lib chuqurligi 7000 metrgacha bo‘lgan quduqlarda 
tadqiqot olib borishda qo‘llaniladi. Asbob larni ko‘tarish rejimini tezligi 0,2 м/сек-
дан 1,6 м/sek-gacha o‘zgartiriladi. Chig‘iriq gidravlik dvigatelining nominal quvvati 
27,2 kvt. Shesternali turdagi nasosning bosimi 13 MPa.gacha bo‘ladi, haydash 
quvvati 0,0025m
3
/sek (150 l/daq). Bundan tashqari zanjirli GAZ-71 traktorga 
o‘rnatilgan agregat varianti ham ishlangan.

Download 14,73 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   74   75   76   77   78   79   80   81   ...   363




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish