O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta‘lim vazirligi qarshi muhandislik-iqtisodiyot instituti “Neft va gaz” fakulteti


 Qatlam suvlarini tayyorlash va utilizatsiya qilish qurilmalari



Download 14,73 Mb.
Pdf ko'rish
bet195/363
Sana22.12.2022
Hajmi14,73 Mb.
#894170
1   ...   191   192   193   194   195   196   197   198   ...   363
Bog'liq
O`quv uslubiy majmua NGKM (Восстановлен)

 
39.5 Qatlam suvlarini tayyorlash va utilizatsiya qilish qurilmalari 
 
 
Suv bostirish orqali qatlam bosimini ushlab turish (QBUT)da katta hajmdagi 
sifatli suvlardan foydalanish talab qilinadi. Shuning uchun suv bostirish yо‘li orqali 
qatlam bosimini ushlab turish tizimini loyihalashtirish va ishlatishda ishonchli sifatli 
suv manbasiga ega bо‘lish zarur. Suv bostirishda 1 tonna qazib olingan neft uchun 1,5-2 
m

suv talab qilinadi. Haydaladigan suvga yagona meyor о‘rnatish maqsadga muvofiq 
emas. Tog‘ jinslarini о‘tkazuvchanligi va yoriqliligi hisobidan mexanik zarralarning 
ruxsat etilishini bir kriteriyasi mavjud bо‘lib, unga muvofiq filtratsiya kanallarining 
diametri mexanik zarralarning diametridan 3-6 marta katta, zarralarning tarkibi 5-60 
mg/dm

ni tashkil qiladi. 
Haydaladigan suvning manbasi sifatida ochiq suv havzalari (daryolar, kо‘llar, suv 
omborlari), grunt suvlari (о‘zanli va artezian) va chuqur qatlamdagi suvlardan 
foydalaniladi. Grunt va chuqur suvlar kimyoviy tarkibi bо‘yicha kо‘p shaklli bо‘ladi 
(mineralligi 100- 200 mg/dm
3
), mualloq zarrachalar tarkibi katta emas. Shuning uchun 
ularni maxsus tayyorlamasdan qatlamga haydash mumkin. 
Yer usti suv havzalarining suvi sifati bо‘yicha grunt va chuqur suvlarga о‘z
о‘rnini bо‘shatib beradi, chunki uning tarkibida katta miqdordagi mexanik zarralar 
(loylar, illar, qumlar), ayniqsa toshqin, yog‘ingarchilik, qorni erish davrida loylarni 
bо‘kish xususiyatiga ega bо‘ladi. 
Oqova suvlar asosan qatlam suvlaridan (83%), neft bilan birgalikda qazib 
olinadigan, chuchuk (12 %), neftni tayyorlashda qurilmaga beriladigan va toshqin (5 
%) suvlar hisoblanadi. Bu suvlar minerallashgan (15-3000g/dm
3
) va yaxshi neftga 
tо‘yinganlik xossasiga ega. Ma’lumki, oqova suvlarning tarkibida katta miqdorda 
mexanik aralashmalar, uglerod ikki oksidi va vodorod sulfid mavjud bо‘ladi. Mexanik 
aralashmalarni tozalash zarurligi oqova suvlardan foydalanish xarajatlarini oshirib 
yuboradi lekin, atrof muhitni muhofaza qilish va oqova suvlarni utilizatsiya qilish 
muammolari о‘z yechimini topadi. Suv bostirishni olib borishda sanoat korxonalarining, 
kommunal xо‘jaliklarni, neftni qayta ishlash zavodlarning oqova suvlaridan foydalanish 
mumkin. Neftkon joylashgan tumanning mahalliy sharoitlariga bog‘liq holda suv 
ta’minoti texnologik sxemalari bir-biridan farq qiladi.
10.6-rasmda neft konlariga chegara tashqarisidan suv haydashning sxemasi 
keltirilgan. 


347 
Yer usti suv ta’minoti texnologik sxemalaridagi suv havzalarining elementlariga 
quyidagilar kiradi: suv olish inshooti va suv tozalash stansiyalari, suv rezervuari uchun 
bufer sig‘imlari-temirbetonli qizirdiladigan va pо‘lat issiqlikdan izolyasiya qilingan 
rezervuarlar. Suv olish inshootlari va nasos stansiyalari manbalardan suv olish va uni 
suvning tozalash stansiyasiga uzatishga mо‘ljallanadi. 
Suvni tayyorlash va haydash inshootlarining majmuasiga suv olish, suvni tozalash 
stansiyasi, shoxli nasos stansiyasi, haydovchi quduqlar, suv keltiruvchi past (suv 
keltiruvchi) va yuqori (quduqlar bо‘yicha tarqatuvchi) bosimli inshootlar kiradi. Suv 
haydash sxemalariga chegara ichi, maydonli (uchastkali), baryerli (qatorli) va aralash 
turlari kiradi. Aralash (kombinasiyali) suv bostirish variantlaridan biri 107-rasmda 
keltirilgan. 

Download 14,73 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   191   192   193   194   195   196   197   198   ...   363




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish