xo‘jaliklarda ichki yer tuzishning mazmuni va usullari
ishlab chiqildi
va mualliflari S.A.Udachin, N.I.Prokuronov, N.N.Burixin, Ya.M.Sfasman, A.I.Baranchuk,
S.D.Cheremushkin, Ye.Ye.Burov, V.V.Redkin, I.D.Shuleykin, P. I.Sherdyukov va boshq. bo‘lgan
qator kitoblar va kitobchalarda chop etildi. Ularda yer tuzishning iqtisodiy mohiyati, uning mazmuni,
tarkibiy qismlari va elementlari, ishlab chiqarishni va hududni tashkil etishning o‘zaro bog‘liqligi,
kompleks izlanishlar mazmuni va ular materiallaridan yer tuzishda foydalanish, g‘allachilik va
chorvachilik sovxozlarida va kolxozlarida hamda mamlakatning yirik sanoat yangi qurilishlarining
shaharlar atrofidagi mintaqalarda xo‘jalikda ichki yer tuzish uslubiyatining o‘ziga xosligi ko‘rib
chiqildi. Tajriba tarqasida relefning mashina-traktor agregatlaridan foydalanishga ta’siri o‘rganildi,
relefni, tuproqlarni, hududning kenglik xususiyatlarini hisobga olgan holda almashlab ekish dalalari
va brigada uchastkalarining ko‘rsatkichlari ishlab chiqildi, yaylov yerlarini tashkil etish masalalari
yechildi.
Bu davrda yer tuzish fanidan umumiy qabul qilingan konsepsiyasi bo‘yicha ishlayotgan
S.A.Udachin boshchiligidagi olimlar guruhi bilan bir qatorda yana bitta Voronej QXI professori
V.V.Redkin boshchiligidagi gurux ham bor edi. Uning asosiy qoidalari ular tomonidan «Xo‘jalikni
va sotsialistik qishloq xo‘jalik korxonalari hududlarini tashkil etish nazariyasining asosiy masalalari»
(1935 y.) va «Kolxozda yer tuzish» (1945 y.) mavzularidagi monografiyalarda chop etildi. Bu
ishlarda qimmatbaho fikrlar, eng avvalo - yer tuzish loyihalarini iqtisodiy asoslashni
kuchaytirishning zarurligi to‘g‘risida fikr bor edi. Shu bilan birga hududni tashkil etishning har bir
elementini qayta ishlab chiqarish tizimining mos bo‘g‘iniga mexanik bog‘lash usuli oxir oqibatda
o‘ylab topilgan, hayotdan ajralgan va juda qiyinlashtirilgan ifodalashlarga olib keldi, ular ko‘pchilik
mutaxassislar tomonidan rad etildi.
30 - chi yillarda o‘tkazilgan izlanishlar va ishlab chiqarish tajribalarini umumlashtirish
kolxozlar va sovxozlarda yer tuzishning asosiy qoidalarini ishlab chiqish, uning tushunchasini va
mazmunini, maqsadini, vazifalari va tamoyillarini, yer tuzish nazariyasini predmeti va usullarini
ijtimoiy-iqtisodiy hodisa sifatida ifodalash va 1940 y. oliy o‘quv yurtlari uchun birinchi «Yer
tuzishni loyihalash» darsligini N.V.Bochkov va S.A.Udachin taxriri ostida chop etish imkonini berdi.
1950 y. boshlangan mayda kolxozlarni yiriklashtirish yer tuzuvchilar oldiga yerdan
foydalanishlarni, ishlab chiqarishni va yirik xo‘jaliklar hududlarini tashkil etish bilan bog‘liq qator
masalalarni qo‘ydi.
Xo‘jaliklararo va xo‘jalikda ichki yer tuzish uslubini ishlab chiqarishning ixtisosligini,
yiriklashtirilishi va intensivligini hisobga olib takomillashtirish talab qilindi. Yer tuzish fani MIIZ
(Moskva yer tuzish injenerlari instituti) va boshqa qishloq xo‘jalik oliy o‘quv yurtlarining yer tuzish
fakultetlari xodimlari tomonidan bajarilgan yangi izlanishlar bilan boyitildi. Yer tuzish bo‘yicha
qator kitoblar va qo‘llanmalar chop etildi, ulardan eng taniqlilari quyidagilardir: «Sotsialistik yer
tuzishning nazariy asoslari» (muallif S.A.Udachin), «Xo‘jalikda ichki yer tuzish bo‘yicha
yo‘riqnoma» (S.D.Cheremushkin va S.A.Udachin taxriri ostida), «Kolxozlarda yer tuzish»
(mualliflar S.A.Udachin, N.N.Burixin, G.I.Goroxov, N.I.Prokuronov i boshq.), «O‘rmon-cho‘l
mintaqasi kolxozlarida yer tuzish» (G.I.Goroxov taxriri ostida), «Cho‘l kolxozlarida xo‘jalikda ichki
yer tuzish» (mualliflar M.A.Gendelman va Ye.B.Jitomirskiy) hamda I.K.Baranov, M.P.Kunyavskiy,
Do'stlaringiz bilan baham: |