85
V.P.Proshlyakov, P.K.Tatur, V.S.Artomonov va boshqalarning sug‘oriladigan mintaqalarda
hududlarni tashkil etish bo‘yicha ishlari.
Bu davrda chop etilgan monografiyalarda, to‘plamlarda va jurnallar maqolalarida yer
tuzishni loyihalashning kengroq asosda, mamlakatning har xil mintaqalariga va tabiiy-
iqtisodiy sharoitlariga mos usullari rivojlantirildi. Izlanishlarga ishlab chiqarish tajribasini
o‘rganish va umumlashtirish hamda oliy o‘quv yurtlari kafedralari tomonidan yer tuzish
organlari bilan birgalikda tashkil etilgan ekspeditsiyalar bajargan kolxozlar va sovxozlarda
yer tuzish bo‘yicha kompleks ishlar asos qilib olindi. Birinchi marta yirik suv omborlari suvi
bilan qoplanadigan yerlar mintaqasida yer tuzishning asosiy uslubiy asoslari ishlab chiqildi.
Yer tuzishning mazmuni va uslubiyati takomillashgan va to‘la tarzda 1951 y.
prof.S.A.Udachin taxriri ostida chiqarilgan (mualliflar S.A.Udachin, G.I.Goroxov, N.N.Burixin,
N.I.Proku-ronov, Ya.M.Sfasman, G.V.Cheshixin va boshq.) «Yer tuzishni loyihalash» darsligining
ikkinchi nashrida bayon etildi. Keyinchalik bu darslik yana bir necha marta qayta nashr etildi (1958,
1962, 1969 yillarda).
Urushdan keyingi yillarda sovet yer tuzish ilmiy maktabining shakllanishi tugadi, uni uch o‘n
yillik davomida VASXNIL akademigi, RSFSR da xizmat ko‘rsatgan fan arbobi prof. S.A.Udachin
(1903-1974 y.) boshqardi. Yer tuzish nazariyasi va uslubiy asoslari bo‘yicha asosiy ishlar, yer tuzish
va yerdan foydalanishning boshqa masalalari bo‘yicha ko‘p sonli ishlar uning qalamiga mansub.
Ularda yer tuzishning ilmiy tushunchasi, uning maqsadi,
vazifalari, rivojlanish qonuniyatlari va
umumiy tamoyillari ifodalangan. U tomonidan yer tuzishni ikkita asosiy turga - xo‘jaliklararo va
xo‘jalikda ichki yer tuzishga bo‘lish taklif etildi, xo‘jalikda ichki yer tuzishning mazmuni (uning
tarkibiy qismlari va elementlari)
ishlab chiqildi; bularning barchasi zamonaviy yer tuzish
amaliyotida maxkam o‘rnashdi.
Sovet yer tuzuvchi olimlarining ilmiy izlanishlari 60-80-chi yillarda yer tuzish nazariyasini
yanada rivojlantirishga va uslubiyatini takomillashtirishga qaratilgan edi.
Bu vaqtda bizning
davrimizda ham ma’lum nazariy qiziqish va amaliy qimmatga ega ko‘p sonli monografiyalar,
mavzuli to‘plamlar va jurnal maqolalari chop etildi. Ularda har xil tabiiy-iqtisodiy va ishlab
chiqarish sharoitlarida yer tuzish ishlarini o‘tkazish
usullari asoslanadi, yer tuzish va qo‘shni
injenerlik-iqtisodiy va texnik masalalari orasidagi o‘zaro aloqa ochib beriladi, Rossiyadagi yer tuzish
va yer munosabatlarining rivojlanish tarixi ko‘rib chiqiladi.
Yer tuzish masalalarini yechishga yagona yondashuvni, umumiy nazariy marralarni ishlab
chiqishda MIIZ va boshqa qishloq xo‘jalik oliy o‘quv yurtlarining yer
tuzish fakultetlari doimiy
o‘tkazadigan ilmiy-amaliy anjumanlar ahamiyatli rol o‘ynadi, ularda olimlar bilan bir qatorda loyiha
institutlari va yer tuzish hizmati xodimlari ham qatnashdilar. Bunday anjumanlar yerdan foydalanish
va yer tuzishning boshqaruv organlari tomonidan ham o‘tkazilib turildi.
1967 yildan boshlab Moskvada mamlakatda yer resurslaridan foydalanish, yerdan foydalanish
va yer tuzishning boshqa masalalari bo‘yicha izlanishlar olib boruvchi Davlat yer resurslari ilmiy-
tekshirish instituti (GIZR) faoliyat ko‘rsata bo
щ
ladi. U ilmiy-ishlab chiqarish anjumanlarining
tashkilot-chilaridan biri, ilmiy izlanishlar muvofiqlashtiruvchisi sifatida to‘plamlarni nashr etar edi.
Oliy yer tuzish ta’limi ham keng rivojlandi. Mamlakatdagi eng qadimiy Yer tuzish bo‘yicha davlat
universitetidan (u 1999 yili 220 yoshga to‘ldi) tashqari ittifoqdosh respublikalarning yirik qishloq
xo‘jalik oliy o‘quv yurtlarida yer tuzish fakultetlari faoliyat ko‘rsatadi. Bu fakultetlar jumlasiga 1945
y. tashkil etilgan Toshkent irrigatsiya va qishloq xo‘jaligini mexanizatsiyalash
injenerlari
institutining Yer tuzish fakulteti ham kiradi. Bu universitet va yer tuzish fakultetlarining ilmiy
xodimlari o‘zlari joylashgan mintaqalar xususiyatlariga mos yer tuzish usullari sohasida har xil
izlanishlarni olib borishmoqda.
Do'stlaringiz bilan baham: