Toshkent davlat pedagogika universiteti ilmiy axborotlari ilmiy-nazariy jurnali


THE IMPORTANCE OF THE SUBJECT "UZBEK LANGUAGE" IN DEVELOPING PRE-SERVICE



Download 5,08 Kb.
Pdf ko'rish
bet13/169
Sana17.12.2022
Hajmi5,08 Kb.
#889860
1   ...   9   10   11   12   13   14   15   16   ...   169
Bog'liq
7908 1065 TDPU I A 6-son 2020

THE IMPORTANCE OF THE SUBJECT "UZBEK LANGUAGE" IN DEVELOPING PRE-SERVICE 
TEACHERS PROFESSIONAL COMPETENCE 
 
Yuldasheva Sh.Sh. – PhD, candidate on pedagogics, associate professor of Nukus State 
Pedagogical Institute 
Yusupova G.A. – Lecturer of Nukus State Pedagogical Institute 
 
Annotation.
The issues of teaching the subject "Uzbek language" in higher educational 
establishments taking into account the developments in Education sector of the country and 
abroad are analyzed in the article. The authors discuss the results of the research on 
implementing new approaches into the development of the uzbek language. 
Key words:
teaching technologies, the uzbek language, competence, syllabus, specch 
skills, linguistic competence, literacy, learning resources, e-learning materials, mobile 
application 
Taʼlim nafaqat ijtimoiy, balki siyosiy-iqtisodiy ahamiyat kasb etib borayotganligi bilan ko‘p 
qirrali islohotlarni taqozo qilayotgan mexanizmdir. Shuning uchun Birlashgan Millatlar 
Tashkilotining XXI asr uchun oliy taʼlim: yondashuvlar va amaliy choralar Butunjahon 
deklaratsiyasi, YUNESKOning taʼlim dasturlari
1
muhim dasturulamal sifatida respublikamizda 
maktabgacha taʼlimdan to oliy taʼlimdan keyingi taʼlimgacha amalga oshirilayotgan islohotlariga, 
Yangi O‘zbekistonning taraqqiyotiga qaratilgan kompleks chora-tadbirlarga uzviy bog‘lanmoqda. 
Biroq taʼlim tizimini isloh qilish ham muayyan ziddiyatlardan xoli emas. Аyniqsa islohotlarga 
pedagoglarning tayyorgarligi masalasi alohida eʼtiborni talab etadi. Tizimda faoliyat yuritayotgan 
pedagoglar bilan bog‘liq masala – taʼlimga yondashuvni o‘zgartirish, yangi taʼlim mazmunini 
ishlab chiqishda ishtirok etish, yangi mazmunga mos o‘qitish texnologiyalarini o‘zlashtirish, 
mavjudlarini takomillashtirishda yetakchi masala sifatida kun tartibiga chiqadi. 
Davrimizda xotiraga asoslangan taʼlim, o‘qituvchining asosiy axborot manbasi sifatida bilim 
beruvchilik faoliyatiga turli munosabatlar bildirilayotgan, “Salom, o‘quvchilar (talabalar), uyga 
qanday topshiriq berilgan edi?” yoki “Bugungi mavzuni yozib olamiz!” degan metodikaning 
eskirganligi taʼkidlanayotgan, aksariyat hollarda, taʼlim oluvchida tanqidiy tafakkurni 
rivojlantirishga urg‘u berilayotgan sharoitda axborotni o‘qib tushunish, muhim maʼlumotni izlab 
topish, boshqa manba bilan qiyoslash, uni qayta ishlash masalasi eʼtibor markaziga qo‘yilmoqda. 
Bunday bo‘lishi tabiiy, zero, XXI asr kompetensiyalariga tayyorlash bolaning tug‘ilganidanoq, 
bog‘chaga, maktabga ilk qadamlaridanoq boshlanishi taqozo qilinmoqda. Mehnat bozorida 
shiddatli raqobat sharoitida oliy o‘quv yurti bitiruvchilarining kasbiy kompetentligiga yuqori 
talablar qo‘yilmoqda. Zero, ish beruvchilar kasbiy faoliyatni muvaffaqiyatli amalga oshirish 
uchun bitiruvchilardan savodxon, bir emas, bir necha tillarni biladigan mutaxassislarni talab 
qilmoqda. Binobarin, kasbga loyiqlik, o‘z sohasi bo‘yicha egallagan bilim, ko‘nikma, 
malakalaridan kasbi doirasida mustaqil ravishda amaliy hamda oqilona foydalana olish va ijodiy 
munosabatini namoyon qila olish qobiliyati har bir mutaxassis, xususan, o‘qituvchi uchun 
1
Таълим 
олиш 
ҳуқуқи. 
ЮНЕСКОнинг 
71-сессияси 
материаллари. 
2016 
йил 
29 
август. 
https://undocs.org/pdf?symbol=ru/A/71/358
 
23


TOSHKENT DAVLAT PEDAGOGIKA UNIVERSITETI
 
ILMIY AXBOROTLARI 2020/6 
nihoyatda zarur. Vaholanki, ko‘p narsadan boxabar bo‘lsa-yu, bilsa-yu, biroq ularni amalda 
qo‘llay olmasa, bunday o‘qituvchidan jamiyat ham, o‘zi ham foyda ko‘rmaydi. Shuning uchun 
ham oliy taʼlim tizimidagi fanlar oldiga mutaxassislikka doir bilim, ko‘nikma va malakalar 
qatorida zarur kompetensiyalarni shakllantirish orqali yetuk kompetentli kadrlar tayyorlash 
vazifasi qo‘yilgan.
Bundan o‘zbek tili fani ham mustasno emas. O‘zbekiston Respublikasi oliy taʼlim tizimini 
2030-yilgacha rivojlantirish konsepsiyasida
1
belgilangan “taʼlim jarayoniga raqamli texnologiyalar 
va zamonaviy usullarni joriy etish” bo‘yicha oliy taʼlim tizimini rivojlantirishning ustuvor 
yo‘nalishi bo‘yicha belgilangan vazifalar, “O‘zbek tilining davlat tili sifatidagi nufuzi va mavqeyini 
tubdan oshirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PF-5850-sonli Farmonida
2
belgilangan davlat tilini 
taʼlim muassasalarida o‘rgatish va uni bilish darajasini baholash tizimini yanada takomillashtirish, 
o‘zbek tilining kompyuter dasturlarini yaratish, xorijda istiqomat qiluvchi vatandoshlar va o‘zbek 
tilini o‘rganish istagida bo‘lgan chet el fuqarolari uchun o‘zbek tili darsliklari va elektron 
dasturlarini ishlab chiqish va ularni keng miqyosda tarqatish ishlarini jonlantirishda soha 
mutaxassislarining faol ishtiroki taqozo qilinmoqda. 
Аyniqsa, o‘zbek tilini davlat tili sifatida o‘rganayotgan boshqa millat vakillarining tilimizga 
bo‘lgan hurmatini kuchaytirish borasida mavjud metodikani takomillashtirishga ehtiyoj katta 
bo‘lmoqda. Maʼlumki, talabalar egallagan bilim, ko‘nikma va malakalarini kasbiy faoliyatda 
ahamiyatga ega ekanligini bilishsa, o‘zbek tili faniga qiziqish bildirishi mumkin. Yuqori bosqich 
talabalari mutaxassislik bo‘yicha aksariyat o‘zbek tilida yaratilgan adabiyotlarni o‘qib tushunish, 
respublika miqyosida o‘tkazilayotgan forumlar, konferensiyalarda tengqurlari bilan muloqot 
qilish, shuningdek, o‘zlarining ilmiy ishlari natijalarini o‘zbek tilining ilmiy uslubida yozish va 
o‘zbekcha bayon qilish uchun fanning qanchalik muhimligini tushunishadi. Biroq 1-bosqichda 
o‘qitilayotgan o‘zbek tili fani zimmasida talabalik davriga endi qadam qo‘ygan yoshlarda o‘zbek 
tiliga chuqur hurmat uyg‘otish, kelajakda kasbi taqozosi bilan o‘zbek tiliga bo‘ladigan katta 
ehtiyoj mavjudligini ularning ongi-shuuriga yetkazish vazifasi turadi. Аna shu nuqtayi nazardan 
amaldagi o‘zbek tili fanining o‘qitilishi bilan bog‘liq o‘quv-meʼyoriy hujjatlarni o‘rganib chiqish 
quyidagi holatlar OTMlarida bo‘lajak mutaxassislarni o‘zbek tili fanidan kompetentli shaxs 
sifatida tayyorlashga xalaqit berayotganligini ko‘rsatmoqda:
1. O‘zbek tili fanini o‘qitish bilan bog‘liq muammolar:
a) o‘quv rejalari bilan bog‘liq muammolar; b) o‘quv maqsadi va taʼlim mazmunidagi ayrim 
nomuvofiqliklar; d) nutqiy mavzularning XXI asr kompetensiyalariga muvofiqligi masalasi; e) 
o‘zbek tili grammatikasini o‘qitish borasidagi muammolar; f) o‘qituvchilarning kompetentligi 
masalasi. 
2. Talabalar bilan bog‘liq muammolar: a) talabalarning o‘zbek tilidan dastlabki bilim, 
ko‘nikma va malakalarining yetishmasligi; b) ona tili yoki davlat tiliga nisbatan xorijiy tillarni 
o‘rganishni ustun qo‘yish kabilar. 
3. O‘zbek tili taʼlimi va o‘quv materiallari muammolari: a) zamonaviy o‘quv 
adabiyotlarining yetishmasligi; b) kompyuter texnologiyalari bilan qo‘llab-quvvatlashdagi 
muammolar va sh.k. 
Maqolamiz hajmidan kelib chiqib, ularning ayrimlariga to‘xtalamiz. 
Bakalavr taʼlim yo‘nalishlari o‘quv rejasida, ayniqsa, qoraqalpoq, qozoq guruhlarining 
o‘quv rejalarida auditoriya soatlari 90 soat sifatida ko‘rsatilgan bo‘lsa ham, ishchi o‘quv rejada 
1
Ўзбекистон Республикаси Президентининг 2019 йил 8 октябрдаги «Ўзбекистон Республикаси олий таълим тизимини 
2030 
йилгача 
ривожлантириш 
концепциясини 
тасдиқлаш 
тўғрисида»ги 
ПФ-5847-сонли 
фармони. 
https://lex.uz/docs/4545884
2
Ўзбекистон Республикаси Президентининг 2019 йил 21 октябрдаги “Ўзбек тилининг давлат тили сифатидаги нуфузи ва 
мавқеини тубдан ошириш чора-тадбирлари тўғрисида”ги ПФ-5850-сонли фармони. 
https://lex.uz/docs/4561730
 
24


TOSHKENT DAVLAT PEDAGOGIKA UNIVERSITETI
 
ILMIY AXBOROTLARI 2020/6 
bu fanlar 2 ta fan sifatida ham o‘zbek tili, ham rus tili sifatida (Qoraqalpog‘iston Respublikasidagi 
OTMlarida) o‘qitilmoqda, demak, o‘quv dasturida belgilangan mavzular deyarli teng yarmiga 
qisqartirilmoqda. 
O‘zbekiston Milliy universiteti tomonidan ishlab chiqilgan
1
fan dasturiga ko‘ra talabalarga 
45ta nutqiy mavzuni o‘rgatish nazarda tutilgan. Mazkur dastur (undan oldin amal qilgan 
dasturlar ham shu holat kuzatiladi) rus guruhlari uchun ham, shuningdek, turkiy auditoriya 
uchun ham baravar qo‘llanilmoqda. Bu mutaxassislarning haqli eʼtirozlariga sabab bo‘lmoqda. 
Yana eʼtiborlisi shundaki, “O‘zbek tili faqat og‘zaki muloqot uchun o‘rgatishga 
yo‘naltirilayotganligi, vaholanki, O‘zbekiston fuqarosi millatidan qatʼiy nazar shu makonda 
tug‘ilib voyaga yetib, shu yerda barobar huquqlarga ega bo‘lib, kelajakda turli sohalarda, 
maʼmuriy-boshqaruv tizimida ham teng faoliyat yuritishga haqli ekanligi, buning uchun ularga 
o‘zbek tilini xorijiy til sifatida, yaʼni «ikkinchi til sifatida» emas, balki davlat tili sifatida o‘qitilishi 
zarurligi, o‘zbek tiliga o‘rganilishi anchagina mehnat talab qiladigan zarur fan sifatida emas, balki 
avval o‘qiganlari asosida biroz gapirsa yetadigan oson va, eng yomoni, unchalik muhim 
bo‘lmagan fan sifatida munosabatda bo‘lishga fan dasturlari, o‘qitish metodikasi yo‘l qo‘yib 
berayotganligi” masalasi keskin bahs-munozaralarga sabab bo‘lmoqda.
2
Kuzatishlarimiz 
aksariyat hollarda nutqiy mavzuga urg‘u berilayotganligi, talabalarning o‘zbek tilining fonetik, 
leksik, grammatik xususiyatlarini nutqiy mavzuga mos o‘zlashtirishlari uchun yo‘naltiruvchi 
usullarga kam murojaat qilinayotganligini ko‘rsatmoqda. Аyniqsa, qo‘shimcha adabiyotlar, 
lug‘atlarga murojaat qilish, so‘zlarning maʼno qirralari ustida ishlash borasida muammolar ko‘zga 
tashlanadi. Shu tariqa til imkoniyatlaridan foydalanishda eng muhim asos hisoblangan lingvistik 
kompetensiyalarni shakllantirishga ko‘p eʼtibor qaratishmaydi.
Har o‘quv yili boshida 1-bosqich talabalaridan yozma ishlar (diktant, esselar) olinadi. 
Natijalar esa aksariyat talabalarning o‘zbek tilidan savodxonlik darajasi meʼyordan past 
ekanligini ko‘rsatmoqda. Bu esa oliy taʼlimda o‘zbek tilini o‘qitishda fan dasturida belgilangan 
talaba bilim, ko‘nikma va malakalariga qo‘yiladigan talablarni bajarishda qiyinchiliklar paydo 
qilmoqda. Sir emas, bugungi globallashuv davri, shiddatli axborotlar oqimi, ayniqsa, hayotning 
turli sohalarida, shuningdek, ilm-fan tili sifatidagi mavqeyining ortib borishi talabalarning ingliz 
tiliga qiziqishini orttirmoqda. Аksariyat hollarda, bu o‘zbek tili fan o‘qituvchilari tomonidan salbiy 
holat sifatida qaraladi. Bizningcha, bu salbiy emas, balki ijobiy holat sifatida baholanib, ana shu 
qiziquvchilikdan o‘zbek tili fanidan bilim, ko‘nikma va malakalarni, kompetensiyalarni 
shakllantirishda foydalanilishi lozim. Fanlararo integratsiya, o‘zbek tilini o‘rganuvchining ona tili 
va xorijiy tillarga qiyoslanishi talabalarning motivatsiyasini kuchaytiruvchi omil bo‘lishi mumkin. 
O‘zbek tili fanini metodik jihatdan taʼminlashda muammolar bisyor, asosan, amaliy 
mashg‘ulotlardan iborat bo‘lgan fan uchun taʼlim vositalarining yetishmayotganligi sir emas. 
Yangi fan dasturida mamlakatimizda va xorijda chop qilingan eng so‘nggi adabiyotlar 
foydalanishga tavsiya qilinganligi ayni muddao bo‘lgan. Shunday bo‘lsa ham, ilm-fan yangiliklari, 
fanni o‘qitishdagi innovatsiyalar fan mazmunini uzluksiz boyitib borishni taqozo qilmoqda. 
Bunda bosma nashrlar bilan barobar elektron nashrlarning afzalliklari ham ortib borayotganligini 
eʼtirof etish lozim. Darhaqiqat, taʼlim vositalarini yangi formatga o‘tkazish davr talabiga aylandi.
Sanab o‘tilgan muammolarni hal qilishda bizning muallifligimizdagi “Savodxon” elektron 
o‘quv resurslari majmuasi (turkumi) muayyan darajada xizmat qilishi mumkin. “Savodxon” 
turkumi o‘zbek tili imlosi va punktuatsiyasi, grammatik hodisalar haqidagi lingvistik sharhlar, 
interfaol mashqlar va diktantlar majmuasidan iborat. U ikki shaklda – ham bosma, ham elektron 
o‘quv nashrlari hamda mobil ilovalari tarzida tayyorlandi. Taʼkidlash o‘rinliki, bosma adabiyotga 
1
Ҳусанов Н., Адураҳмонова М., Лафасов У., Асилова Г. Ўзбек тили. Фан дастури (барча бакалавриат таълим 
йўналишлари учун). – Тошкент, 2017. 
2
Муҳитдинова 
Х. 
Ўзбек 
тилини 
давлат 
тили 
сифатида 
ўқитишга 
доир 
мулоҳазалар. 
2013. 
http://fikr.uz/blog/talim_fan_taraqqiyoti/11531.html
25


TOSHKENT DAVLAT PEDAGOGIKA UNIVERSITETI
 
ILMIY AXBOROTLARI 2020/6 
taqqoslaganda elektron o‘quv nashrlar va mobil ilovalarni axborot texnologiyalari vositalari 
yordamida foydalanish talabalarning o‘zbek tilini o‘rganishga bo‘lgan qiziqishlarini kuchaytirdi va 
taʼlim sifati omiliga aylandi. 
“Savodxon” turkumidagi “Imlo qoidalarini o‘rganamiz”, “Punktuatsiya qoidalarini 
o‘rganamiz” elektron o‘quv nashrlari o‘zbek tili va imlosiga oid ilmiy materialni sodda va 
tushunarli tarzda rasm, jadval, diagrammalarda yaqqol ko‘rsatib beradi. Ko‘rgazmalilik ilmiy 
materialni yaxshi o‘zlashtirishga yordam beradi va aksariyat hollarda grammatik materiallarni 
jadvallar va rasmlar, ramzlar orqali aks ettirish talabalarni mantiqiy-matematik fikrlashga 
undaydi. Bu esa materialning xotirada saqlanishini osonlashtiradi. Mazkur elektron o‘quv 
nashrlar grammatik materialni yakka tartibda, mustaqil ravishda darsdan tashqari vaqtda 
o‘rganishga imkon beradi. Bu esa taʼlim jarayonida individuallashtirishga yordam beradi.
“Savodxon” mobil ilovasida esa 15 modulga tegishli 150ta mashq o‘rin olgan bo‘lib, 
interfaol mashqlar va diktantlar o‘rin olgan. Ular yordamida talabalar nutqiy faoliyatning 
mahsuldor va retseptiv turlarida grammatik ko‘nikmalarini rivojlantiradilar. Chunki talaba 
grammatik bilimni ongli ravishda egallasagina, o‘z fikrlarini to‘g‘ri ifoda qilishga erishadi, unda 
ko‘nikmalarni shakllantirishga ijodkorlik bilan yondashish paydo bo‘ladi. Shundagina o‘zbek tilini 
o‘qitish jarayoni muvaffaqiyatli kechadi. Talabalar avtomatlashtirilgan javoblar orqali o‘zlarini 
tekshirish va baholashlari mumkin. 
Elektron-o‘quv nashrlar talabalarning grammatik materialni o‘rganish jarayonida 
tushunmagan qirralarini puxta o‘rganib, to‘liq o‘zlashtirib, ko‘nikmalarini yaxshilaguncha takror-
takror ko‘rib chiqishlariga imkon beradi.
Xulosa sifatida taʼkidlash lozimki, bosma va elektron o‘quv nashrlari va mobil ilovalardan 
foydalangan holda o‘zbek tilidan lingvistik kompetensiyalarni shakllantirish bo‘yicha tavsiflangan 
adabiyotlar 
samarali 
bo‘lib, 
o‘quv 
materialining 
puxta 
o‘zlashtirilishiga, 
taʼlimni 
individuallashtirishga, moslashuvchanlikka, teskari aloqa taʼminlanishiga erishish imkonini 
beradi. Bu adabiyotlar kasbiy yo‘naltirilgan o‘quv kursining uslubiy taʼminotini sezilarli darajada 
boyitadi. Talabalarni o‘zbek tilida kasbiy muloqotga tayyorlashga yo‘naltirilgan lingvistik 
kompetensiyalarni shakllantirish uchun auditoriyadagi dars vaqtidan unumli foydalanishga 
xizmat qiladi. 

Download 5,08 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   9   10   11   12   13   14   15   16   ...   169




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish