Toshkent davlat pedagogika universiteti ilmiy axborotlari ilmiy-nazariy jurnali



Download 5,08 Kb.
Pdf ko'rish
bet21/169
Sana17.12.2022
Hajmi5,08 Kb.
#889860
1   ...   17   18   19   20   21   22   23   24   ...   169
Bog'liq
7908 1065 TDPU I A 6-son 2020

2-chizma 3-chizma
Sharq me’moriy obidalaridan yoki ularning chizma geometriyaga asoslangan bo‘laklarini, 
qurilish plani, yaqqol tasviri, fasadi, ichki interyeri va boshqa ko‘rinish turlarini, masalalari sharq 
me’moriy obidalarga taqqoslangan misol va masalalar tarzida uzatilishi talabani o‘rganilayotgan 
materialga nisbatan real yondashishga undaydi: 

aynan Sharqona me’moriy an’analar vositasida bayon etilayotgan mavzuning 
mazmuniga mos keladigan materiallardan unumli va to‘g‘ri foydalanishi talabalarning
o‘tilayotgan mavzuni oson o‘zlashtirishga qiziqtiradi. 
Dars jarayoni faol tashkil etiladi, talabadagi individual harakat tezlashadi: 

me’morchilikka doir namoyish etilayotgan chizma yoki misol va masalalar (masalan, 
sirtlarning o‘zaro kesishish chiziqlarini aniqlash mavzusi: ularning ikki sirtni kesishi, umumiy va 
xususiy vaziyatlari, ularning yеchish usullari, algoritmlari, yеchish uslubining ketma-ketlik)ni qay 
darajada masalani aniq bajarishi idrok va fazoviy tasavvurni rivojlantirish uchun ta’minlasa va
kuzatayotgan obyektga mumkin qadar ko‘proq o‘quv sezgi va idrokni, tafakkur, tasavvurga
yo‘naltiradi, bu esa o‘quv materialini tez, qulay va oson o‘zlashtiradi, uzoq vaqt esda saqlash, 
qayta xotirada akslantirishga xizmat qiladi. 
Sharqona me’moriy an’analar vositasida tashkil etilgan o‘quv jarayonlarida bu faollik 
yaqqol ko‘zga tashlanadi. Ulardagi o‘zaro mustaqillik, o‘z shaxsiy qarashlarini inobatga olish, 
chizma geometriya fanini o‘zlashtirishga intilish bunga yaqqol misol bo‘la oladi. 
Shuningdek, bu kabi sirtlarni kompyuter grafikasi fanida chizma geometriya faniga 
asoslanib bir necha chizmalar orqali ko‘rishimiz mumkin.(4-chizma) Bu chizmalarning darsda 
qo‘llanishi samaradorlikni orttirib, faoliyatni tezlashtiradi.
Sharqona me’moriy an’analar vositasida tashkil etilgan dars jarayonida quyidagi ijobiy 
holatlar vujudga keladi: 

xotira va diqqatning uzviy aloqadorligi oshadi; 

talabaning o‘quv materiallariga va chizma geometriyaga qiziqishini orttiradi; 

talaba bilan o‘qituvchi orasida muloqot tezlashadi; 

talabaning konstruktiv fazoviy tasavvur obyektlari rivojlanadi; 

o‘quv jarayonidagi o‘zaro hamkorlik vujudga keladi; 

o‘qituvchi va talabaning bilim saviyasini baholay oladi; 

o‘qituvchi va talabaning grafik ishlarni mustaqil bajarish uchun yo‘naltira oladi; 

mustaqil bilimlarni o‘zlashtirishga undaydi; 
35


TOSHKENT DAVLAT PEDAGOGIKA UNIVERSITETI
 
ILMIY AXBOROTLARI 2020/6 

adabiyotlardan, o‘quv-uslubiy qo‘llanmalardan, internetdan, tavsiya va elektron 
darsliklardan foydalanishga chorlaydi. 
4-chizma 
Bu kabi imkoniyatlar bilan uyg‘unlashgan dars jarayonida talaba nafaqat mavzuni, u bilan 
bog‘liq bilim, voqea-hodisalarga individual yondashishni o‘rganadi. Ongdagi ma’lumotlarning 
aslida miyamizdagilardan kamligining asosiy sababi – odam har qanday ma’lumotni saralab, 
tanlab qabul qiladi, o‘zi uchun “ahamiyatsiz” deb baholagan narsaga diqqat ham qilmaydi, esiga 
tushirmaydi ham. U o‘z ongida barcha mavjud ma’lumotni o‘ziga xos tarzda qayta ishlaydi, 
o‘zgartiradi. Shuning uchun ham har bir inson o‘ziga xos va qaytarilmasdir – individualdir, 
deyiladi. 
Chizma geometriyaga doir bilimlarni muvaffaqiyat bilan egallashning zarur shartlaridan biri 
grafik savodxonlik, ya’ni chizmalarni o‘qish va bajara bilishdir. Shu bois mutaxassisdan chizma 
geometriya, proyeksion chizmachilik, mashinasozlik chizmachiligi fanlarini mukammal egallash 
talab etiladi. Chizma geometriya va chizmachilikni o‘rganish texnikaviy chizmalarni tuzish va 
o‘qishga imkon beradigan bilim va malakalar orttirish, shuningdek, fazoviy tasavvurni 
rivojlantirish uchun zarurdir. Chizmalarni tuza bilish va o‘qiy olish, tasvirlar yasash metodini, turli 
pozitsion va metrik masalalar yеchishni va chizma geometriyada hamda texnikaviy 
chizmachilikda qabul qilingan bir qator shartliliklarni bilishga asoslangan fazoviy tasavvurning 
mahsulidir. Fazoviy tasavvur deganda, insonning ayrim buyumlar shakli, o‘lchamlari, 
proporsiyasi, rangi, sirtning fakturasi, buyumlarning yaqqol tasviri va turli shakllarning, 
jumladan, mashinalarning ayrim sifatlarini fikran ko‘z oldiga keltirish xususiyati tushuniladi. 
Tasavvur – obyekt elementlari va uning xossalarini inson ongida akslanishidir. 
Talabalarning fazoviy tasavvurlarini rivojlantirishda sharqona me’moriy an’analardan 
foydalanishning mazmuni, metodikasi, shakl va vositalari ilk bor ilmiy jihatdan asoslanganligi; 
chizmachilik va chizma geometriya darslarida o‘ziga xos tarbiyaviy jihatlardan samarali 
fodalanishning mazmuni va usullari aniqlanganligi; tadqiqot ishida ko‘tarilgan masalaning 
nazariya va amaliyotdagi zamonaviy ahvolini o‘rganilganligi va ilmiy-nazariy jihatdan tahlil 
etilganligi va umumlashtirilganligida; talabalarda fazoviy tasavvurlarni rivojlantirishda sharqona 
me’moriy an’analardan foydalanish yuzasidan ilmiy-metodik tavsiyalar ishlab chiqilganligida o‘z 
aksini topadi. Sharqona me’moriy an’analar vositasidan foydalanishning yana bir muhim tomoni 
uning talabaga mavzu yoki mavzuga tegishli tushunchalarni to‘la va aniq tasavvur etishida 
yordamlashishdir. 
Fan va texnika juda keskin rivojlaniyotgan davrda chizma geometriyaga tegishli misollarni 
yеchish uchun elektron hisoblash mashinalarini ishlatish, kompyuterda turli xil grafiklarni 
bajarish, chizma geometriyadan turli sohalarda amaliy foydalanishni kengaytirmoqda va 
36


TOSHKENT DAVLAT PEDAGOGIKA UNIVERSITETI
 
ILMIY AXBOROTLARI 2020/6 
samaradorligini oshirmoqda. Bugungi kunimizda oldimizga qo‘yilgan yuqori sifatli va 
raqobatbardosh kadrlarni yеtishtirib chiqarishda texnik va badiiy yo‘nalishdagi oliy o‘quv 
yurtlardagi talabalar bilim va saviyasini oshirishda, grafik savodxonligini o‘stirish, ularning fazoviy 
tasavvurlarini rivojlantirish uchun bu fan asosiy omillardan hisoblanadi. Chunki tasvirlash 
usullari orqali chizmalar tasvirlanadi va tasvirlashda chizmalarni chizish uchun o‘quvchi buyum 
haqida fazoviy tasavvurga ega bo‘lishi kerak va shu fazoviy tasavvur orqali buyumning tasvirini 
tasvirlay oladi. Fazoviy tasavvurga ega bo‘lmagan o‘quvchi hech qanday tasvirlarni tasvirlay 
olmaydi.
Sharqona me’moriy an’analar vositasida chizma geometriya darslarida ko‘zda tutilgan 
maqsad quydagilardan iborat: 
1.
Fazoviy shakllarni (narsalarni) tekislikda proyeksiyalash metodi bilan tasvirlash 
nazariyasi va tasvirlar yasashni o‘rgatish. 
2.
Bu tasvirlarni (chizmalarni) o‘qishni o‘rgatish. 
3.
Fazoviy shakllarga oid konstruktiv va metrik masalalarni shu shakllarning 
tekislikdagi tasvirlarida yasash yo‘li bilan yеchish usullarini o‘rgatish. 
4.
Talabaning fazoviy tasavvurini o‘stirish va rivojlantirish. 
Talabalarning fazoviy tasavvurini chizma geometriya, kompyuter grafikasi, arxitektura 
elementlarini loyihalash, chizmachilik ta’limida sifat va samaradorligini oshirishda geometrik 
jismlarni tanib olishi, geometrik sirtlarni tahlil qila olishi, pozitsion va metrik masalalarga borib 
taqaladi.
Shu o‘rinda ta’kidlash joizki, keltirilgan ilmiy g‘oyalar talabalarning konstruktiv fazoviy 
tasavvuridagi
 
faolligini chizma geometriya fanida sharqona me’moriy an’analar asosida 
rivojlantirish, ularning o‘quv faoliyatlarini takomillashtirish tufayli ayni vaqtda o‘qitishda yuksak 
samaradorlikka erishiladi, ya’ni o‘quv jarayoni tezlashadi.

Download 5,08 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   17   18   19   20   21   22   23   24   ...   169




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish