Toshkent davlat pedagogika universiteti ilmiy axborotlari ilmiy-nazariy jurnali



Download 5,08 Kb.
Pdf ko'rish
bet18/169
Sana17.12.2022
Hajmi5,08 Kb.
#889860
1   ...   14   15   16   17   18   19   20   21   ...   169
Bog'liq
7908 1065 TDPU I A 6-son 2020

Ключевые слова: 
современный стиль, пространственное воображение, комплексные 
геометрические задачи, оптимальный дизайн, анимированный фрагмент. 
 
 
 
29


TOSHKENT DAVLAT PEDAGOGIKA UNIVERSITETI
 
ILMIY AXBOROTLARI 2020/6 
ON THE RESEARCH OF METHODOLOGY FOR THE DEVELOPMENT AND PRACTICE OF THE
EDUCATIONAL METHODOLOGY IN GRAPHIC PREPARATION
 
Sindarov R.U. – Associate Professor of the Tashkent Institute of Design, Construction & 
Maintenance of Automotive Roads, Candidate of Technical Sciences 
Kayumov X.A. – Senior Lecturer at the Tashkent Institute of Design, Construction & 
Maintenance of Automotive Roads
 
Annotation. 
In order to achieve the level of success of the development of the educational 
programs by the trained people and the receipt of a formally disbursed personality by the way, 
it is necessary to obtain a separate education. In the course of the study, the problem of 
improving and developing methods of creating and applying educational and methodical 
complexes of graphic training for students of a technical university, which contributes to the 
establishment of a technical forum. 
Key words: 
modern style, spatial imagination, complex-geometric problems, optimal 
design, animated fragment. 
Ma’lumki, ta’lim tizimini isloh qilish jarayonida oliy ta’lim professor-o‘qituvchilari 
tomonidan muhandis kadrlar tayyorlash sifatini oshirish yo‘llari ustida izchil izlanishlar olib 
borilmoqda. Jumladan, ulardan biri ta’lim muassasalari ta’lim jarayonining uslubiy ta’minot 
tizimini takomillashtirish, fanlarni o‘qitish jarayonini tashkil etishning an’anaviy va zamonaviy 
uslublarini birlashtiradigan, fan-texnika yutuqlari asosida ilg‘or g‘oyalarga yo‘g‘rilgan, zamonaviy 
texnologiyalar asosida rivojlantirishdan iborat deb qarash mumkin. 
O‘quv jarayonining uslubiy ta’minot tizimini takomillashtirish masalasini o‘rganish 
davomida nazariy va amaliy ahamiyatga ega bo‘lgan quyidagi jihatlarga e’tibor qaratish mumkin: 
• talabalarning mustaqil faoliyatini boshqarish; 
• talabalarning motivatsiyasini shakllantirish; 
• o‘quv-uslubiy majmuada o‘qitish vositalarining vazifalarini aniqlash; 
• o‘quv materiallarining mazmunini modellashtirish va mashg‘ulotlarda modellardan 
foydalanish. 
Kuzatishlar shuni ko‘rsatmoqdaki, bo‘lajak mutaxassislar tomonidan o‘quv dasturlarini 
sifatli o‘zlashtirishda va natijada har tomonlama mukammal, shakllangan kadrlarni tayyorlashda, 
yuqori darajalarga erishishida, asosan, o‘quv fanlari bo‘yicha o‘quv-uslubiy majmualarini (O‘UM) 
takomillashtirish masalasi muhim ahamiyat kasb etadi. 
Fanni o‘qitishda O‘UMni ishlab chiqish va tatbiq etish uslubiyatini tadqiqot qilishning 
dolzarbligi shu bilan bog‘liqki, zamonaviy ta’lim vositalari va turli uslubiy materiallar majmuasini 
yaratish, hamda ulardan foydalanish bo‘lajak mutaxassislarni o‘qitish jarayonining natijadorligini 
ko‘taradi. Shu bilan birgalikda ushbu muammoni o‘rganish zarurati shundan iboratki, 
amaliyotning ko‘rsatishicha, grafik ta’lim bo‘yicha O‘UMni yaratish professor-o‘qituvchilarga 
o‘zlarining pedagogik faoliyatining samaradorligini yuksaltirishga ham imkon beradi. 
Yagona yondashuvga asoslangan va chuqur mulohaza orqali tanlangan darslik, o‘quv 
qo‘llanmalar, qo‘shimcha adabiyotlar va vazifalar mavzuning mazmunini ochib beradi, muloqotni 
kuchaytiradi va kursning amaliy yo‘nalishini mustahkamlaydi. Yaxshi o‘ylangan xususiy uslubiyat, 
asosan, yosh o‘qituvchilarga qisqa vaqt ichida fanning xususiyatlariga moslashishga va 
talabalarni samarali, yuqori natijadorlik bilan o‘qitishga imkon beradi. 
Muhandislik grafikasi fanlari o‘qitiladigan oliygohlarda “Chizma geometriya” moduli 
bo‘yicha O‘UMni yaratish va undan foydalanishning ahamiyati shundaki, ushbu fanni o‘rganish 
30


TOSHKENT DAVLAT PEDAGOGIKA UNIVERSITETI
 
ILMIY AXBOROTLARI 2020/6 
uchun boshlang‘ich abituriyent fazoviy tasavvurga ega bo‘lish kerak, vaholanki, bu ko‘rsatkich 
abuturiyentlarning deyarli 70 %ida juda past darajada.
Birinchi kurs talabalari tomonidan ushbu fan bo‘yicha murakkab o‘quv materiallarini 
muvaffaqiyatli o‘zlashtirish uchun turli xil metodologik (uslubiy) vositalar zarur bo‘lib, ular 
maktabda yoki kasb-hunar kollejida olgan bilimlaridagi mavjud kamchiliklarni tezda yo‘q qilishga 
imkon beradi.
O‘UMni joriy etish talabalarning mustaqil ish sifatini yaxshilashga imkon beribgina qolmay, 
talabalar mantiqiy tafakkurining kuchayishiga, fazoviy tasavvur qilish, matematik hisoblash 
ko‘nikmalarini shakllantirish va rivojlantirishga hamda boshqa professional jihatdan muhim 
bo‘lgan xususiyatlarini o‘stirishga yordam beradi.
O‘UMni ishlab chiqish va qo‘llashda oliy ta’lim muassasasi professor-o‘qituvchilari 
faoliyatini o‘rganish ushbu sohada muayyan ijobiy tajriba to‘planganligini ko‘rsatadi. Xususan, 
Toshkent avtomobil yo‘llarini loyihalash, qurish va ekspluatatsiyasi instituti (TAYLQEI)da O‘UM 
ishlab chiqish va foydalanishni yanada takomillashtirish maqsadida kafedralararo o‘tkazilgan eng 
sifatli O‘UM tanlovida biz tayyorlagan O‘UM 1-o‘rinni egalladi. Ushbu O‘UM bir-biri bilan o‘zaro 
bog‘liq bo‘lgan ikki komponentdan iborat bo‘lib, ulardan biri “Chizma geometriya” modulidan 
O‘UM, ikkinchisi “Muhandislik grafikasi va kompyuterli loyihalash” modulidan O‘UM. 
Tayyorlangan O‘UM tarkibi, umuman olganda, qog‘oz va elektron ko‘rinishda bo‘lgan 19ta 
o‘quv-uslubiy adabiyotlarni o‘z ichiga oladi. Bundan tashqari, AutoCAD, 3D Max Studio va Flash 
dasturlari asosida geometrik jismlarning o‘zaro vaziyatiga bog‘liq turli masalalar yechimini 
animatsion harakatlar asosida namoyish qilish va “Muhandislik grafikasi” modulida yig‘ma 
birliklarni yig‘ish va ishlash jarayonini dinamik roliklarda aks ettirish kabi elektron ishlanmalarni 
ham o‘z ichiga oladi.
“Chizma geometriya” moduli bo‘yicha tayyorlangan O‘UM qisqa illyustratsiyalangan 
ma’ruza matni, barcha mavzular bo‘yicha tayanch metrik va pozitsion, kompleks-geometrik 
masalalarni o‘z ichiga qamrab oluvchi masalalar to‘plamidan iborat bo‘lib, ma’ruza matnida 
modulning har bir mavzusi bo‘yicha CAD dasturlaridan foydalangan holda talabalar ishtirokida 
tayyorlangan va o‘rganilayotgan materialning mohiyatini aniq va ravshan tushuntirib beruvchi 
ikki va uch o‘lchovli rangli grafik tasvirlarni o‘z ichiga qamrab oladi. Aksariyat mavzular bo‘yicha 
ishlab chiqilgan ikki va uch o‘lchamli animatsiyalar geometrik obyektlarni va ular orasidagi turli 
vaziyatli holatlarni namoyish etishni, o‘rganilayotgan obyektni to‘liq tahlil qilishni 
yengillashtiradi, natijada, talabalar tomonidan mavzuni qiyinchiliksiz o‘zlashtirishga erishiladi. 
Ranglar sxemasi talabalarning mavzuga oid ma’lumotlariga bo‘lgan qiziqishini oshirishga yordam 
beradi.
Elektron o‘quv vositalardan o‘quv jarayonida mohirona foydalanish talabalarga ko‘p vaqtni 
talab qiladigan ma’ruzada konspekt yozish kabi o‘qitishning samarasiz usullardan xalos bo‘lish 
imkonini beradi. Bunday uslubning asosiy mohiyati shuki, talaba mavzu bo‘yicha konspektni 
uyda yozib, uni o‘qib, dars mavzusiga tayyorgarlik ko‘rib kelishi, darsda esa butun vujudi bilan 
barcha ajratilgan vaqtni mavzuning mohiyatini tushunishga, ya’ni o‘qituvchini tinglashga 
qaratishi maqsadga muvofiq bo‘ladi, deb hisoblaymiz. 
Shuningdek, ushbu uslubda agar professor-o‘qituvchi bitta an’anaviy ma’ruza uchun ikki 
akademik soat vaqt yo‘qotgan bo‘lsa, endi u kamida ikki barobar kamroq vaqtni tejash 
imkoniyatiga ega bo‘ladi. Shu bilan birga, talabalar o‘zlarining e’tiborini proyektor ekraniga 
qaratadilar. Ushbu jarayon ikki tomonlama foydali, ya’ni dars boshida talabalarga mavzuga oid 
tayanch masalalar bo‘yicha tarqatma materiallar ulashilib, masalalarning yechimi proyektor 
ekranidagi namoyish qilinayotgan animatsion fragmentlar asosida sinxron ravishda olib boradi.
Bunda professor-o‘qituvchi an’anaviy usulda doskada yechiladigan masalalardan farqli 
o‘laroq, masala yechimi namoyishi jarayonini to‘xtatib yoki orqaga qaytarib, takrorlab 
31


TOSHKENT DAVLAT PEDAGOGIKA UNIVERSITETI
 
ILMIY AXBOROTLARI 2020/6 
tushuntirish imkoniyatiga ega bo‘ladi, natijada talabalar o‘quv materialini yaxshiroq qabul 
qiladilar va mavzu bo‘yicha amaliy mashg‘ulotlarga tayyor bo‘lishadi.
O‘rganilayotgan materiallarning talabalar tomonidan faol idrok etilishi va tushunilishida 
o‘qituvchining materiallarni jonli ravishda, qiziqarli taqdim etish qobiliyatini shakllantirganligi 
juda muhim ahamiyat kasb etadi. Yuqori sifatli dizaynga ega bo‘lgan, rangli, texnik jihatdan 
boshqariladigan, grafik va geometrik muammolarning yechimini ko‘rsatuvchi ikki va uch o‘lchovli 
animatsion fragmentlar (roliklar), ayniqsa, 1-kurs talabalari uchun juda jozibador bo‘lib, katta 
qiziqish bilan qabul qilinadi. Umuman, kompyuter orqali o‘qitish kuchli motivatsion vosita bo‘lib, 
o‘quv jarayonini shaxsiylashtiradi, shaxsiy yo‘nalishini ta’kidlaydi. Ma’lum darajada, ta’limga 
qo‘shimcha qiziqish uyg‘otadigan motivatsion omil – bu kompyuterning o‘zi. 
Texnika oliy o‘quv yurtlarida muhandislik grafikasi umummuhandislik tayyorlov 
jarayonining muhim tarkibiy qismi bo‘lib, bo‘lajak mutaxassisning klassik texnik va kasbiy ta’limi 
tizimining asosini tashkil etadi. “Muhandislik grafikasi va kompyuterli loyihalash” modulidan 
tayyorlangan o‘quv-uslubiy majmua mashinasozlik chizmachiligi bo‘yicha o‘quv qo‘llanma, 
ko‘plab uslubiy qo‘llanmalar va ko‘rsatmalar, detallarning proyeksion chizmalarni bajarish uchun 
topshiriqlar to‘plamiga ega bo‘lib, bunda ularning har biri uchun AutoCAD dasturida o‘lchovli 
kompyuter modeli yaratilgan. Bundan tashqari, 3D Max Studio kompyuter dasturidan 
foydalanib, yig‘ish chizmasini batafsil o‘rganish uchun animatsion roliklar ishlab chiqilgan. Ushbu 
O‘UMni ishlab chiqishda biz quyidagi maqsadlarni ko‘zda tutdik: 
• talabalarni intellektual kompyuterli avtomatlashtirilgan loyihalash CAD tizimlari bilan 
ishlashga o‘rgatish jarayonini tashkiliy va uslubiy jihatdan qo‘llab-quvvatlash; 
• vaqtning yetishmasligini nazarda tutgan holda kompyuterda modellashtirish 
imkoniyatlari yordamida talabalarning chizma geometriya va muhandislik grafikasi asoslarini 
tushunish va anglash jarayonini yengillashtirish;
• grafik fanlarning ta’lim jarayonlari madaniyatini yuksaltirish; 
• grafik fanlar o‘qituvchilarining ishini optimallashtirish; 
• texnika oliy o‘quv yurtlarida umummuhandislik grafikaviy tayyorlashning samaradorligini 
oshirish, kelajakdagi mutaxassislarning grafik malakasini shakllantirishga yordam berish va texnik 
oliygohlarning bitiruvchilarini axborot texnologiyalari bo‘yicha jamiyat tomonidan qo‘yilgan 
malakaviy talablariga javob berishini ta’minlash; 
• kompyuter texnologiyalari va elektron o‘quv adabiyotlar yordamida o‘quv materiallarini 
taqdim etishning yangi usullari va uslublaridan samarali foydalanish; 
• talabalarning mustaqil ishini takomillashtirish usullarini qo‘llash; 
• kelajakdagi mutaxassislarning tayyorgarlik darajasini har tomonlama baholash imkonini 
beradigan testlardan foydalanish. 
Biroq o‘quv-uslubiy majmuani yaratishdagi mavjud ijobiy tajriba hali chuqur ilmiy tahlilga, 
ushbu tajribani asos qilib olgan holda talabalarga turli fanlarni o‘qitish jarayonini optimal 
loyihalashga, o‘quv materiallarini ishlab chiqish va qo‘llash usullarini ilmiy asoslashga, 
umumlashtirishga muhtoj, degan fikrdamiz. 
Bunda asosiy e’tibor oliy o‘quv yurtlarida ta’lim jarayonini uslubiy jihatdan qo‘llab-
quvvatlash va o‘quv fanlarini o‘qitishning shunday jihatlariga, xususan, mutaxassislarni 
tayyorlash bo‘yicha malaka talablarini asoslash, elektron darsliklar va o‘quv-uslubiy 
qo‘llanmalarini ishlab chiqish, o‘quv mashg‘ulotlarida zamonaviy interaktiv o‘qitish uslublarini 
joriy etish, talabalarning ta’lim va bilim faoliyatini nazorat qilishni takomillashtirish, test 
usullarini ishlab chiqish va boshqalar kabi jihatlarga qaratilishi lozim. 
Xulosa qilib shuni aytish mumkinki, grafikaviy tayyorlashning O‘UMsini yaratish va qo‘llash 
uslubiyatini tadqiq qilish dolzarb ilmiy vazifalar qatoriga kiradi va shu bois hozirda ko‘p yillar 
davomida o‘quv kursining fundamental asosini tashkil etuvchi bilimlar bilan bir qatorda ularga 
32


TOSHKENT DAVLAT PEDAGOGIKA UNIVERSITETI
 
ILMIY AXBOROTLARI 2020/6 
variant sifatida ko‘plab yangi bilimlar shakllanib kelmoqdaki, ular professor-o‘qituvchilardan 
mavjud O‘UMga muntazam ravishda uslubiy va dinamik o‘zgartirishlar kiritib borishlarini talab 
qilmoqda. Shuning uchun ham "Chizma geometriya va muhandislik grafikasi" fanini o‘qitishda 
professor-o‘qituvchilar O‘UMni ishlab chiqish va qo‘llash uslubiyatini chuqur egallab olishlari 
maqsadga muvofiqdir. 

Download 5,08 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   14   15   16   17   18   19   20   21   ...   169




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish