4.2. Mehmonxonada xavfsizlik masalalarining tashkil etilish darajasi
“Sherdor”
mehmonxonasida
ham
xodimlar
mehmonxona
mijozlari
xavfsizligini ta’minlashlari uchun mutaxassislar tomonidan ishlab chiqilgan
quyidagi qator usullarga qat’iy rioya qilinadi:
Birinchidan, “Sherdor” mehmonxonasi uchun ishlab chiqilgan barcha
xavfsizlik qoidalariga rioya etilishi kerak, jumladan:
- qo’riqlash;
- yong’inning oldini olish;
- sanitariya-texnika xizmatlari xavfsizligi;
– boshqa masalalar.
Ikkinchidan, ishchi xodim va mijozlarning xavfsizligini ta’minlash deganda,
tushuniladigan hamma tartib-qoidalarga og’ishmay amal qilish.
Uchinchidan, xodimlarga ehtimol tutilgan xavf-xatardan xabardor bo’lib
turish. Ular haqida maxsus xizmatlarni boxabar qilish tavsiya etiladi.
To’rtinchidan, maxsus xizmat idoralariga barcha majorlar va paydo bo’lgan
xatarlar haqida xabar qilish, toki ular turistlarni himoya qilishning yangi me’yorlari
va qoidalarini ishlab chiqishsin.
Umuman, mehmonxonalarni xavfsizlik nuqtai nazaridan ko’rib chiqar
ekanmiz, bir narsani unutmaslik kerak. Eng katta xavfni to’sib qo’yilgan
zinapoyalar tug’diradi. Odatda, mehmondorchilik industriyasi muassasalari
ishlarida uskunalarni saqlash uchun yong’in zinapoyalaridan foydalaniladi (bu
maqsadlar uchun negadir doimo joy yetishmaydi). Bu juda xavfli, negaki yong’in
ro’y bergudek bo’lsa, bunday joylarni amalda darhol tozalab bo’lmaydi. Ikkinchi
misol,
mehmondorchilik
industriyasida
standart
ishchi
tartib-qoidalarni
illyustratsiya qilish muhim hisoblanadi. “Sherdor” mehmonxonasida esa bu borada
muammoli vaziyat mavjud emas.
Shuningdek, mehmonxonada, agar mavjud bo’lsa, suzish havzasi hududida
hamda oyoq kiyimsiz yuriladigan umumiy joylarda plastmassadan yasalgan
buyumlardan foydalanishgagina ruxsat etilishiga xodimlar e’tibor berishlari shart.
50
Amaliyotda kuzatilgan voqealardan birida, mijozlardan biri suzish xavzasi yonida
shisha parchalarini bosib olib, oyog’i jarohatlangan. Buning sababi, bir necha
daqiqa oldin bolakay qo’lidagi stakanni tushirib yuborgandi, mas’ul xodim esa
shisha parchalarini yig’ishtirib olmoqchi edi, lekin u bu ishni o’z vaqtida
bajarmadi. Ushbu xodimning dastlabki qilgan xatosi - bu uning umum qabul
qilingan qoidaga ko’ra, suv xavzalari yonida plastmassa stakandan foydalanish
o’rniga shisha stakandan foydalanishga yo’l qo’yganligidadir. Bunday loqaydlikka
yo’l qo’yilmasligi uchun rahbar har bir xodimni umum qabul qilingan xavfsizlik
qoidalari bilan tanishtirishi va ularga amal qilinishini nazoratga olishi zarur
hisoblanadi.
Bu kabi hodisalardan keyingi choralar yana ham muhimdir. Tibbiy yordam
chaqirishdan so’ng, birinchi yordam ko’rsatishlari xodimlarning keyingi
vazifasidir. Bundan tashqari xodim jabrlanuvchiga g’amxo’r va xushmuomilada
bo’lishi kerak, mijoz keyinroq bo’lsa-da, xodim unga haqiqatdan yordam
qilmoqchi bo’lganini tushunib yetadi. Vaziyat hal etilgach, mehmonxona
ma’muriyati hodisani tahlil qilib chiqadi va hammasi to’g’ri bajarilganmi, yo’qmi,
aniqlaydi.
Kuzatuv
xizmatining
mavjudligi,
mehmonxona
biznesi
sohasidagi
korxonalarda bo’lgan yana bir afzalliklardan hisoblanadi. Bunday xizmat asosan
yirik mehmonxonalarda joriy etilishi mumkin. Kuzatuv xizmati xodimlari
muassasa hududida paydo bo’ladigan begona odamlarni yoki o’zini shubhali
tutayotgan kishilarni darhol aniqlashlari mumkin. Ular ayrim mijozlar unutib
qoldirayotgan qimmatbaho bumyularni tezda ilg’aydilar, ularni seyfda saqlashni
maslahat beradilar, umuman buyumlarni saqlanishi haqida g’amxo’rlik
ko’rsatadilar. Shubhasiz, bu mijoz uchun ham, mehmonxona rahbari uchun ham,
qolaversa, mehmonxona obro’-e’tibori uchun ham foydalidir. G’alati joylardan
topilgan qimmatbaho buyumlar darhol topilmalar byurosiga topshiriladi (ko’pincha
bu yumushni xavfsizlik bo’limi yuritadi).
Mehmonxonada ichib olib, narsalarini yo’qotib yuradigan yoki bezorilik
qiladigan mijozlardan ham ehtiyot bo’lish lozim. Ular boshqalarning tinchini
51
buzib, ma’lum xavf-xatar tug’dirishlari mumkin. Bunday mijozlar mehmonxona
nufuzini tushishiga sabab bo’lishlari hech gap emas.
O’g’irlik – mehmonxona biznesida uchrab turadigan bosh muammolardan
biridir. Tez-tez mijozlarning har xil buyumlari yo’qolib turadi: masalan, pichoq
buyumlari, idishlar, choyshablar va hatto, televizorlar ham. Ayrim mijozlar
bodavlatligiga qaramay, o’zlarini o’g’irlikdan tiyib turisha olmaydi. Sidneydagi
hashamatli restoranlardan birida kumush buyumlarni sumkasiga solib qo’ygan ayol
voqyeasi inson tabiatining ajobtovur tomonlariga misol bo’la oladi.
Kumush tuzdon va pichoq uning sumkasiga qanday kirib ketganini sezgan
ofisiantlar, bu haqda restoran menejeriga aytadilar va nima qilish kerakligini
so’raydilar. Menejer restoran egasiga bo’lgan voqyeani tasdiqlab, hisob-kitob
taqdim etadi va agar buyumlar qaytarilsa hisob kamaytirilishini aytadi. Xo’jayin
to’lashga qaror qildi va ofisiantlarga hushyorliklari uchun minnatdorchilik bildirdi.
Shunday qilib, kuzatuv xizmati va quyida sanab o’tiladigan choralar
o’g’irlikka qarshi eng yaxshi usul. Hushyorlik bilan kuzatish deganda qarovsiz
qolgan narsalarni hammadan oldin ilg’ash, yoki aytaylik, ko’lmakka tushgan elektr
simi yoki chiqindi korzinkasidan chiqayotgan tutunni sezish tushuniladi. Ochilishi
va yopilishi avtomatlashtirilgan eshiklar sistemasi bizning davrimizda tobora
murakkablashib bormoqda. Mamlakatimizdagi nufuzli mehmonxonalarda ham bu
tizimni uchratishimiz mumkin. Bunda mijozlar va xodimlar ichkariga kirish uchun
kredit kartochkasini eslatuvchi kalitlardan foydalanishadi. Individual kod har safar
mijoz mehmonxonani tark etgan zahoti almashtiriladi. Shuning uchun ham bunday
kalitlar, yashovchi xususiy buyumularini samarali himoya qiladi. Shuning uchun
kalitni juda ehtiyot qilish zarur.
Ba’zi ekstremal vaziyatlarda quyidagi choralarga amal qilish zarur:
Bosqin va talonchilik. Bunday holatda xizmat ko’rsatuvchi xodimga
xotirjam bo’lish va pulni bosqinchiga berish tavsiya etiladi, aks holda yashovchilar
jabrlanishi mumkin. Odamlar hayoti o’rtada turganda talonchilarga qarshi qurol
ishlatish turistlarni himoya qilishning yaxshi usuli emas. Albatta, talonchilik ro’y
berganida har qanday yo’l bilan bo’lsada, uni bartaraf etishga harakat qilish lozim.
52
Lekin otelda otishmaga yo’l qo’ymaslik zarur. Xodimlar va mijozlar xavfsizligi
eng muhim vazifa. Ayni paytda xodimlar hushyorlik va kuzatuvchanlikni qo’ldan
boy bermasliklari talab qilinadi. Bosqinchini yaxshi eslab qolish, bu haqda
xavfsizlik maxsus xizmatiga xabar berish zarur.
Yong’inlar. Bir nechta tip yong’inlar va har bir tipni o’chirishga
mo’ljallangan o’t o’chirgichlar bor. Otel xodimi binoni aylanib yurar ekan, o’t
o’chirgich qayerda osib qo’yilganini bilib olishi va tipini ishlatish qoidasini o’qib
chiqishi, shuningdek yong’in payti chiqiladigan joylar bilan tanishishi, ularni
to’silib qolishiga yo’l qo’ymaslik zarur. Yong’in ro’y berganida darhol o’chog’ini
aniqlab, uni yoyilib ketmasligi uchun eshikni berkitish lozim. Liftdan foydalanish
mumkin emas. Negaki yong’in paytida lift shaxtasi tutun chiqadigan mo’riga
aylanadi. Lift ikki qavat o’rtasida to’xtab qolishi mumkin. Xodimlar mijozlarni
qutqarish, yong’inga qarshi boshqa muhim choralarni yaxshi bilishlari va
ko’nikmaga ega bo’lishlari zarur.
Bombalar. Terroristik tajovuzlar, hududlarni talashib jinoiy guruhlarning
o’zaro to’qnashuvi chog’ida portlovchi qurilmalardan foydalanish yangilik emas,
deyarli yer yuzining barcha burchaklarida uchraydi. Ko’p hollarda jinoyatchilar
polisiyaga, ma’muriy idoralarga yoki turistik muassasaga bo’lajak terakt haqida
xabar qilishadi. Shuning uchun portlash tahdidi paydo bo’lganda xodimlar
quyidagilarni aniqlashlari kerak:
- bomba qayerga qo’yilgan;
- taxminan u qachon portlaydi;
- nima uchun u aynan o’sha joyga qo’yilgan;
- portlash xavfini xabar qilgan kishining shaxsi.
Qo’ng’iroq qilgan kishi bilan gaplasha turib, xavf haqida xabar olgan xodim
uni boshqa xodimga ma’lum qilishi kerak. O’shanda operator qo’ng’iroq aldamchi
yoki rostligini aniqlashi mumkin. Boshqa xodim esa bomba qo’yilgan joyni
aniqlab oladi.
Evakuasiya. Har bir muassasadagi kabi “Sherdor” mehmonxonasida ham
maxsus evakuasiya tartiblari ishlab chiqilgan va favqulodda holatlarda har bir
53
xodim o’zining o’rnini bilishi lozimligi uqtirilgan. Evakuasiya yo’llari va tartiblari
aks etgan panel xavf tug’ilganda o’ziga xos markazga aylanadi, mehmonxonaning
hamma xodimlari shu yerga to’planishadi va vazifalari taqsimlanib, shu yerdan
nazorat qilinib turiladi. Nazoratni mehmonxona rahbari amalga oshiradi. Barcha
xodimlar o’z vazifalarini yaxshi bilishlari va xotirjam bajarishlari kerak. Bunda
mijozlar xavfsizligi birinchi navbatda ta’minlanishi lozim.
54
Do'stlaringiz bilan baham: |