III BOB. IQTISODIYOTNI MODERNIZATSIYALASH SHAROITIDA
“SHERDOR”
MEHMONXONASIDA
MOTIVLASHTIRISHNI
TAKOMILLASHTIRISH YO’LLARI
3.1. “Sherdor” mehmonxonasida motivlashtirish orqali muammolarni
bartaraf etish yo’nalishlari
“Sherdor” mehmonxonasi, yuqorida aytib o’tilganidek, kichik tipga mansub
bo’lgan mehmonxonalardan biri, unda 8 nafar xodim faoliyat yuritadi.
Mehmonxona direktori uchun bu unchalik ko’p qiyinchilik tug’dirmasa-da,
xodimlarni boshqarishda ayrim muammolarning kelib chiqishi ehtimoldan xoli
emas. Tajribalardan ma’lumki, xodimlarni boshqarish va ularning ishini nazorat
qilish jarayonida vujudga kelgan muammolarni bartaraf etishda motivlashtirish
usullaridan foydalanish hamda ularni to'g'ri qo’llash ijobiy samara beradi. Bunda
yana bir asosiy jihat shundaki, rahbar o’z qo’li ostidagilarni ishini nazorat qilishda
tanbeh berish, jazolash choralarini qul\lash o’rniga turli rag’batlantirish vositalarini
qo’llashi hamda imtiyozlar berishi samaraliroq natija bergan.
Mehmonxonada yuzaga kelishi mumkin bo’lgan muammolarni oldini olish
maqsadida amerikalik menejerlarning rahbarlarga bergan quyidagi ayrim
maslahatlariga amal qilish maqsadga muvofiqdir:
“Odam ishda xato qilib o’rganib boradi”, “Faqat hech ish bajarmaydigan xato
qilmasligi mumkin” degan gaplarni yodda saqlab, rahbar ulardan foydali saboqlar
olib borishi lozim.
Xodimlar bilan gaplashganda rahbar o’zini xotirjam tutishi va xayrixohlik
ko’rsatib borishi uning gapi ta’sirini oshiradi va xodimlar ham buni yaxshi qabul
qiladi. Rahbar o’z qo’li ostidagi xodimlarga nisbatan ochiqko’ngil bo’lishi va
xodimlarning o’zlariga nisbatan ochiqko’ngil bo’lishlari usulini qidirib topishi
kerak. Sadaqa berish yoki majbur qilish yo’li bilan ochiqko’ngillikka erishib
bo’lmaydi. Ochiqko’ngillik o’zaro hurmat-e’tibor natijasida yuzaga keladi, unga
har kuni birgalikda ishlab borish yo’li bilangina erishish mumkin.
41
Shuningdek, rahbardan xushfe’l, shirinso’z va o’ziga talabchan bo’lib yurish
talab etiladi, u vaziyatga qarab jiddiylik, ochiqko’ngillik ko’rsatishni bilishi kerak.
Har bir oqil rahbar o’z qo’li ostidagi xodimlarning so’zlarini diqqat bilan tinglashi
va ular bilan birgalikda chin ko’ngildan kula olishi uning o’z xodimlari orasida
hurmatining oshishiga sabab bo’ladi. Rahbar qat’iyatlilik va tajovuzkorlik
o’rtasidagi tafovutning farqiga yaxshi borishi va o’zini shunga yarasha tutishi
lozim.
Xodimlar mehmonxonaning maqsadlari va shu kungi vazifalarini, shuningdek,
bularni bajarishda o’z shaxsiy hissalarining ahamiyatini hamisha tushunib
boradigan bo’lishiga erishish rahbarning zimmasidagi muhim vazifalardan biri
hisoblanadi.
O’xshash vaziyatlardagi muammolar yuzasidan ijodiy ravishda fikr
yuritadigan kishilarning o’zaro muloqotda bo’lishlari uchun rahbar shart-sharoitlar
shakllantirib berishi lozim. Muammoga har xil nuqtai nazardan qaraydigan,
turlicha yondashadigan va turli mutaxassisliklarga ega bo’lgan xodimlar bilan
majlis qurib turish ham rahbar uchun foydadan xoli emas. Shu bilan birga, umumiy
masalalarni xodimlar birgalikda va ochiqchasiga muhokama qila olishlari uchun
boshqaruv apparati bilan ishlab chiqarish shtatining qo’shma majlislarini o’tkazib
turish lozim.
Mehmonxona rahbari lozim topsa, ishda yo’l qo’yilgan xatolarni o’ziga yozib
olishi va qanday qilib bunday xatolarga boshqa yo’l qo’ymaslik, ularni bartaraf
etish to'g'risidagi mavzu yuzasidan o'quv mashg’ulotiga o’xshash biror narsa
tayyorlashi mumkin. Buning samara berishi xorijiy tajribada isbotlangan.
Rahbar xodimlar ustidan tushgan shikoyatlar va noroziliklar to'g'risida
xodimlarni xabardor qilishi, shu bilan birgalikda chora topishga urinishi lozim.
Rahbarlik lavozimlariga boshqalarning ijodiy qobiliyatlari va tashabbuslarini
qo’llab-quvvatlay oladigan kishilarni tayinlashi kerak. Mehmonxonaga yangi ishga
qabul qilinganlar, shuningdek, uning faxriylari bo’lgan xodimlarning kayfiyati
bilan qiziqib turish, “hafsalam pir bo’ldi” deb yurgan xodimlarni qay tarzda ishga
qiziqtirish mumkinligini o’ylab topish, ijobiy tashabbusni rag’batlantirishga
42
qo’shimcha ishlatiladigan bir hiyla deb qaramay, uni boshqaruvga oid siyosatning
ajralmas bir qismi deb hisoblash rahbarning vazifasidir.
Amerikalik mutaxassislarning fikriga ko’ra, mana shu yuqorida aytib o’tilgan
maslahatlarga amal qilinishi xodimlarning ijodiy kuch va g’ayratini, tashabbusini
oshishiga olib keladi, ijodiy vaziyat, xayrixohlik vaziyatining vujudga kelishiga va
pirovad natijada mehnat unumdorligining ortishiga yordam beradi.
Nafaqat mehmonxonada, balki har qanday boshqa korxona yoki tashkilotda
ham yuqorida aytib o’tilganidek, rahbar va xodimlar o’rtasidagi do’stona
munosabatning shakllantirilishi korxona faoliyatiga ijobiy ta’sir ko’rsatmay
qolmaydi.
Do'stlaringiz bilan baham: |