Microsoft Word Abdulloyev Anvar, Bitiruv malakaviy ishi doc


 Mehmonxonada xavfsizlik masalalarining tashkil etilish darajasi



Download 0,74 Mb.
Pdf ko'rish
bet19/21
Sana30.12.2021
Hajmi0,74 Mb.
#88388
1   ...   13   14   15   16   17   18   19   20   21
Bog'liq
turizm menejmentida motivlashtirishni rivojlantirish imkoniyatlari

        4.2. Mehmonxonada xavfsizlik masalalarining tashkil etilish darajasi 

 

       “Sherdor” 



mehmonxonasida 

ham 


xodimlar 

mehmonxona 

mijozlari 

xavfsizligini  ta’minlashlari  uchun  mutaxassislar  tomonidan  ishlab  chiqilgan 

quyidagi qator usullarga qat’iy rioya qilinadi: 

       Birinchidan,  “Sherdor”  mehmonxonasi  uchun  ishlab  chiqilgan  barcha 

xavfsizlik qoidalariga rioya etilishi kerak, jumladan:  

-  qo’riqlash; 

 - yong’inning oldini olish;  

- sanitariya-texnika xizmatlari xavfsizligi;  

– boshqa masalalar. 

       Ikkinchidan,  ishchi  xodim  va  mijozlarning  xavfsizligini  ta’minlash  deganda, 

tushuniladigan hamma tartib-qoidalarga og’ishmay amal qilish. 

       Uchinchidan,  xodimlarga  ehtimol  tutilgan  xavf-xatardan  xabardor  bo’lib 

turish. Ular haqida maxsus xizmatlarni boxabar qilish tavsiya etiladi. 

       To’rtinchidan,  maxsus  xizmat  idoralariga  barcha  majorlar  va  paydo  bo’lgan 

xatarlar haqida xabar qilish, toki ular turistlarni himoya qilishning yangi me’yorlari 

va qoidalarini ishlab chiqishsin. 

       Umuman,  mehmonxonalarni  xavfsizlik  nuqtai  nazaridan  ko’rib  chiqar 

ekanmiz,  bir  narsani  unutmaslik  kerak.  Eng  katta  xavfni  to’sib  qo’yilgan 

zinapoyalar  tug’diradi.  Odatda,  mehmondorchilik  industriyasi  muassasalari 

ishlarida  uskunalarni  saqlash  uchun  yong’in  zinapoyalaridan  foydalaniladi  (bu 

maqsadlar  uchun  negadir doimo  joy  yetishmaydi).  Bu  juda  xavfli,  negaki  yong’in 

ro’y  bergudek  bo’lsa,  bunday  joylarni  amalda  darhol  tozalab  bo’lmaydi.  Ikkinchi 

misol, 


mehmondorchilik 

industriyasida 

standart 

ishchi 


tartib-qoidalarni 

illyustratsiya qilish muhim hisoblanadi. “Sherdor” mehmonxonasida esa bu borada 

muammoli vaziyat mavjud emas. 

       Shuningdek,      mehmonxonada,  agar  mavjud  bo’lsa,  suzish  havzasi  hududida 

hamda  oyoq  kiyimsiz  yuriladigan  umumiy  joylarda  plastmassadan  yasalgan 

buyumlardan  foydalanishgagina  ruxsat  etilishiga  xodimlar  e’tibor  berishlari  shart. 




 

50 


Amaliyotda kuzatilgan  voqealardan birida,  mijozlardan  biri suzish  xavzasi  yonida 

shisha  parchalarini  bosib  olib,  oyog’i  jarohatlangan.  Buning  sababi,  bir  necha 

daqiqa  oldin  bolakay  qo’lidagi  stakanni  tushirib  yuborgandi,  mas’ul  xodim  esa 

shisha  parchalarini  yig’ishtirib  olmoqchi  edi,  lekin  u  bu  ishni  o’z  vaqtida 

bajarmadi.  Ushbu  xodimning  dastlabki  qilgan  xatosi  -  bu  uning  umum  qabul 

qilingan  qoidaga  ko’ra,  suv  xavzalari  yonida  plastmassa  stakandan  foydalanish 

o’rniga shisha stakandan foydalanishga yo’l qo’yganligidadir. Bunday loqaydlikka 

yo’l  qo’yilmasligi  uchun  rahbar  har  bir  xodimni  umum  qabul  qilingan    xavfsizlik 

qoidalari  bilan  tanishtirishi  va  ularga  amal  qilinishini  nazoratga  olishi  zarur 

hisoblanadi.  

       Bu  kabi  hodisalardan  keyingi  choralar  yana  ham  muhimdir.  Tibbiy  yordam 

chaqirishdan  so’ng,  birinchi  yordam  ko’rsatishlari  xodimlarning  keyingi 

vazifasidir.  Bundan  tashqari    xodim  jabrlanuvchiga  g’amxo’r  va  xushmuomilada 

bo’lishi  kerak,  mijoz  keyinroq  bo’lsa-da,  xodim  unga  haqiqatdan  yordam 

qilmoqchi  bo’lganini  tushunib  yetadi.  Vaziyat  hal  etilgach,  mehmonxona 

ma’muriyati hodisani tahlil qilib chiqadi va hammasi to’g’ri bajarilganmi, yo’qmi, 

aniqlaydi. 

       Kuzatuv 

xizmatining 

mavjudligi, 

mehmonxona 

biznesi 


sohasidagi 

korxonalarda  bo’lgan  yana  bir  afzalliklardan  hisoblanadi.  Bunday  xizmat  asosan 

yirik  mehmonxonalarda  joriy  etilishi  mumkin.  Kuzatuv  xizmati  xodimlari 

muassasa  hududida  paydo  bo’ladigan  begona  odamlarni  yoki  o’zini  shubhali 

tutayotgan  kishilarni  darhol  aniqlashlari  mumkin.  Ular  ayrim  mijozlar  unutib 

qoldirayotgan  qimmatbaho  bumyularni  tezda  ilg’aydilar,  ularni  seyfda  saqlashni 

maslahat  beradilar,  umuman  buyumlarni  saqlanishi  haqida  g’amxo’rlik 

ko’rsatadilar.  Shubhasiz,  bu  mijoz  uchun  ham,  mehmonxona  rahbari  uchun  ham, 

qolaversa,  mehmonxona  obro’-e’tibori  uchun  ham  foydalidir.  G’alati  joylardan 

topilgan qimmatbaho buyumlar darhol topilmalar byurosiga topshiriladi (ko’pincha 

bu yumushni xavfsizlik bo’limi yuritadi).   

       Mehmonxonada  ichib  olib,  narsalarini  yo’qotib  yuradigan  yoki  bezorilik 

qiladigan  mijozlardan  ham  ehtiyot  bo’lish  lozim.  Ular  boshqalarning  tinchini 



 

51 


buzib,  ma’lum  xavf-xatar  tug’dirishlari  mumkin.  Bunday  mijozlar  mehmonxona 

nufuzini tushishiga sabab bo’lishlari hech gap emas. 

 

O’g’irlik  –  mehmonxona  biznesida  uchrab  turadigan  bosh  muammolardan 



biridir.  Tez-tez  mijozlarning  har  xil  buyumlari  yo’qolib  turadi:  masalan,  pichoq 

buyumlari,  idishlar,  choyshablar  va  hatto,  televizorlar  ham.  Ayrim  mijozlar 

bodavlatligiga  qaramay,  o’zlarini  o’g’irlikdan  tiyib  turisha  olmaydi.  Sidneydagi 

hashamatli restoranlardan birida kumush buyumlarni sumkasiga solib qo’ygan ayol 

voqyeasi inson tabiatining ajobtovur tomonlariga misol bo’la oladi. 

 

Kumush  tuzdon  va  pichoq  uning  sumkasiga  qanday  kirib  ketganini  sezgan 



ofisiantlar,  bu  haqda  restoran  menejeriga  aytadilar  va  nima  qilish  kerakligini 

so’raydilar.  Menejer  restoran  egasiga  bo’lgan  voqyeani  tasdiqlab,  hisob-kitob 

taqdim  etadi  va  agar  buyumlar  qaytarilsa  hisob  kamaytirilishini  aytadi.  Xo’jayin 

to’lashga qaror qildi va ofisiantlarga hushyorliklari uchun minnatdorchilik bildirdi. 

 

Shunday  qilib,  kuzatuv  xizmati  va  quyida  sanab  o’tiladigan  choralar  



o’g’irlikka  qarshi  eng  yaxshi  usul.  Hushyorlik  bilan  kuzatish  deganda  qarovsiz 

qolgan narsalarni hammadan oldin ilg’ash, yoki aytaylik, ko’lmakka tushgan elektr 

simi yoki chiqindi korzinkasidan chiqayotgan tutunni sezish tushuniladi. Ochilishi 

va  yopilishi  avtomatlashtirilgan  eshiklar  sistemasi  bizning  davrimizda  tobora 

murakkablashib  bormoqda.  Mamlakatimizdagi  nufuzli  mehmonxonalarda  ham  bu 

tizimni uchratishimiz mumkin.  Bunda mijozlar va xodimlar ichkariga kirish uchun 

kredit kartochkasini eslatuvchi kalitlardan foydalanishadi. Individual kod har safar 

mijoz mehmonxonani tark etgan zahoti almashtiriladi. Shuning uchun ham bunday 

kalitlar,  yashovchi  xususiy  buyumularini  samarali  himoya  qiladi.  Shuning  uchun 

kalitni juda ehtiyot qilish zarur.   

 

Ba’zi ekstremal vaziyatlarda quyidagi choralarga amal qilish zarur: 



 

Bosqin  va  talonchilik.  Bunday  holatda  xizmat  ko’rsatuvchi  xodimga 

xotirjam bo’lish va pulni bosqinchiga berish tavsiya etiladi, aks holda yashovchilar 

jabrlanishi  mumkin.  Odamlar  hayoti  o’rtada  turganda  talonchilarga  qarshi  qurol 

ishlatish  turistlarni  himoya  qilishning  yaxshi  usuli  emas.  Albatta,  talonchilik  ro’y 

berganida har qanday yo’l bilan bo’lsada, uni bartaraf etishga harakat qilish lozim. 




 

52 


Lekin  otelda  otishmaga  yo’l  qo’ymaslik  zarur.  Xodimlar  va  mijozlar  xavfsizligi 

eng  muhim  vazifa.  Ayni paytda  xodimlar  hushyorlik  va  kuzatuvchanlikni qo’ldan 

boy  bermasliklari  talab  qilinadi.  Bosqinchini  yaxshi  eslab  qolish,  bu  haqda 

xavfsizlik maxsus xizmatiga xabar berish zarur. 

 

Yong’inlar.  Bir  nechta  tip  yong’inlar  va  har  bir  tipni  o’chirishga 



mo’ljallangan  o’t  o’chirgichlar  bor.  Otel  xodimi  binoni  aylanib  yurar  ekan,  o’t 

o’chirgich  qayerda  osib  qo’yilganini  bilib  olishi  va  tipini  ishlatish  qoidasini  o’qib 

chiqishi,  shuningdek  yong’in  payti  chiqiladigan  joylar  bilan  tanishishi,  ularni 

to’silib qolishiga yo’l qo’ymaslik zarur. Yong’in ro’y berganida darhol o’chog’ini 

aniqlab,  uni  yoyilib ketmasligi  uchun eshikni berkitish  lozim.  Liftdan  foydalanish 

mumkin  emas.  Negaki  yong’in  paytida  lift  shaxtasi  tutun  chiqadigan  mo’riga 

aylanadi.  Lift  ikki  qavat  o’rtasida  to’xtab  qolishi  mumkin.  Xodimlar  mijozlarni 

qutqarish,  yong’inga  qarshi  boshqa  muhim  choralarni  yaxshi  bilishlari  va 

ko’nikmaga ega bo’lishlari zarur. 

 

Bombalar.  Terroristik  tajovuzlar,  hududlarni  talashib  jinoiy  guruhlarning 



o’zaro  to’qnashuvi  chog’ida  portlovchi  qurilmalardan  foydalanish  yangilik  emas, 

deyarli  yer  yuzining  barcha  burchaklarida  uchraydi.  Ko’p  hollarda  jinoyatchilar 

polisiyaga,  ma’muriy  idoralarga  yoki  turistik  muassasaga  bo’lajak  terakt  haqida 

xabar  qilishadi.  Shuning  uchun  portlash  tahdidi  paydo  bo’lganda  xodimlar 

quyidagilarni aniqlashlari kerak: 

 

- bomba qayerga qo’yilgan; 



 

- taxminan u qachon portlaydi; 

 

- nima uchun u aynan o’sha joyga qo’yilgan; 



 

- portlash xavfini xabar qilgan kishining shaxsi. 

 

Qo’ng’iroq qilgan kishi bilan gaplasha turib, xavf haqida xabar olgan xodim 



uni boshqa xodimga ma’lum qilishi kerak. O’shanda operator qo’ng’iroq aldamchi 

yoki  rostligini  aniqlashi  mumkin.  Boshqa  xodim  esa  bomba  qo’yilgan  joyni 

aniqlab oladi.  

 

Evakuasiya.  Har  bir  muassasadagi  kabi  “Sherdor”  mehmonxonasida  ham  



maxsus  evakuasiya  tartiblari  ishlab  chiqilgan  va  favqulodda  holatlarda  har  bir 


 

53 


xodim o’zining o’rnini bilishi lozimligi uqtirilgan. Evakuasiya yo’llari va tartiblari 

aks etgan panel xavf tug’ilganda o’ziga xos markazga aylanadi, mehmonxonaning 

hamma  xodimlari  shu  yerga  to’planishadi  va  vazifalari  taqsimlanib,  shu  yerdan 

nazorat  qilinib  turiladi.  Nazoratni  mehmonxona  rahbari  amalga  oshiradi.  Barcha 

xodimlar  o’z  vazifalarini  yaxshi  bilishlari  va  xotirjam  bajarishlari  kerak.  Bunda 

mijozlar xavfsizligi birinchi navbatda ta’minlanishi lozim. 

 

 

 



   

 

 



 

 

 



 

 

 



 

 

 



 

 

 



 

 

 



 

 

 



 

 

 



 

 

 



 

 

 



 

 



 

54 



Download 0,74 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   13   14   15   16   17   18   19   20   21




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2025
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish