Xulosa va takliflar
Olib borilgan ish natijalaridan kelib chiqib, shularni xulosa qilishimiz
mumkinki, hozirgi iqtisodiyotni modernizatsiyalash sharoitida turizm korxonalarini
boshqarishni samarali tashkil etish va bunda motivlashtirishning turli usullari va
vositalardan to'g'ri foydalanish orqali yuqori natijalarga erishish bugungi kunda
dolzarb masalalardan biri bo’lib hisoblanadi.
Motivlashtirish – bu ruhiy omil bo’lib, shaxs faolligining manbai, sababi,
dalili va har xil turdagi ehtimollaridir. U xodimlarni jonli mehnat faolityatiga
rag’batlantiruvchi kuchli vosita hisoblanadi. Motivlashtirish – bu faqatgina
mukofotlarni topshirish yoki taqdirlash, xodimlarni moddiy va ma’naviy
rag’batlantirish emas, balki ularni tartib- qoidaga bo’ysunmagan hollarida adolatli
ravishda jazolash chora-tadbirlari hamdir.
Motivlashtirish boshqaruv funksiyalaridan biri bo’lib, turizm industriyasining
ajralmas sektori bo’lgan mehmonxonalarni boshqarishda samaradorlikka erishish
vositalaridan biri bo’lib hisoblanadi.
“Sherdor” mehmonxonasida olib borilgan izlanishlardan kelib chiqib
aytishimiz mumkinki, mehmonxona xodimlarini boshqarishda motivlashtirishning
moddiy shaklidan ko’proq foydalaniladi va bu ularga to’lanadigan ish haqi, ayrim
holatlarda esa mijozlar tomonidan beriladigan “choy-chaqa” pullari bo’lib
hisoblanadi. Qo’shimcha tarzdagi mukofotlar, qo’shimcha ish haqi yoki
taqdirlashlar joriy etilmagan.
“Sherdor” mehmonxonasida xodimlarni mehnatga undovchi motivlashtirish
vositalari bo’lib mehmonxonada tashkil etilgan qulay mehnat sharoiti, xodimlarda
ovqatlanish imkonining mavjudligi, madaniy hordik chiqarish sharoitining borligi,
maqbul ish haqi, ichki muhit kabilar hisoblanadi.
Mehmonxonada funksional boshqaruv strukturasining qo’llanilishi ham
xodimlarning rahbar bilan to'g'ridan to'g'ri munosabat, ya’ni muloqot qilishlariga
imkon beradi. Turli xil muammoli vaziyatlarda xodimlarning o’z fikr-
mulohazalari, takliflari yoki e’tirozlarini to'g'ridan-to'g'ri rahbarga ayta olishlari
ham ularning ruhiyatiga ijobiy ta’sir ko’rsatuvchi motiv hisoblanadi.
55
Mehmonxonada motivlashtirishning quyidagi ommabop usullaridan samarali
foydalaniladi: pulni rag’batlantirish va mukofotlash sifatida ishlatish; ish orqali
motivlashtirish; xodimlarni boshqaruv ishlariga jalb etish kabilardir.
Motivlashtirishning jazolash usulidan kamdan-kam hollarda foydalaniladi.
Mehmonxonada aniqlangan muammolardan biri bu uning faoliyatiga
mavsumiylikning kuchli ta’sir etishi bo’lib, mehmonxona yuklanish darajasining
pastligiga ta’sir etuvchi asosiy omil bo’lib hisoblanadi.
Mehmonxonalarda va boshqa turistik korxonalarda mavjud bo’lgan yana bir
muammo bu xodimlar qo’nimsizligi bo’lib hisoblanadi. Bu muammoni esa
mehmonxona rahbari turli motivlashtirish usullarini qo’llash orqali bartaraf etishi
mumkin. Bu orqali , hech bo’lmaganda, qo’nimsizlik darajasini pasaytirish imkoni
mavjud bo’ladi.
Bu va boshqa muammolarni oldini olish, bartaraf etish borasida bitiruv
malakaviy ishining uchinchi bobida rahbarga kerakli tavsiyalar hamda takliflar
tegishli tarzda yoritilgan. Jumladan, mehmonxona rahbari qo’l ostidagi xodimlarni
boshqarishda va ular bilan bo’lgan muloqot jarayonida xodimlarga xushmuomala
bo’lishi, ochiqko’ngil va hamnafas bo’lishi, ular bilan qilinishi rejalashtirilayotgan
ishlar yuzasidan maslahatlashib, ularning fikrlarini inobatga olishi, ularga tanbeh
berishdan ko’ra turli xil imtiyoz va rag’batlantirishlarni qo’llash ko’proq samara
berishini yodda saqlashi, ularning ish joyiga bo’lgan mehrini oshirish va korxona
maqsadi asosida birlashtirish maqsadida xodimlarga ham ba’zi vakolatlar berib
turishi, qarorlar qabul qilinish jarayoniga ularning ham ishtirokini ta’minlashi,
ishda faollik ko’rsatgan xodimlarni imkon doirasida moddiy yoki ma’naviy
jihatdan rag’batlantirib turishi, shuningdek, bitiruv malakaviy ishining uchinchi
bobida keltirilgan takliflardan xodimlarni boshqarish jarayonida o’z o’rnida
foydalanishi rahbarning jamoadagi obro’-e’tiborining oshishiga xizmat qiladi
hamda mehmonxona ishining yuksalishi, samarali faoliyat yuritishiga ijobiy ta’sir
ko’rsatmay qolmaydi.
56
Do'stlaringiz bilan baham: |