O'zbekiston respublikasi oliy va o'rta maxsus ta'lim vazirligi o'rta maxsus kasb-hunar ta'limi markazi



Download 53,9 Mb.
Pdf ko'rish
bet100/141
Sana16.12.2022
Hajmi53,9 Mb.
#888539
1   ...   96   97   98   99   100   101   102   103   ...   141
Bog'liq
Жиноят хукуки умумий кисм

Xizmat bo yicha cheklash 
jazosi Jinoyat kodeksiga yangi kiritilgan jazo choralaridan biri hisoblanadi. 
Jinoyat kodeksining 47-moddasiga muvofiq, xizmat bo'yicha cheklash - ofitserlar tarkibiga kiravchi harbiy 
xizmatchi, pra-porshik, michman va harbiy xizmatni kontrakt asosida o'tayotgan harbiy xizmatchini sud hukmida 
ko'rsatilgan muddat davomida muayyan huquq va imtiyozlardan mahrum qilib, oylik ish haqining o'n foizidan o'ttiz 
foizigacha bo'lgan miqdori davlat daromadi hisobiga ushlab qolishdan iborat jazo chorasi. 
Xizmat bo'yicha cheklash faqat asosiy jazo sifatida tayinlanilishi mumkin. Bundan tashqari qonunda ushbu jazo 
chorasini qo'llashni cheklovchi qator shartlar belgilangan: 
• 
birinchidan
bu jazo chorasi faqat yuqorida qayd etilgan harbiy xizmatchilarga nisbatan qo'llanishi mumkin; 

ikkinchidan, 
bu jazo faqat harbiy jinoyatlarga yoki Jinoyat kodeksining «Maxsus» qismi tegishli moddasida 
ko'rsatilgan hollarda boshqa qilmishlarga nisbatan ham tatbiq etiladi. 
Jinoyat qonuni harbiy xizmat bo'yicha cheklashda ikki asosiy jazoni nazarda tutadi (47-moddaning 2-qismi): 
1) sud hukmida ko'rsatilgan muddat davomida mahkumning mansabi ko'tarilishi mumkin emas (masalan, rota 
komandiri, batalyon komandiri bo'la olmaydi); 
2) uning harbiy yoki maxsus unvoni oshirilmaydi. Masalan, kapitan unvonidagi harbiy mayor unvonini ololmaydi. 
Chunki jazoni o'tash muddati harbiy unvonni oshirish uchun zarur bo'lgan muddatga qo'shilmaydi. 
Qonunda belgilangan xizmat bo'yicha cheklash jazosining qo'llanishi, qonunda belgilangan cheklovlardan 
tashqari boshqa cheklovlar (harbiy xizmatchiga tegishli bo'lgan maxsus huquqlar, uning xizmat kvartirasiga bo'lgan 
huquqi, yashash sharoitini yaxshilashga bo'lgan imtiyozlar)ni nazarda tutmaydi. 
Jinoyat kodeksining 47-moddasi, 1-qismiga ko'ra, mahkumni oylik ish haqining o'n foizidan o'ttiz foizgacha bo'lgan 
miqdori davlat foydasiga ushlab qolinadi. 
Xizmat bo'yicha cheklash Jinoyat kodeksining «Maxsus» qismi moddasi sanksiyasida nazarda tutilgan hollarda 
ikki oydan uch yilgacha bo'lgan muddatga tayinlanadi. Jazoni o'tash muddati uning navbatdagi harbiy yoki maxsus 
unvonni olish uchun zarur bo'lgan xizmat muddatiga qo'shilmaydi. Shuningdek, mazkur muddat pensiya tayinlash 
uchun ham zarur bo'lgan xizmat stajiga ham qo'shilmaydi. 
Ijtimoiy xavfi katta bo'lmagan yoki og'ir oqibatlarni keltirib chiqarmagan ehtiyotsizlik orqasidan sodir etilgan 
jinoyat uchun sud ish holatlari va mahkumning shaxsini hisobga olgan holda uch yildan ko'p bo'lmagan muddatga 
xizmat bo'yicha cheklash jazosini tayinlashi mumkin. 
Shunday qilib ushbu jazo turining huquqiy oqibatlari quyidagilardan iborat: 
1) mahkumning mansabi, harbiy yoki maxsus unvonini oshiri-lishini cheklaydi; 
2) ushbu muddatning ko'p yil ishlaganlik, navbatdagi harbiy yoki maxsus unvonni olish uchun zarur bo'lgan 
muddatga qo'shilmaydi; 
3) mahkum daromadining bir qismi davlat hisobiga o'tkazilishi orqali unga moddiy jafo yetkaziladi. 
Jinoyat kodeksining 45-moddasi dispozitsiyasi shaxsni jamiyat-dan batamom ajratgan sharoitda saqlashdan 
iborat qamoq jazosini ko'zda tutib, uning bir oydan olti oygacha muddatga belgilanishi ko'rsatilgan. Qamoq jazosi 
qonunga ilk bor kiritilib, oldin hech qaysi ittifoqdosh respublika jinoyat qonunchiligida bunday jazo turi ko'rsatilmagan 
edi. 
Qamoq jazosi 
o'z mohiyatiga ko'ra, qisqa muddatga ozodlikdan mahrum qilish hisoblanadi. Bu: 
• 
birinchidan, 
mahkum sud hukmi asosida tayinlangan qamoq jazosini jamiyatdan ajratilgan holda maxsus 
muassasaga joy-lashtirilib, jazo muddati tugaguncha uni tashlab ketishi mumkin bo'lmagan, qat'iy rejim, kuchli nazorat 
ostida o'taydi; 
• 
ikkinchidan, 
qamoq jazosi bir oydan olti oygacha muddatda belgilanadi. 
Qamoq jazosi asosiy jazolardan biri bo'lib, boshqa jazolar bilan qo'shib tayinlanishi mumkin emas. Shuningdek, 
Jinoyat kodeksi normasi sanksiyasida ko'rsatilmagan hollarda ham qamoq jazosi tayinlanishi mumkin: Jinoyat 


106 
kodeksining 57-moddasiga ko'ra, yengilroq jazo tayinlanganda; Jinoyat kodeksining 44-moddasi, 3-qismiga ko'ra, 
aybdor jarima jazosini ijro etishdan bo'yin tov-laganda, u qamoq jazosi bilan almashtiriladi. 
Uncha ijtimoiy xavfli bo'lmagan jinoyatlar, ba'zi ehtiyotsizli orqasidan sodir qilingan jinoyatlar uchun shaxsga 
nisbatan bunda tartibdagi qisqa muddatli jazoni qo'llash joizdir. Bu yerda asosiy masala shundan iboratki, birinchidan, 
shaxsni axloq tuzatish muassasalariga yuborishning ijtimoiy salbiy oqibatlari oldi olinadi va ikkinchi tomondan, shaxsga 
boshqa jazo turi bilan ta'sir etish orqali umumiy va maxsus prevensiya natijalariga erishib bo'lmasligi aniqlanganidek, 
bu jazo turidan foydalanish maqsadga muvofiqdir. 
Qamoqqa mahkum qilingan shaxs jazoning barcha muddatini O'zbekiston Respublikasi IIV tergov 
izolatorlarining maxsus ajratilgan xonalarida o'taydi. Qamoqqa mahkum qilingan shaxs kasal bo'lib qolganida, 
davolanishi yoki mahkumning xavfsizligini ta'minlash uchun uni bir muassasadan boshqasiga ko'chirish mumkin. 
Qamoqqa mahkum etilganlar boshqa toifadagi aybdorlardan ajratilgan holda saqlanadi. Ularga ozodlikdan 
mahrum qilish jazosi uchun belgilangan tartib qo'llaniladi. Qamoq jazosi qasddan sodir etilgan (qasddan badanga yengil 
shikast yetkazish — 109-modda, qiynash — 110-modda, o'g'rilik — 169-modda) va ehtiyotsizlik orqasida sodir etilgan 
jinoyatlar uchun ham (ehtiyotsizlik natijasida badanga o'rtacha og'ir yoki og'r shikast yetkazish — 111-modda) 
qo'llaniladi. Qamoq jazosi jinoyat huquqi normalari sanksiyalarida boshqa jazo turlariga muqobil tarzda ko'rsatilgan. 
Qamoq jazosiga hukm qilingan shaxslar hukm chiqarilgan joydagi maxsus qamoq uylarida jazoni o'tashadi. 
Mahkumlar butun jazo muddatini, odatda, bitta qamoq uyida o'tashadi. Ular qamoq uyining xo'jalik xizmatiga oid 
ishlarga xaftasiga to'rt soatgacha bo'lgan muddatga jalb etilishi mumkin. Mahkumlar ikki kishilik, to'rt kishilik yoki 
umumiy kameralarda saqlanadi. Birinchi marta qamoq jazosiga hukm qilingan shaxslar ilgari qamoq yoki ozodlikdan 
mahrum qilish jazosini o'tagan shaxslardan alohida saqlanadilar. 

Download 53,9 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   96   97   98   99   100   101   102   103   ...   141




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish