Axloq tuzatish ishlari
jinoiy jazo sifatida mahkumning sud hukmida belgilangan miqdorda ish haqidan ushlab
qolgan holda majburiy mehnatga jalb qilishda ifodalanadi.
Bu jazo turi asosiy jazo turi hisoblanib, faqat Jinoyat kodeksining «Maxsus» qismi tegishli moddasi
sanksiyasida nazarda tutilgan hollarda qo'llaniladi. Shuningdek, axloq tuzatish ishlari quyidagi hollarda:
1) axloq tuzatish ishlari yengilroq turdagi jazoni qo'llash tartibida Jinoyat kodeksining 57-moddasiga muvofiq
qo'Uanishi mumkin;
2) aybdor jarima jazosini ijro etishdan bo'yin tovlagan holda, jazoning ijro etilmagan qismi Jinoyat kodeksining 44-
moddasiga muvofiq axloq tuzatish ishlariga almashtirilganda;
3) bu jazo turi Jinoyat kodeksining 74-moddasiga ko'ra, ozodlikdan mahrum etish jazosining o'talmay qolgan qismini
yengilroq to'rdagi jazo bilan almashtirilganda qo'llaniladi.
Axloq tuzatish ishlari jazosi o'zida insonparvarlik prinsipini ifodalaydi. Mahkumga bu jazoni qo'llash orqali u
erkinligidan mahrum qilinmaydi, o'z oilasida, uyidan ajralmagan holda o'zi awal ishlagan muassasa (korxona,
tashkilot)da ishlaydi. Bu jazoni qo'llash orqali mahkumga moddiy ta'sir ko'rsatiladi, ya'ni aybdor ish haqining muayyan
qismi davlat foydasiga o'tkaziladi. Shu orqali axloq tuzatish ishlarining quyidagi jazolash xususiyati namoyon bo'ladi:
•
birinchidan,
mahkumning oldingi o'zi ishlagan yoki boshqa tashkilotda majburiy mehnat qilishi (ja
zon
i o'tash vaqtida
mahkumning mehnat qilishi majburiy hisoblanadi);
•
ikkinchidan,
yuqorida qayd etilganidek, moddiy ta'sir — uning ish haqidan muayyan qismi davlat foydasiga ushlab
qoli-nadi.
Bu jinoiy jazo, ya'ni axloq tuzatish ishlarini mahkumning o'z ish joyida o'tashi mahkumning avvalgi mansabida
qolishini anglatmaydi. Ba'zi hollarda sodir etilgan jinoyatlar mansab vakolatiga bog'liq bo'ladi. Bunday holda shaxs o'z
104
ish joyidagi boshqa vazifaga o'tkazilishi lozim. Bu o'rinda jazoning mahkum o'zi ishlagan ish joyida o'talishining o'zi
muhimdir.
Jinoyat qonunida axloq tuzatish ishlarining ikki turi ko'rsatilgan:
•
birinchisi,
mahkum jazoni o'zi ishlab turgan joyda o'taydi;
•
ikkinchisi,
jazoni jazo ijrosini nazorat qiluvchi organ belgilab bergan joyda o'taydi.
Jazoning qaysi turini o'tash lozimligini sud belgilaydi.
Mahkumning o'z ish joyi deganda, nafaqat, uning mehnat shartnomasi asosida ishlayotgan, shuningdek,
mustaqil tarzda amalga oshiradigan faoliyati (masalan, tadbirkorlik faoliyati) tushuniladi. Qoida bo'yicha doimiy
xizmatdagi shaxsga axloq tuzatish ishini o'zi ishlab turgan joyda o'tash belgilanadi. Mahkumni tarbiyalash nuqtayi
nazaridan jazoni o'zi ishlab turgan joyida belgilash maqsadga muvofiqdir. Chunki mahkum jazoni uni yaxshi bilgan
jamoa nazorati ostida o'taydi. Jazoni ijro etish joyi Jinoyat kodeksi tatbiq etiladigan turli mulk shakllaridagi korxona,
muassasa va tashkilot bo'lishi mumkin. Shuningdek, boshqa normativ hujjatlarga («Nodavlat, notijorat tashkilotlar
to'g'risida»gi, «Tadbirkorlik faoliyati erkin-ligining kafolatlari to'g'risida»gi Qonunlar) asosan tartibga solinadigan
korxona muassasa va tashkilotlar kiradi.
Agar sud ba'zi jiddiy sabablarga ko'ra, jazoni mahkum ishlab turgan joyida o'tashni maqsadga muvofiq, deb
topmasa, buning asoslarini hukmda ko'rsatib, jazoning ijrosini nazorat quluvchi organning belgilashi bilan umumiy
asoslarda o'tashini ko'rsatishi mumkin.
Axloq tuzatish ishini umumiy asoslarda o'tash shartlari doimiy ish joylarida o'tashdan og'irroqdir. Bunda
mahkum jazoni uning ijrosini nazorat qiluvchi organning yo'llanmasi bilan o'ziga tanish bo'lmagan yangi joyda ishlab
o'taydi. Mahkumning mehnati mehnat qonunlari asosida boshqariladi, tarif stavkasi bo'yicha haq to'lanadi va ish
haqining hukmda ko'rsatilgan foizi davlat daromadi hisobiga o'tkaziladi.
Axloq tuzatish ishni umumiy asoslarda o'tash tartibi hukm chiqarish vaqtida hech qayerda ishlamagan yoki
doimiy ish joyi bo'lmagan shaxslarga yoki mavsumiy ishlarda ishlovchi shaxslarga, shuningdek, doimiy ish joyi bo'lsa-
da, lekin ish faoliyatida o'zini yomon ko'rsatgan shaxslarga nisbatan belgilanadi.
Axloq tuzatishga hukm qilinganlar ish haqidan davlat budjetiga o'n foizdan o'ttiz foizgacha bo'lgan miqdorda
jazoni o'tash muddati davomida har oyda asosiy ish joyidagi ish haqidan ushlab qolinadi.
Ish haqi sifatida faqat mehnat faoliyati natijasida olingan ish haqigina emas, shuningdek, tadbirkorlik faoliyati
natijasida olingan daro-mad, stipendiya, grant va boshqalar tushuniladi. Davlat foydasiga pensiya, ijtimoiy yordam
sifatida oladigan to'lov, ijtimoiy sug'urta va boshqa ish haqiga kirmaydigan to'lovlar ushlab qolinmaydi.
Jinoyat kodeksining 46-moddasiga muvofiq, axloq tuzatish ishlari olti oydan uch yilgacha muddatga
belgilanadi.
Jazoning ijrosi jinoyat-ijroiya qonuni bilan tartibga solinadi. Agar shaxs sud tomonidan tayinlangan axloq
tuzatish ishlari mudda-tining jami o'ndan bir qismidan ko'prog'ini o'tashdan bo'yin tovlasa, sud axloq tuzatish ishlarining
o'talmagan qismini shu muddatdagi ozodlikdan mahrum qilish tariqasidagi jazo bilan almashtiradi. Bunda Jinoyat
kodeksidagi aybdor sudlangan modda sanksiyasida almashtirilishi lozim bo'lgan axloq tuzatish ishi muddatidan kam
bo'lgan ozodlikdan mahrum etish jazosi ko'zda tutilgan yoki umuman ko'zda tutganligining ahamiyati yo'q
1
. Axloq
tuzatish ishlari ozodlikdan mahrum etish jazosi bilan almash-tirilganda uning bir qismini almashtirishga yo'l
qo'yilmaydi, ya'ni u to'liq miqdorda almashtirilishi lozim.
Agar voyaga yetmagan shaxs tayinlangan axloq tuzatish ishlarining o'ndan bir qismidan ko'prog'ini o'tashdan
bo'yin tovlasa, sud bu jazoning o'talmay qolgan qismining har uch kunini bir kunlik qamoq jazosiga tenglashtirgan
holda hisoblab, qamoq jazosi bilan almashtiradi, ammo bu muddat uch oydan oshmasligi kerak.
Axloq tuzatish ishlari pensiya yoshiga yetganlarga, mehnatga qobiliyatsiz bo'lganlarga, homilador ayollafga,
bolani boqish uchun berilgan ta'tilda bo'lgan ayollarga va harbiy xizmatchilarga nisbatan qo'llanilmaydi.
Demak, axloq tuzatish ishlari mahkumning moddiy va mehnat qilish huquqlarini ma'lum darajada cheklashdan
iboratdir. Bu quyidagilarda ifodalanadi:
1) mahkum ish haqining bir qismi — 10 foizidan 30 foizgacha davlat foydasiga ushlab qolinadi. Foiz miqdorini
belgilashda sud mahkumning oilaviy va mulkiy ahvolini e'tiborga oladi;
2) axloq tuzatish ishlarini o'tash muddati umumiy ish stajiga, qonun bo'yicha pensiya va boshqa yengilliklar hamda
imtiyozlar (qo'shimcha ish haqi) olish huquqini beradigan ish stajiga qo'-shilmaydi;
3) uzluksiz mehnat uchun beriladigan qo'shimcha ish haqi to'lash axloq tuzatish ishini o'tash davrida to'xtatiladi;
4) sudlanganlik holatini keltirib chiqaradi. Sudlanganlik holati axloq tuzatish jazosi o'talgandan keyin bir yil o'tgach
tugallanadi.
Axloq tuzatish ishlari ichki ishlar organlari tomonidan ijro etiladi, ya'ni mahkumning yashash joyidagi ichki
ishlar organla-rining jazolarni ijro etish inspeksiyasi tomonidan amalga oshiriladi. Mahkum doimiy yashash va ish
joyiga ega bo'lmagan taqdirda jazo hukm chiqargan sud joylashgan hududdagi jazoni ijro qilish inspeksiyasi belgilab
bergan joyda ijro etiladi, mahkum ishlab bergan kunlar sud tomonidan belgilangan jazo muddatining har oyiga to'g'ri
keladigan ish kunlari miqdoridan kam bo'lmasligi kerak. Agar mahkum ana shu miqdordagi ish kunlarini ishlab
bermagan bo'lsa va ishlamagan kunlarini jazo muddatiga qo'shish uchun asoslar mavjud bo'lmasa, axloq tuzatish
ishlarini o'tash mahkum belgilangan ishlarini to'liq o'tab bergunga qadar davom etadi.
105
Quyidagilar:
a) qonun hujjatlariga muvofiq vaqtincha mehnatga qobiliyatsizlik nafaqasi to'lanmaydigan kasallik vaqti;
b) qamoq tariqasidagi ma'muriy jazoni o'tash vaqti yoki boshqa jinoyat sodir etilganligi munosabati bilan qamoqda
saqlangan vaqt;
d) axloq tuzatish ishiga mahkum etilgan shaxsga jazoni o'tash vaqtida berilgan ma'muriy jazo tayinlangan jazo
muddatiga qo'shilmaydi.
Umumiy qoidaga ko'ra, axloq tuzatish ishlari muddati mehnat stajiga qo'shilmaydi. Jinoyat-protsessual
kodeksining 545-moddasiga ko'ra, axloq tuzatish ishlari o'talgan vaqtni mahkumning umumiy mehnat stajiga qo'shish
to'g'risidagi masala jamoat birlashmasi yoki jamoa iltimosnomasi bo'yicha, jazoni o'tab chiqqan shaxs mehnatga
qobiliyatsiz bo'lgan taqdirda esa, uning iltimosnomasi bo'yicha ham mazkur shaxs turgan joydagi tuman, shahar sudi
tomonidan ko'rib chiqiladi.
Axloq tuzatish ishlari o'talgan vaqtni mahkumning umumiy mehnat stajiga qo'shish to'g'risidagi masala sud tomonidan
ko'rib chiqilayotgan vaqtda iltimosnoma kim haqida berilgan bo'lsa, shu shaxsning, shuningdek, iltimos qo'zg'atgan
jamoat birlashmasi yoki jamoaning vakili qatnashishi shart. Axloq tuzatish ishlari o'talgan vaqtni mahkumning umumiy
mehnat stajiga qo'shish to'g'risidagi iltimosnoma yuzasidan sud ajrimi ustidan shikoyat berilishi mumkin.
Do'stlaringiz bilan baham: |