405
O‘qtuvchi har bir kursda, o‘quv predmetida asosiy tushunchalarni belgilab olmog‘i va ularni
tinmay o‘zining metodik diqqqt-etiborida tutmog‘i ularni har hil materialni o‘rganishga va turlicha
bog‘lanishga qaytmogi lozim. Tushunchalar asta-sekin rivojlanib, aniqlashilib borishi bilan
mukammalashib boradi. Bundan malumki tushunchalarning rivojlanishi alohida ta‘lim- tarbiyaviy
ahamiyatga egadir.
-
Tushunchalarni o‘quvchilar birdaniga egallay olmaydilar; tushunchalarning xosil bo‘lishi
uchun vaqt kerak, bu jarayonda suniy ,,tezlatish‖ bo‘lmaydi. Faktlardan tushuncha keltirib chiqrish
ancha uzoq davom etadi. ―Tayor‖ tushunchalar qiyinchiliksiz esda qoladi, ammo shuncha osonlik bilan
sedan ham chiqariladi.
-
Tushunchalarni tasavvurlaridan farq qila bilish kerak. Tasavvur bu sizga organlar faoliyatining,
xotiraning yoki tasavvur qilishning maxsulidir. Tushuncha- taffakur maxsuloti hisoblanadi.
Tushunchalar qabul qilinadigan va tasavvur etiladigan narsalar ustuda fikr yuritish natijasida vujudga
keladi. Masalan, qushni tasavvur qilish uchun unga qarash kifoya. O‘sha qush to‘g‘risida tushuncha
hosil qilish uchun esa konkret bilimlar va ularni sistemalashtirish bo‘yicha fikirlar kerak bo‘ladi.
-
Odam va uning salomatligi bo‘lmiga odam organizmining o‘zaro tasirida bo‘lgan
sistemalarning izchillik bilan o‘rganilishi tabiyki qon aylanishini nafas olish va ovqatlanish bilan
bog‘lashga majbur qiladi, ,, Nerb sistemasi‖ va ,,moddalar almashinuvi‖ ni o‘rganish esa odam
organlari sistemalarining faoliyati to‘g‘risidagi bilimlarini o‘zaro bog‘lashga olib keladi.
Umumiy tushunchalarni shakilantirishda o‘qtuvchi:
-
obektlarni maqsadga yo‘nalgan holda qabul qilib olishni tashkil qilish;
-
tabiat jisimlari va tabiat hodisalari to‘g‘risidagi har bir yangi tushunchani tahlil qilish va barcha
narsalarda, ilgari o‘zlashtirilganlarda takrorlanadigan muhim belgilarni ajtatish;
-
ikkinchi darajali uncha muhim bo‘lmagan barcha belgilarni mavhumlashtirish, buning uchun
ancha bo‘lmagan turlanadigan belgili, yoki muhim belgilarni saqlagan (masalan, lola, binafsha,
boychechak va lola) narsalardan foydalanish lozim.
-
Biologik tushunchalarni shakillantirishda har hil fikirlash operatsiyalaridan: tahlil, sintez,
taqqoslash, mavhumlashtirish, konkretlashtirish, umumlashtirish kabilardan foydalanishga alohida
ahamiyat berish kerak.
-
Darslardan hilma-hil metodik uslublarini qo‘lanilishi, ommaviy ish, tajribalar korgazmali
kurollardan foydalanish yangi tushunchalarni ongli o‘zlashtirishni oshiradi. O‘tkazilgan amaliy ish va
tajribalardan kelib chiqqan puxta o‘ylangan savollardan foydalaniladigan suxbatlar ularni
mustahkamlashga yordam beradi; shakillantirilgan tushunchalarni o‘quvchilar amalda qo‘llay olishlari
kerak.
Topshiriq bo‘yicha darsda va uyda jadvallar tuzish o‘quvchilarning bilimlarini
astemallashtirishda katta ahamiyatga ega. Bunday ishlar o‘quvchilar fikrini tartibga soladi ularni qisqa
va sekin javob berishga o‘rgatadi.
Jadvallar shaklidagi kontrol ishlar o‘quvchilarning ma‘lum tushunchalarini qanchalik
egallaganini organ uning funksiyasi va yashash uchun zarur sharoitlarni naqadar taqqoslay olishlarini
aniqlashga imkon beradi. Bunda o‘quvchilar noaniq va ko‘p so‘zli ta‘riflarga murojat qilishdan holis
bo‘ladilar.
Do'stlaringiz bilan baham: