361
Spunbonddan foydalanish mezonlari deyarli cheksiz bo‗lib, ular sabzavot ekinlari, mevali daraxtlar va
gullar, manzarali ekinlar yetishtirish, bog‘ va park me'morchiligi yoki landshaft dizaynida, shuningdek,
qishda daraxt va butalarni o‗rashda keng foydalanish mumkin.
Agrovoloknoni bir qancha turlari mavjud. Issiqxonalar yaratishda asosan oq va qora
spunbondlar qo‗llaniladi. Ularning zichliklari o‗ziga xos, masalan, 50 g / m
2
ishlatiladi. Bu ko‗rsatkich
past bo‗lsa, kvadrat metr uchun materialning og'irligi ham kichik, ya'ni tola qalinligi pasayadi. Rangi
va og'irligi asosiy parametrlar bo‗lib, biz bularni batafsil misollarda ko‗rib chiqamiz.
Oq agrovolokno yoki
oq rangli aglomerat turi polietilen plyonkaga deyarli o‗xshash, ya'ni,
ulardan issiqxonada foydalanish mumkin, lekin ayni paytda to‗g'ridan-to‗g'ri o‗simliklar va daraxtlarni
saqlash uchun ham foydalanishadi. Bu erda oq aglomeratlarning to‗g'ri zichligini tanlash muhimdir.
Oq agrofiberlar 17, 19 va 23 g /m
2
lilari bo‗lib, eng nozik turlari kvadratiga 17 g og'irlikda bo‗ladi.
Ushbu og‘irlikdagi turlarini to‗g‘ridan-to‗g‘ri, ekilgan urug‘lar va yosh nixolning ustiga qoplanganda
haroratni 3-5 C
o
gacha ko‗tara oladi. Agrofiberning 30-42 g/m
2
kabi turlari ham bo‗lib, haroratni 5-7
C
o
gacha ko‗tara oladi. Bu turdagilar esa o‗simliklarni shamol, do‗l va hatto qordan yaxshi himoya
qiladi. Ammo tolaning qalinligi hisobiga yorug‘lik nuri biroz kamayadi. 60 g/m
2
oq agrofiber shamolli
hududlarda ham o‗simliklarni himoya qilib, haroratni 10-15 C
o
gacha ko‗tara oladi. Ammo ushbu
haroratni hosil bo‗lishida agrovoloknoning xususiyatlaridan tashqari tuproqning chirindilarga boyligi
ham muhim hisoblanadi. Chunki, issiqlik asosan tuproqdagi chirindilar hisobiga ham ajraladi.
Qora rangli agrovoloknoning ko‗p hollarda 60 g/m
2
li turi qo‗llaniladi. Bu tur agrofiber qora
rangli bo‗lganligi sababli issiqlikni oq rangli agrofiberga nisbatan yaxshi tortadi. Qora rangli
agrofiber qoplangan tuproqda o‗simlik va urug‘lar ekish ham mumkin. Qora rangli agrofiber nur
o‗tkazmaydi ammo issiqlik, havo va suvni yaxshi o‗tkaza oladi. Natijada o‗simlik o‗sishi uchun qulay
sharoit yaratiladi va begona o‗simliklar chiqishiga ham to‗sqinlik ko‗rsatadi. Qora rangli agrofiberning
yana bir hususiyati mevalarning tozaligini taminlaydi. Boshqa xususiyatlari bilan esa oq
agrovoloknoga o‗xshaydi. Ushbu agrofiberlardan ehtiyotkorlik bilan foydalanilsa, bir necha mavsum
davomida foydalanish mumkin.
Issiqxonada agrovolokno yaratadigan harorat orqali isitish tizimidan foydalanish kamayadi yoki
butunlay foydalanmaslik mumkin. Issiqxona qurish jarayonida ustki qavatni yopishda oq
agrovoloknodan foydalanilsa va qora agrovoloknodan esa tuproqni qoplash orqali o‗simliklar
o‗stirilsa maqsadga muvofiq bo‗ladi. Tunda esa agrovoloknoning qora rangli turini issiqxonaning
ustki tomonidan yopib qoyilsa yanada samara berib, kundizi yig‘ilgan haroratni tun davomida saqlab
turadi. Quyosh nurlarini qabul qilib tarqata oladi, kuchli nurlanishlarga ham chidamli hisoblanadi.
Agrovoloknoni qo‗llashda issiqxonada yetishtiriladigan o‗simlikni to‗g‘ri tanlay olish lozim. O‗simlik
tanlashda unib chiqish harorati muhim xisoblanadi. 10-15 C
o
haroratda o‗sadigan o‗simliklarni ekib
o‗stirilsa maqsadga muvofiq.
Do'stlaringiz bilan baham: