Hayvonot dunyosining zamonaviy sistemasi


PAXTACHILIKNING TARIXI VA GEOGRAFIYASI



Download 7,33 Mb.
Pdf ko'rish
bet315/414
Sana16.12.2022
Hajmi7,33 Mb.
#888196
1   ...   311   312   313   314   315   316   317   318   ...   414
Bog'liq
Туплам

 
PAXTACHILIKNING TARIXI VA GEOGRAFIYASI 
Umarova J.Q.
Navoiy davlat universiteti 
 
Insoniyat ekib foydalanayotgan ekinlar ichida qimmatlisi bu – g‘o‗zadir. G‘o‗za asosan tolasi 
uchun o‗stiriladi. Paxta tolasi keng miqyosda, turli maqsadlar uchun ishlatiladi va uning organlaridan 
birortasi ham chiqitga chiqarilmaydi. 
G‘o‗za tabiatda ko‗p yillik o‗tsimon yoki daraxtsimon o‗simlik. Ko‗p yillik daraxtsimon 
g‘o‗zalar ko‗sagi mayda, tolasi oz va kalta bo‗lib, amalda undan tola olish uchun foydalanilmaydi. 
Olimlarning tekshirishicha, g‘o‗za avlodi bundan taxminan 70-100 million yil avval, ya‘ni bo‗r 
davrining ikkinchi yarmida, ba‘zi tekshirishlarga qaraganda, hatto bo‗r davridan ilgari vujudga 
kelgan.
[2]
Ma‘lumki, yer yuzi ilgari yaxlit bitta materikdan iborat bo‗lib, keyinchalik geologik o‗zgarishlar 
natijasida kontinentlarga bo‗lingan. Bularning har birini iqlim sharoitlari bir-biridan tafovut qilgan. 
G‘o‗za o‗simligi ham mana shu iqlim sharoitlar ta‘sirida o‗zgargan. Shunday qilib, g‘o‗zaning 3 ta 
katta geografik gruppalari– Avstraliya, (Sturtiya), Osiyo-Afrika (Paleotropik-eugossipium) va Amerika 
(Neotropik) paydo bo‗lgan. Mana shu gruppadagi g‘o‗zalar tashqi muhitga hamda irsiy xususiyatlariga 
qarab bir qancha kichik gruppachalarga bo‗linib, tabaqalashib ketgan. Jumladan, g‘o‗zaning Osiyo-
Afrika gruppasi Osiyo – (janubiy va sharqiy-janubiy Osiyo) va Afrika (Afrika va g‘arbiy-janubiy 
Osiyoning bir qismi) gruppalariga mansub deyish mumkin. Amerika gruppasi ham ikkita kichik 
gruppaga–Markaziy Amerika va Janubiy Amerika gruppalariga bo‗lingan «Gossipium» avlodi mana 
shu tur va xillarning tabiiy holda ko‗payishiga asos bo‗lgan. 
O‗rta Osiyoda paxtachilikni rivojlanganligi va undan nafis gazlamalar to‗qilishi haqida IX-X 
asrdagi arab geograflari yozib qoldirganlar. Ular Buxoro yaqinidagi Zindoni qishlog‘i va Marv 
shahrida to‗qilgan gazlamalar nihoyatda nafis va go‗zalligini va bu gazlamadan faqat zodagonlar kiyim 
tikdirib kiyishini ta‘kidlaganlar.
G‘o‗za Yer sharining tropik, subtropik va mo‗‘tadil iqlim zonalarining issiq qismida ekiladi. 
Garchi g‘o‗za o‗simligi ekvator yaqinidagi mintaqada paydo bo‗lgan bo‗lsada, hozirgi kunda asosiy 
ekin maydoni shimol va janubga qarab ancha siljigan bo‗lib, janubiy chegarasi janubiy kenglikning 35
0
gacha boradi, shimoliy chegarasi esa shimoliy kenglikning 44

gacha boradi. Paxtachilikning eng 
shimoliy chegarasi Xitoy xalq respublikasi bo‗lib, janubiy chegarasi Avstraliyadadir. Bizning 
respublikamizda paxtachilik shimoliy kenglikning 37
0
dan (Surxondaryo viloyatida), 43
0
gacha 
(Qoraqalpog‘iston avtonom respublikasi) boradi. 
Bizning viloyatimiz (Navoiy) O‗zbekistonning markaziy qismida joylashgan bo‗lib, 
Qizilqumning anchagina territoriyasini egallaydi. Viloyatning shimolidan janubigacha 450 km, 
sharqdan g‘arbgacha 350 km masofani tashkil etadi. G‘arbdan viloyatimiz Qoraqalpog‘iston, shimol 
va sharqdan Qozog‘iston va qisman sharqdan Jizzax viloyati, janubdan Buxoro, Samarqand va 
Qashqadaryo viloyatlari bilan chegaradosh.
Viloyatning asosiy qismi qumlik cho‗llardan iborat. Iqlimi keskin kontenental. O‗rtacha 
yog‘ingarchilik viloyat territoriyasining katta qismida 70-100 mm miqdorida bo‗lib, tog‘ va tog‘ oldi 
hududlarda bu ko‗rsatkich 170-200 mm ni tashkil etadi.
Viloyat tuproqlari asosan qumloq, kam unum tip tuproqlardir. Shamol asosan sharqdan g‘arbga 
qarab esadi (300 kun o‗rtacha yiliga). Qishda nisbatan sovuq, shimolda 0,2 daraja yoki issiq va quruq. 
O‗rtacha oylik harorat +7,5-31,1°C (maksimum ko‗rsatkich +50 gacha boradi). 


367 
Hududning tabiiy iqlimi Markaziy Osiyo geografik o‗rni bilan chambarchas bog‘li bo‗lib, O‗rta 
yer dengizining subtropik va Qizilqum cho‗li intaqasining keskin o‗zgaruvchan iqlimi bilan 
tasniflanadi. Hududda ikki iqlim: tik tog‘lar, tog‘lar oldi va cho‗l iqlimi huqum suradi. Tik tog‘lar 
tog‘lar oldi iqlimi. Bu hududga dengiz sathidan 1400 metr va undan yuqori tog‘, tog‘lar oldi 
maydonlari kiradi. Havoning o‗rtacha yillik harorati 10-12°C atrofida bo‗lib, yil davomida 600-700 
mm gacha yog‘in-sochin tushadi, yig‘indi harorat esa o‗rtacha 3,7-4,0 m tezlikda esadigan shamollar 
ta'sirida rivojlantirish, ayniqsa g‘alla yetishtirish uchun mo‗'tadil hisoblanadi. Afso‗ski joy-re'lefining 
keskin tik va qiyaligi katta 15-200 va undan ham yuqoriligi uchun, g‘alla yetishtirishdagi agrotexnik 
tadbirlarni mexanizatsiya kuchi bilan bajarish natijasida bog‘dorchilik, o‗zumchilik, rivojlantirilib 
kelinmoqda. Asosiy maydonlar chorva mollari uchun yaylov sifatida foydalaniladi. 
Hududning dengiz sathidan 500-800 m balandlikda joylashgan tog‘pasti va qiyaliklar, 
tekisliklarda-tog‘bo‗z tuproqlari: och to‗sli bo‗z va tipik bo‗z tuproqlar rivojlangan bo‗lib o‗rtacha 
yillik harorat 14-15°C, yog‘in-sochin o‗rtacha 250-300 mm tushadi.
Viloyatning g‘arbiy-shimoliy, shimoliy hududlarining iqlim sharoitlarini e'tiborga olib, shimoliy 
hududlarda chorvachilikni asosan qorako‗lchilikni rivojlantirish yo‗lga qo‗yilgan. 
Viloyatning janubiy-sharqiy, janubiy hududlarida sug‘oriladigan, sug‘orish mumkin bo‗lgan 
maydonlarida yassi tog‘lar oldi tekisliklarida iqlim biroz yumshoq 12-15 m/sek tezlikda esuvchi 
shamolli kunlar sanoqligina, o‗rtacha 5-8 m/sek, asosan 2,2 m/sek tezlikda esadi. Biroq Markaziy 
Qizilqumning keskin o‗zgaruvchan iqlimi «Garimsel» kabi o‗ta og‘ir sharoitlar, sug‘oriladigan 
maydonlarda ekib parvarishlanayotgan maydonlarda qishloq xo‗jalik ekinlarining mo‗tadil o‗sib 
rivojlanishiga, hosildorligiga, salbiy ta'sirini o‗tkazib turadi. 
Viloyatimiz respublikamizning o‗ziga xos tuproq-iqlim, ob-havo sharoitiga ega bo‗lgan katta 
hududni tashkil qiladi. Hududda ekiladigan g‘o‗za navlari ishlab chiqarish navlarining issiqqa, suv 
tanqisligiga, o‗ziga xos ob-havo sharoitiga bardoshli bo‗lishi talab etiladi.
Viloyatda g‘o‗zaning o‗rta tolali Buxoro-6, Oqdaryo-6, Buxoro-102, An-Boyovut-2 navlari 
rayonlashtirilgan. Shuningdek S-4727, S-6524, S-6530, Namangan 77, Omad navlari ham qisman 
ekiladi. Viloyatning sug‘orilib dehqonchilik qilinadigan yerlarida Qizilqum mintaqasining ta‘sirini 
hisobga olib g‘o‗za turlarining tuproq sho‗rlanishiga, garmselga, qurg‘oqchilikka nisbatan chidamli, 
tezpishar bo‗lishi e‘tiborga olinadi. G‘o‗za bo‗yicha ilmiy tadqiqot ishlarini olib borishda albatta har 
bir viloyatning geografik o‗rnini o‗rganish va geografiyasini hisobga olish muhim ahamiyatga ega. 

Download 7,33 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   311   312   313   314   315   316   317   318   ...   414




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish