373
hosildorligini oshirish uchun asosiy ozuqa moddalari manbai hisoblangan mineral o‗g‗itlar ham
alohida ahamiyatga egadir.Meneral o‗g‘itlarning ortiqcha miqdorda qo‗llanilishi, ularning nafaqat
samaradorligining oshishiga, balki ekologik muvozanatni izdan chiqarib, atrof-muhit xavfsizligiga
rahna solishi mumkin.
Navoiy viloyatining bo`z tuproqlarida fosfor elementi ko‗p miqdorda uchrab, namlikni
saqlashda muhim ahamiyatga ega.
Mineral o‗g'itlar -tarkibida o‗simlikni rivojlanishi va tuproq unumdorligini oshirish uchun zarur
bo‗lgan element saqlovchi, barqaror va yuqori hosil olish maqsadida foydalanadigan tuzlar va boshqa
anorganik, sanoat va qazilma mahsulotlardir. O‗simlik to‗qimalarining hosil bo‗lishi, uning o‗sishi va
rivojlanishida 70 dan ortiq kimyoviy element ishtirok etadi. Ulardan eng asosiysi uglerod, kislorod
vavodorod bo‗lib, o‗simlik quruq massasining 90 % ni tashkil etadi, 8-9%ini azot fosfor, kaliy,
magniy, oltingugurt, natriy, kalsiy tashkil etadi. Bu o‗nta element makro-elementlar, qolgan 1-2 % i
bor, temir, mis, marganes, rux, molibden, kobalt va boshqalar o‗simliklarga juda kam miqdorda
(0,001-0,0001%) kerak bo‗lib, mikroelementlardeyiladi.
O‗simliklar bu elementlardan uglerod, kislorod va vodorodning ko‗p qismini havo va suvdan
olsa, qolganlarini tuproqdan oladi. O‗simlik olgan elementlarining ko‗pgina qismi tuproqqa
qaytmaydi, hosil bilan olib chiqib ketiladi. Masalan, 1 t makkajo‗xori 14 kg azot, 2,5 kg fosfor, 3,5 kg
kaliy, 1,5 kg oltingugurtni tuproqdan o‗zi bilan birga olib ketadi. Tuproq elementlarining ancha qismi
suv bilan yuvilib ketadi va tuproq komponentlari bilan o‗zaro ta'sirlashib, o‗simlik o‗zlashtira
olmaydigan holatga keladi. Natijada ekiladigan yerlarda o‗simlik ozuqasi taqchilligi paydo bo‗ladi,
tuproq unumdorligi kamayib ketadi. Agar ana shu yo‗qotilgan elemenetlar o‗rni tuproqqa o‗g'it solish
bilan to‗ldirib turilmasa, hosildorlik keskin kamayib, qishloq xo‗jalik ekinlarining hosildorligini 50-60
% gacha oshirish mumkin bo‗ladi.
Mineral o‗g'itlar asosan qishloq xo‗jaligida, hosildorlikni oshirish maqsadida ekinzorlarga solish
uchun ishlatiladi. O‗g'itlar kelib chiqishiga ko‗ra,mineral, organik, organo-mineral va bakterial
o‗g'itlarga
,
qo‗llanish sohasi, tarkibi, xossalari va olinish usullariga ko‗ra, (o‗simlikni oziqlanishi) va
bilvosita (tuproqni kimyoviy meliorizatsiyasi, pHni to‗g'rilash) o‗g'itlarga bo‗linadi.O‗g'it solish
tuproqda o‗simlik o‗zlashtiradigan oziq moddalarni ko‗paytirib, tuproq unumdorligini oshiradi,
solinadigan o‗g'itning kislotali yoki ishqoriyligi tuproq muhitiga ta'sir etadi.
Mamlakatimiz Prezidenti Sh.Mirziyoev ta‘kidlaganlaridek,‖Yaqin kunlarda 2017-2020 yillarga
mo‗ljallangan ko‗p tarmoqli fermer xo‗jaliklarini rivojlantirish dasturini ishlab chiqish yakuniga
yetkaziladi.Asosiy e‘tibor eksportga yo‗naltirilgan meva-sabzavot va oziq-ovqat handa chorvachiik
mahsulotlari etishtirishni ko‗paytirishga qaratiladi‖ [1].
1.―2017-2021 yillarda O‗zbekiston Respublikasini rivojlantirishning beshta ustuvor yo‗nalishi
bo‗yicha Harakatlar strategiyasi‖ni o‗rganish ilmiy-uslubiy risola.T,‖Ma‘naviyat‖2017,243 b.
Do'stlaringiz bilan baham: