23-mavzu. Ko’p qavatli turar joy binolarining o’ziga xos tomonlari.
Reja:
1. Ko’p qavatli turar joy binolari bo’yicha umumiy tushunchalar.
2. Ko’p qavatlt turar joy binolarining turlari.
3. Jurnal, adabiyotlar va metodik ishlar bilan tanishtirish.
1. Ko’p qavatli turar joy binolari bo’yicha umumiy tushunchalar.
SHaharlardagi
yashash
hududlarining
tanqisligi
tufayli
O‟zbekiston
Respublikasi viloyatlari markazlari, mamlakat poytaxti va Qoraqalpog‟iston
Respublikasi shaharlarida vaqt o‟tishi bilan aholini urbanizatsiyalashgan
(jamlangan) holda joylashtiradigan turar – joy binolarining asosiy tiplarini ko‟p
qavatli (liftli) yashash uylari tashkil eta boshlaydi.
Bunday uylarning keng
ko‟lamda qo‟llanishi yashash hududlaridan va injenerlik kommunikatsiyalaridan
yetarli darajada samarali foydalanish imkonini beradi. Uylarning bunday tipi yahni
ko‟p qavatli turar joy binolarining arxitekturaviy rejasining turli tuman ekani,
hajmiy – obrazli va konstruktiv yechimlari bo‟yicha, Markaziy Osiyo regionida
yetarlicha keng tarqalgan. Ular foydalanish
uchun iqtisodiy tejamkor, hududdan
ratsionalg‟ foydalanishda samarador va turli sonli va demografik tarkibga ega
bo‟lgan oilalarning mamlakatning murakkab iqlim va seysmik (7 – 9
ball)rayonlarida yashashlari uchun fazoviy – rejaviy parametrlari bo‟yicha
mehyoriy sanitariya – gigienik va komfort sharoitlarni ancha uzoq bo‟lgan
muddatga tahminlab beradi. SHu bilan bir vaqtning o‟zida ko‟p qavatli yashash
uylarning qurilishi yirik shaharlarda ko‟rkam fazoviy kompozitsiyalarni yaratish va
o‟sib borayotgan Respublika aholisini joylashtirish imkonini beradi.
Ko‟p qavatliturar-uylarning katta guruhini umumiy tipologik
xususiyat
birlashtiradi
ularda
asosiy
xonadondan
tashqaridagi
vertikal
kommunikatsiya vazifasini liftlar bajaradi. Lift bo‟lgani bilan zinapoya o‟rniga
o‟tmaydi, zinapoya vertikal yo‟nalishda muhim rol o‟ynaydi.Ko‟p qavatli turar uy-
joylariga 6 qavatdan 9qavatgacha bo‟lgan uylar kiradi.
9-16 qavatli turar-uylar baland
qavatli uylar turiga kirib, eng yaxshi iqtisodiy
ko‟rsatkichlarga ega hamda, ularda yashash uchun yetarlicha yuqori qulay sharoit
yaratish mumkin. Bunday qavatli uylar yirik va yirikroq shaharlarda, hamda turar-
uy fondining yuqori zichligi iqtisodiy jihatdan zarur bo‟lgan hududlarda
quriladi.Baland qavatli turar joy uylari keyingi yillardaO‟zbekistonda xam
qurigan. Bu uylar qurilishida yer maydonini tejash jihatidan ancha qulaydir. Ko‟p
qavatli uylardan farqi shuki, bu uylarda kamida 2 ta lift o‟rnatilgan bo‟lishi
shart
(odam tashiydigan va yuk tashiydigan) bo‟lib, bir sektsiyaga va blokka juda
baland uylarda tez yuradigan liftlar o‟rnatiladi.
Ko‟p qavatli uylarda zinapoya qurilishiga katta ahamiyat berish lozim.
Yong‟indan, yer qimirlash chidamligiga ehtibor berish kerak, yahni zinapoya
mustahkam va chidamli materialdan qurilgan bo‟lib,
dimiqmaydigan zinapoya
bo‟lishi kerak. Zinapoya maydonidan uning ikki tomoniga chiqadigai ochiq yo‟l
bo‟lishi shart. Mehyor bo‟yicha zinapoya maydoni isitilishi shart emas, lekin
qulaylik bo‟lishi uchun iloji bo‟lsa isitish kerak. Zinapoyalardan tashqari ko‟p
qavatli turar joylarda boshqa chiqib ketish yo‟llarini, yahni ikki qo‟shni orasidagi
balkonlar yoki ayvonlar orqali bir - biridan o‟tadigan yo‟lni ham ehtiborga olish
kerak .Zinapoya-lift tugunlari haqida yuqoridagi boblarda batafsil yozilgan
Ko‟p qavatli turar-uylarning hajmiy tarxiy
tuzilmasini xarakterlovchi
xususiyatlar xonadonlar guruhining rejaviy usullari va xonadondan tashqaridagi
kommunikatsiyalar tizimi bilan aniqlanadi: zinapoya-lift bo‟g‟inlari, yo‟laklar yoki
galereyalar. Bu xususiyatlar bo‟yicha turar-uylar uchta katta guruhga bo‟linadi:
ko‟p va bir sektsiyali, yo‟lakli, galereyali va aralash tuzilmali yo‟lakli-sektsiyali va
galereya-sektsiyali. Birinchi guruh uylarida (sektsiyali) tarx asosi sifatida sektsiya
xizmat qilib, zinapoya lift bo‟g‟ini, xoll va yo‟lakning kichikroq kesmasi
(galereya) atrofida guruhlangan xonadonlardan tashkil qiladi. Ikkinchi guruhni
yo‟lakli yoki galereyali uylar tashkil qiladi, ularda xonadonlar yo‟lak yoki galereya
bo‟ylab
joylashadi, yo‟lak yoki galereyalar bir-biridan katta masofada joylashgan
zinapoya-lift bo‟g‟inlari orasidagi yagona kommunikatsion yo‟l sifatida xizmat
qiladi. Uchinchi guruh tarxi tuzilmasi aralash bo‟lgan turar-uylarni o‟z ichiga
oladi, ularda qavatlar bo‟ylab almashuvchi, yo‟lakli va sektsiyali rejaviy tuzilmalar
bir xilda ishtirok etadi.
Do'stlaringiz bilan baham: