2.
Loyihani qalamda oqqa ko’chirishni tekshirish.
3. Galereya va yulakli uylar.
1.
Loyiha ishidagi tarx qismining kamchiliklari ustida ishlash.
1.
www.hqrom.com
2.
www.google.com
2 .Loyihani qalamda oqqa ko’chirishni tekshirish.
3. Galereya va yulakli uylar.
Bu sistema eng universal va iqtisodiy jihatdan foydali bo‟lib, bitta uyda har
xil sig‟imdagi xonadonlarni nisbatini berish qobiliyatiga ega. Bu esa ko‟p
qavatli uylar qurilishida ishlatish uchun, yahni qanday galereya sektsiyalar uchun
bo‟lsa, shunday yo‟lak sektsiyalar uchun xam katta imkoniyatlar tug‟diradi. Bu
uylarda yo‟lak va galereyalar uzunligini qisqartirish va iqtisod qilish maqsadida
ularni ikki qavatli ham qilib tarx tuziladi. Ikki qavatli xonadonlar yakka tartibli va
kam qavatli blokli uylar qurilishida juda keng tarqalgan.
Galereyali turkum kam xonali xonadonlarning qurilishida ishlatiladi /1-2
xonali/ va O‟zbekiston iqlim sharoitiga to‟liq javob beradi. SHuning uchun
yo‟lakli turar joy binolari andozali turar joy binolari tarkibiga kiritilgan
(1-rasm).
1-rasm.
Galereyali uylarning sxemasi: I - chiziqli: a – to‟g‟ri to‟rtburchak-li; b –
galereya sektsiyali; v – qo‟zg‟aluvchan; II – biriktirilgan:
g – burchakli; d – krestsimon; ye - uch bargli; j – singan; III – fazoviy: z –
qo‟shaloq uy; i – umumiy galereyali; k – ichki hovlisi bilan.
Galereyali turkumga nisbatan yo‟lakli turkum anchagina arzonga tushadi,
chunki bu turkumda yo‟lakning ikki tomoniga xonadon joylashtirish mumkin.
Korpusi kengayadi, kommunikatsiya tejamlashadi. O‟zbekiston sharoitida bu
turkum noqulay, chunki bunda xonadonlar bir tomonga qarab qoladi hamda
yelvizakli shamollatish yo‟qoladi. O‟zbekiston iqlim sharoitiga to‟liq javob bera
olmagani uchun undan kam ko‟lamda foydalaniladi.
Yulakli turkum bir qavatli uylarda o‟z ahamiyatini yo‟qotadi. SHuning uchun
O‟zbekiston iqlim sharoitda bunday uylar tavsiya etilmaydi. Dahalar qurilishida bir
nechta tarxiy turkumlar tavsiya etiladi, lekin sektsiyali, galereya turkumlardan
ko‟proq foydalaniladi, chunki bular demografik talablarga javob beradi hamda kam
xonali va ko‟p xonali xonadonlarni unumli hal qilish oson bo‟ladi (2-rasm).
Bundan tashqari aralash turkumdagi loyihalar qurilishda dahalarni har birini o‟ziga
xos, xar xillik va go‟zal ansambllarni tashkil etadi (3-rasm).
2-rasm.
Yo‟lakli turar-joy uylarning sxemasi: a – to‟g‟ri burchakli qatorli uy; b –
yo‟laklarda yorug‟lik va shamolllatishni tahminlash uchun qo‟zg‟aluvchan uy; v –
uch yo‟nalishli uy.
Do'stlaringiz bilan baham: |