Moliyaviy hisobot auditi


MOLIYAVIY HISOBOT AUDITINING MAQSADI VA UNING ASOSIY



Download 2 Mb.
Pdf ko'rish
bet8/271
Sana14.12.2022
Hajmi2 Mb.
#886054
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   271
Bog'liq
Moliyaviy hisobot auditi 2018 [@iqtisodchi kutubxonasi]

MOLIYAVIY HISOBOT AUDITINING MAQSADI VA UNING ASOSIY 
TAMOYILLARI

a) 
buxgalteriya hisobini 
qayta tiklash va 
yuritish;
buxgalteriya hisobotini
(compilarion 
servtees), qimmatli qog’ozlar bo’yicha hisobot, emissiya prospektlarini 
tuzish
va boshqalar; 
b) 
soliqni rejalashtirish va soliqqa tortishni
, daromadlar to’g’risida deklaratsiya tuzish 
va soliq organlarida mijoz manfaatlarini himoya qilish: 
v)
Maslahat berish xizmatlari.
Faqat buxgalteriya hisobi va soliqlar sohasidan tashqari 
kompyuter tizimlari, ishlab chiqarish texnologiyasi va rahbarlik lavozimlariga nomzodlarni 
tanlash masalalarida maslahat xizmati ko’rsatish. 
Xalqaro tajribaga muvofiq barcha auditorlarni quyidagi katta guruhlarga ajratish mumkin, 
bu guruhlarni auditorlarning turlari deyish mumkin: 
1. Tashqi yoki mustaqil auditorlar (independent auditors). Ular ko’pincha buxgalteriya 
hisoboti auditini bajaradilar. Ular quyidagicha atalishi mumkin: 
a) maslahatchi buxgalterlar (S.A. Buyuk Britaniya) yoki diplomli jamoatchi buxgalterlar 
(SRA. AQSh), buxgalter-ekspertlar yoki hisob komissarlari (Frantsiya), xo’jalik nazoratchilari 
(Germaniya) va xokazo; Dalolat berish vazifasini bajarish chog’ida ular odatda auditor deb 
ataladilar hamda yuridik shaxs tashkil etmay ishlaydilar va mijozlariga (xo’jalik tizimlariga 
maxsus professional xizmat ko’rsatadilar; 
b) auditorlik firmalari (CA firms), Buyuk Britaniya yoki diplomli jamoatchi buxgalterlari 
firmasi (CPA firms, AQSh) va boshqalar: dalolat berish vazifasini bajarish chog’ida ular 
«Auditor» deb ataladilar, shartnoma asosida ishlaydilar. Ular ham xulosalarini birinchi navbatda 
mijozlar investorlarga, kreditorlarga va umuman uchinchi shaxslarga taqdim etadilar; 
tekshirilayotgan xo’jalik tizimi o’z maqsadiga erishgan chog’da uning faoliyati (rivojlanishi)ning 
piravord natijalariga baho beradilar
v) davlat muassasalarining auditorlari. (legistile golernement auditors). Ular davlat 
tashkilotlari va boshqa tuzilmalarni tekshirishlar haqida qonun chiqaruvchi va davlat organlari 
oldida hisob beradilar. Bunda, dasturlar va tuzilmalar auditning tegishli ma’lum jihatlari 
bo’yicha: moliyaviy hisobotning ishonchliligi, byudjet va nobyudjet to’lovlarining o’z vaqtida 
to’la o’tkazilgani, ichki nazoratning mosligi va samaradorligi tekshiriladi, rivojlangan 
mamlakatlarda soliq politsiyasi ham davlat muassasalari auditorlari qatoriga kiradi. 
2. Ichki auditorlar (internat auditors). Ular xo’jalik tizimlarining xizmatchilari bo’lib, shu 
tizim tarkibidagi bo’linmalarni taftish qiladilar. Lekin ular ma’muriyat tarkibida ishlaydilar
ya’ni o’zlari tekshiradigan bo’linmalardan va faoliyat turidan mustaqildirlar. 
Tadqiq etilayotgan auditorlar, auditorlik xizmatlari hamda auditorlarning turlarini 
qiyoslash shundan dalolat beradiki, ularning turlarini aralashtirish, har qanday auditorlar bozor 
iqtisodiyoti infratuzilmasi sohasidagi har qanday xizmatni bajara oladi, deb hisoblash mumkin 
emas. Ayrim auditorlarning tajribasi va bilimlari bilan bog’liq muammolarga to’xtamay, bu 
sohada ham aniq ishlarni shu ish uchun eng maqbul hisoblangan auditor mutaxassislar kuchi 
bilan bajarish mavjudligini ta’kidlash zarur.
Barcha turdagi auditlarni bajarish uchun to’la malakali auditor xizmati talab qilinadi. Shu 
bilan birga operatsion auditda (u juda xilma-xil bo’lishi mumkin) hatto yuqori malakali 
auditorning ham ta’sirchanligi va samaradarlik mezonlarini aniqlashi qiyin bo’ladi. Xo’jalik 
tizimi taraqqiyoti yo’llari bahosini o’zgaruvchi me’yorlar va ko’rsatkichlar bilan bog’liq 
bo’lmagan statistika asosida olib borish hozircha auditorlar uchun katta qiyinchilik bilan bog’liq. 
Ma’lumki, buxgalteriya hisoboti auditida yoki mavzular bo’yicha birma-bir tekshirishda 
(masalan, Soliq qonunlariga mutanosiblik auditi doirasida) ham qiyinchiliklar mavjud. Biroq, bu 
qiyinchiliklar auditor o’z vazifalarini puxta bajarishi yo’li bilan bartaraf etiladi. 
Mijozning auditga qo’shimcha xizmatlarga oid talablari yanada xilma-xil bo’ladi. Masalan: 
mijoz o’ziga qarashli avtomobillarga texnik xizmat ko’rsatish stantsiyasida joylashgan tijorat 
bufetini to’satdan tekshirishga buyurtma beradi. Bunda uni auditorlik sertifikatlari bor-yo’qligi 
qiziqtirmaydi, balki tekshiruvchilarda tovar-moddiy boyliklarni va pul mablag’larini to’satdan 
inventarizatsiya qilish ko’nikmalari bor-yo’qligi qiziqtiradi. Yakka tadbirkorga qarashli xususiy 



Download 2 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   271




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish