1.5.Moliyaviy hisobotda ichki nazorat: rahbariyatning mas’uliyati va tashqi audit uchun
ahamiyati
MOLIYAVIY HISOBOT AUDITINING MAQSADI VA UNING ASOSIY
TAMOYILLARI
12
Ushbu rejadada asosiy e’tibor mijozning moliyaviy hisobot tuzishda ichki nazoratni
tushunib etishiga qaratiladi (taftish fikrlarini shakllantirish jarayonining 2 bosqichi). Tashkilotni
korporativ boshqarishning muhim qismi uning ichki nazorat tizimi hisoblanadi. Hamma
tashkilotlar moliyaviy hisobot tuzishda tuzgan hisobotlari ishonchli bo’lishi uchun ichki
nazoratning samarali tizimiga ehtiyoj sezadilar. Masalan, ichki nazorat hamma sotilgan
narsalar hujjatlarda aks etayotganiga,hamma pul tushumlari yig’ilgan va tegishli tarzda
tashkilotningbankdagi hisobraqamiga saqlash uchun yuborilganligiga hamda hamma aktivlar va
majburiyatlar tegishlicha baholanganligiga etarlicha ishonchni ta’minlash uchun zarur.
Boshqarma moliyaviy hisobotlarda samarali ichkinazorat tizimini loyihalashtirish, joriy etish va
saqlash uchun javobgar bo’ladi. Aktsiyadorlik jamiyatlari boshqarmalari, shuningdek,
kompaniyaning ichki nazorat tizimi samaradorligini baholaydi va bu haqida ommaviy ravishda
e’lon qiladi. Tashqi auditor moliyaviy hisobot tuzishda mijozning ichki nazoratini va
rahbariyatning ichki nazoratdagi o’z majburiyatlarini qanday bajarganini tushunishi zarur.
Ushbu bo’lim sizga mijozning ichki auditining auditni qanday rejalashtirish va o’tkazish
borasidagi jihatlarini aniqlashga yordam beradi.
Ushbu reja bilan tanishganingizdan keyin siz ta’limning quyidagi maqsadlariga erisha
olasiz:
1.
Tashkilot uchun moliyaviy hisobot tuzishda ichki nazorat va ularning tashqi
auditorlar uchun muhimligini izohlash (tushuntirish)
2.
Ichki nazoratni yangilangan COSO ning dasturida qanday ko’rsatilganligini
aniqlash va ichki nazorat tarkibiy qismlarini belgilash
3.
Ichki nazorat muhitini boshqarish elementlarini ta’riflang, uning printsiplarini
sanab bering va har bir printsipga misol keltiring
4.
Ichki nazorat riskini baholash elementlarini ta’riflang, uning printsiplarini sanab
bering va har bir printsipga misollar keltiring
5.
Ichki nazorat boshqaruvi faoliyati elementlarini ta’riflang, uning printsiplarini
sanab bering va har bir printsipga misollar keltiring
6.
Ichki nazoratning informatsion-kommunikatsion tarkibini ta’riflang, uning
printsiplari ro’yxatini keltiring va har bir printsipga misollar keltiring
7.
Ichki nazorat monitoringi komponentlarini ta’riflang, ularning ro’yxatini keltiring
va har bir printsipga misol keltiring.
Moliyaviy hisobotda ichki nazorat bilan bog’liq rahbariyatning, rahbariyat nazoratidagi
kamchiliklarni baholashda e’tiborga oladigan omillarni ham qo’shgan holda javobgarligini
aniqlash.
Moliyaviy hisobotni tayyorlashda ichki nazoratning muhimligi
Ttashkilotlar va ularning tashqi auditorlari uchun moliyaviy hisobot tuzishda ichki
nazoratning muhimligi izohlangan
Ichki nazorat tashkilotlarga o’z maqsadlariga erishishlaridagi riskni kamaytirishga
yordam beradi. Masalan, me’yoriy-huquqiy talablarga amal qilgan holda rentabellikka erishish
operatsiyalar samaradorligini ta’minlash, yuqori sifatli mahsulot ishlab chiqarish yoki yuqori
sifatli xizmatlar ko’rsatish, bunda foydalanuvchilarga ishonchli moiyaviy axborotlar taqdim
etish, shuningdek, ijtimoiy javobgarlik yo’sinida operatsiyalar va mehnat munosabatlarini
o’rnatish kablarni o’z ichiga oladi. Tashkilo navbatdagi bir necha maqsadiga erishishga
uringan holda tashqi auditorlar ishonchli moliyaviy hisobotlarning xolisligidan manfaatdor
bo’ladi. Tashkilot ishonchli moliyaviy hisobotga erishish yo’lida ko’plab rislar bilan
to’qnashadi. Masalan, sotish bo’yicha menejer bonus olish ehtimolini oshirish uchun savdo
hajmini yuqori ko’rsatishi mumkin. Qabul qilish zonasidagi xodim inventarizatsiya o’tkazish
paytida uni aniq yozmasligi mumkin. Boshqarma materialning kamomadiga yo’l qo’yishi va
nomoddiy aktivlarni qayta baholash (narxini oshirish) mumkin. Rahbariyat ishonchli moliyaviy
hisobotga erishish uchun ularning tashkilotidagi risni aniqlash zarur. Bu risklar ishonchli
Do'stlaringiz bilan baham: |