116
11.4. Davlat xaridlari to„g„risidagi qonunchilikni buzganlik uchun
ma‟muriy javobgarlik choralari
Davlat
xaridlari
rejalarini,
shu
jumladan
reja-jadvallarini
shakllantirish va joylashtirish tartibi bo‗yicha qonunchilik talablariga rioya
etmaslik, shuningdek davlat xaridlari to‗g‗risidagi qonunchilikda nazarda
tutilgan hollarda davlat xaridlarini amalga oshirish chog‗ida maxsus
axborot portaliga davlat xaridlari bo‗yicha e‘lonlar joylashtirish tartibini,
majburiy muhokama o‗tkazish tartibi va muddatlarini hamda davlat xaridi
natijalarini joylashtirish muddatlarini buzish – mansabdor shaxslarga
bazaviy hisoblash miqdorining besh baravaridan o„n baravarigacha
miqdorda
jarima solishga sabab bo‗ladi.
Davlat xaridlari to‗g‗risidagi e‘lonlarga va xarid hujjatlariga
qonunchilikda taqiqlangan hamda raqobatni cheklovchi axborotni,
havolalar va talablarni kiritish, xarid hujjatlarini tasdiqlash hamda
buyurtmalarni shakllantirish tartiblarini buzish –mansabdor shaxslarga
bazaviy hisoblash miqdorining o„n baravaridan o„n besh baravarigacha
miqdorda jarima solishga sabab bo‗ladi.
Tovarlarni, ishlarni va xizmatlarni yetkazib beruvchilarni tender
o‗tkazish yo‗li bilan aniqlash talablarini buzish, shuningdek davlat
xaridlari to‗g‗risidagi qonunchilikka muvofiq tovarlarni yetkazib
beruvchini, ish bajaruvchini va xizmat ko‗rsatuvchini raqobatli xarid usuli
vositasida aniqlash belgilangan hollarda, davlat xaridlarini yagona
yetkazib beruvchidan yoki to‗g‗ridan-to‗g‗ri shartnomalar asosida amalga
oshirish to‗g‗risida qaror qabul qilish – mansabdor shaxslarga
bazaviy
hisoblash miqdorining o„n besh baravaridan yigirma baravarigacha
miqdorda jarima solishga sabab bo‗ladi.
Davlat xaridlari jarayonidagi affillanganlik va manfaatlar to‗qnashuvi
haqida davlat xaridlari to‗g‗risidagi qonunchilikda belgilangan tartibda
xabar bermaslik, shuningdek davlat xaridlari to‗g‗risidagi qonunchilikda
nazarda tutilmagan hollarda, davlat xaridlari bo‗yicha takliflarni qabul
qilmaslik yoki takliflarni taqdim etish muddatlarini davlat xaridlari
to‗g‗risidagi qonunchilik talablariga zid ravishda qisqartirish, shuningdek
takliflar solingan konvertlarni ochish va xarid hujjatlariga muvofiq
takliflarni baholash talablarini buzish – mansabdor shaxslarga
bazaviy
hisoblash miqdorining yigirma baravaridan o„ttiz baravarigacha
miqdorda jarima solishga sabab bo‗ladi.
Do'stlaringiz bilan baham: