12.2 Elektron davlat xaridlarini kengaytirish
Dunyodagi ko‗plab mamlakatlar singari O‗zbekiston Respublikasida
ham davlat xaridi tizimini isloh etishga, xaridlarni elektron tarzda amalga
oshirishga katta e‘tibor qaratilmoqda.
Elektron savdolarni juda tez sur‘atlarda o‗sishiga internet,
telemuloqot va axborot texnologiyalari katalizatorlik rolini o‗ynamoqdalar.
Davlat ehtiyojlari uchun elektron savdolar tizimi AQSh, Meksika, Chili,
Peru, Evropa Ittifoqi kabilarda elektron savdolar tizimining yangi bir
varianti sifatida yuzaga keldi. Ya‘ni, B2B (business-to-business)
sektorining rivojlanishida yangi fragment – B2G (business-to-government)
ajralib chiqdi. Bu o‗z navbatida, zaruriy texnik, texnologik, huquqiy
bazani yanada takomillashuviga olib keldi. Avstraliya, Kanada, Saudiya
Arabistoni kabi davlatlarda esa, davlat tuzilmalarini zamonoviylashtirish
dasturi doirasida va ―elektron hukumat‖ (e-government) ga o‗tish bilan
davlat xaridini elektron tarzda tashkil etish tizimi joriy etildi. Ya‘ni,
―elektron hukumat‖ dasturini joriy etish jarayonida huquqiy asoslarni
modernizatsiya qilish, texnik va texnologik zamin hozirlash, undan so‗ng,
davlat xaridini elektron tashkil etish tizimi infratuzilmasini bosqichma-
bosqich amalga oshirildi. Ushbu dasturni amalga oshirish, davlat bilan
yangi telemuloqot muhitda yaqindan hamkorlik qilmoqchi bo‗lgan tijorat
tuzilmalarini e‘tiborini o‗ziga tortdi, hamda axborot texnologiyalariga
bo‗lgan investitsiyalar miqdorini oshishiga olib keldi.
Hukumat tomonidan xarid jarayonlarini shaffofligini ta‘minlashga
qaratilgan, jumladan, xaridni amalga oshirishda inson omilini cheklovchi
elektron xaridlardan keng foydalanish yo‗nalishlari bo‗yicha qator
hujjatlar qabul qilinmoqda.
Davlat xaridlari tizimining shaffofligini ta‘minlash hamda uni yanada
takomillashtirish hisobiga korporativ buyurtmachilar, shu jumladan,
strategik ahamiyatga ega bo‗lgan xo‗jalik jamiyatlari va korxonalar
mablag‗larining maqsadli sarflanishini ta‘minlash hamda samaradorligini
oshirish, davlat xaridlari jarayoniga tadbirkorlik sub‘ektlarini keng jalb
qilish maqsadida
121
O‗zbekistonda davlat moliyasini islohotlari va davlat xaridini tashkil
etishni takomillashtirish bo‗yicha bir-qator ishlar amalga oshirilmoqda.
Jumladan, davlat xaridini elektron tarzda tashkil etish asosiy istiqbolli
yo‗nalish hisoblanadi.
O‗zbekiston Respublikasida ushbu sohada huquqiy bazani
shakllantirish maqsadida qator qonunlar qabul qilindi, jumladan:
―Elektron imzo to‗g‗risida‖ (11.12.2003y), ―Elektron tijorat
to‗g‗risida‖ (29.04.2004y), ―Elektron hujjat aylanishi to‗g‗risida‖
(29.04.2004y), ―Elektron to‗lovlar to‗g‗risida‖ (16.12.2005y) va boshqalar.
Shuningdek, mazkur qonunlar ijrosini ta‘minlash yuzasidan hukumat
tomonidan qator qarorlar qabul qilindi. Jumladan, O‗zbekiston
Respublikasi Vazirlar mahkamasining ―Elektron tijoratni rivojlantirish
chora-tadbirlari to‗g‗risida‖gi (30.01.2007 y. 21-sonli), ―Elektron tijoratni
amalga oshirishda to‗lovlar o‗tkazishni yanada takomillashtirish chora-
tadbirlari to‗g‗risida‖gi (12.06.2007 y. 120-sonli) va ushbu qarorga ilova
etilgan, 2007-2008 yillarda elektron tijoratni amalga oshirishda to‗lovlar
o‗tkazish tizimini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari Rejasi qabul
qilindi. Ushbu qaror asosida, O‗zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi
G‗aznachiligi, boshqa vazirlik va idoralar bilan hamkorlikda, davlat
byudjetining
g‗azna ijrosini amalga oshirishda elektron tijorat
mexanizmlarini tartibga soluvchi me‘yoriy-huquqiy hujjatlarni ishlab
chiqdi va ushbu hujjatlar tasdiqlanish bosqichida ko‗rib chiqilmoqda.
Bundan tashqari, O‗zbekiston Respublikasi va Koreya Respublikasi
o‗rtasidagi texnik hamkorlikning natijasi sifatida, O‗zbekiston
Respublikasi Moliya vazirligi, O‗zbekiston Respublikasi Savdo-sanoat
palatasi va boshqa manfaatdor idoralar, Koreya Respublikasidagi
manfaatdor idoralari bilan birgalikda, 2009-2010 yillarda bajarilishi lozim
bo‗lgan loyihalarni(Koreya tomoni tajribasi asosida) ishlab chiqdilar.
O‗zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi va Savdo-sanoat palatasi
va boshqa manfaatdor idoralar, Koreya Respublikasidagi vakolatli
idoralar bilan birgalikda O‗zbekiston Respublikasida elektron xaridning
axborot tizimi loyihasini ishlab chiqish imkoniyatlari ko‗rib chiqimoqdalar
(Koreya tomoni tajribasi asosida – ―Korean On-line Procurement System‖
-KONEPS).
Shuningdek,
―Uzbekistan Development Gateway (UzDG)‖
komponenti doirasida Iqtisodiy islohotlar markazi qoshida, O‗zbekistonda
birinchi internet elektron tender maydoni pilot loyihasi tashkil etildi.
Loyiha doimiy ravishda davlat va xalqaro tashkilotlar tomonidan
yangilanib turiladigan tender takliflari bo‗yicha savdolarga xususiy
122
sektorni ishtirokini ta‘minlashga xizmat qilmoqda. Loyiha hamkorlari
O‗zbekiston Savdo-sanoat palatasi, UNDP bo‗lib, unda uzbek, rus, ingliz
tillarida tender savdolari tashkil etilishi ko‗zda tutilgan.
Tenderlar www.dgmarket.uz vebsaytida tashkil etilgan bo‗lib, unda
dunyoning 177 mamlakatidagi ochiq tederlarni topish va tanishish
imkoniyati mavjud. Albatta, ushbu vebsayt orqali biz yuqorida xorijiy
mamlakatlar tajribasida ko‗rib o‗tgan barcha operatsiyalarni to‗laqonli
bajarish imkoniyati bo‗lmasada, ammo mazkur tanlanagan yo‗nalish
kelajakda respublika davlat xaridi tizimini tubdan takomillashtirish uchun
bosilgan ilk qadam sifatida e‘tiborga loyiqdir.
Yuqorida ko‗rib o‗tilgan chora-tadbilar respublikada elektron savdo
tizimini rivojlantirish uchun huquqiy bazani shakllantirishda muhim
qadamlar bo‗lib hisoblanadi. Elektron savdolar tizimi, bizning
respublikamizda o‗zining rivojlanish bosqichini boshdan kechirmoqda va
tez orada ushbu tizim zamonoviy ilg‗or tajribalar asosida yangi bosqichga
chiqishiga umid qilamiz.
2019 yil 5 dekabrida O‗zbekiston Respublikasi Prezidentining
«Davlat xaridlari tizimini takomillashtirish va ularga tadbirkorlik
sub‘ektlarini jalb qilish to‗g‗risida»gi Qarori imzolandi.
PQ-4544-sonli Qarori ilovasi bilan tanlov va tender savdolari orqali
davlat
xaridlarini
amalga
oshirish
tartib-taomillarini
axborot-
kommunikatsiya texnologiyalaridan foydalangan holda elektron shaklga
o‗tkazish bo‗yicha Yo‗l xaritasi tasdiqlangan.
Ushbu Qarorda belgilangan vazifalar ijrosini ta‘minlash maqsadida
Davlat xaridlari sohasidagi vakolatli organ sifatida Moliya vazirligi
tomonidan manfaatdor vazirlik va idoralar bilan birgalikda:
tender (tanlov) savdolarini elektron tarzda tashkil etish yuzasidan
texnik topshiriqnoma ishlab chiqildi va tasdiqlandi;
tasdiqlangan texnik topshiriqnomaga asosan davlat xaridlari
maxsus axborot portali va tegishli axborot tizimlariga o‗zgartirish va
qo‗shimchalar kiritildi.
Shuningdek, davlat xaridlariga oid tegishli me‘yoriy hujjatlarga
tender (tanlov) savdolarini elektron tarzda o‗tkazish tartibini nazarda
tutuvchi o‗zgartirish va qo‗shimchalar kiritish bo‗yicha hujjatlar loyihasi
tayyorlandi.
Davlat xaridlari bo‗yicha maxsus axborot portali operatori
vazifasi O‗zbekiston Respublika tovar-xom ashyo birjasi tomonidan
amalga oshirilib kelinmoqda, shuningdek, ushbu sohada oshirilib
kelinmoqda, shuningdek, ushbu sohada raqobat muhitini shakllantirish
123
Do'stlaringiz bilan baham: |