3
KIRISH
Bugungi kunda byudjet tashkilotlari va muassasalari hamda ustavida
davlat ulushi 50% dan yuqori bo‗lgan korporativ tashkilotlarning
mablag‗laridan tejamkorlik asosida foydalanish, ular ehtiyojlari uchun xarid
qilinadigan tovar (ish,xizmat)larni elektron
axborot tizimlari orqali
tashkillashtiriladigan savdolar orqali amalga oshirish alohida e‘tibor
qaratilmoqda.
Byudjet mablag‗laridan oqilona foydalanishga samarali davlat xaridi
tizimini shakllantirmasdan turib erishib bo‗lmaydi. Ma‘lumki, davlat byudjeti
mablag‗larining katta qismi byudjet tashkilotlari va byudjetdan mablag‗
oluvchilarning tasdiqlangan ehtiyojlarini tovar, ish, xizmatlar bilan
ta‘minlashga sarflanadi.
Davlat xaridlarini samarali tashkil etishdan ko‗zlangan maqsad
davlat byudjeti va byudjetdan tashqari jamg‗armalarining,
shuningdek,
ustavida davlat ulushi 50% dan yuqori bo‗lgan tashkilotlarning mablag‗lari
hisobidan byudjet tashkilotlari, byudjet va byudjetdan tashqari
jamg‗armalardan mablag‗ oluvchilar, korporativ buyurtmachilarning
ehtiyojlari uchun tovar(ish,xizmat)larni optimal
narx va sifatda sotib
olishga erishishdir.
Bu maqsadga erishish uchun bo‗lajak moliya tizimidagi
mutaxassislarda, ya‘ni talabalarda davlat xaridining mohiyati, uni tashkil
etish jarayoni va mexanizmi, xaridni tashkil
etish tartib-taomillari, davlat
xaridlariga oid umumiy talablar, davlat xaridini takomillashtirishdagi
mavjud muammolar hamda ularni bartaraf etish yo‗nalishlarini o‗rganish
borasida nazariy va amaliy bilimlarni shakllantirish muhim ahamiyatga
ega.
Oliy ta‘limning 5232000 – ―Davlat byudjetining g‗azna ijrosi‖
bakalavriat ta‘lim yo‗nalishida ta‘lim olayotgan talabalar kelajakda moliya
tizmi organlari (moliya, g‗aznachilik, pensiya bo‗limlari)da,
byudjet
tashkilotlarida, yoki byudjet va byudjetdan tashqari jamg‗armalardan
mablag‗ oluvchi boshqa tashkilotlarda, davlat ulushu 50 % va undan
yuqori bo‗lgan korporativ tuzilmalarda mehnat faoliyatini yuritganlarida
davlat xaridi tizimining bevosita yoki bilvosita ishtirokchisi bo‗ladilar.
Shu bois, bo‗lajak mutaxassislarda mazkur tizim bo‗yicha etarlicha nazariy
va amaliy bilimlarni shakllantirish maqsadida mazkur ta‘lim yo‗nalishi
o‗quv rejasiga ―Davlat xaridi‖ fani kiritilgan.
Bu fanni o‗qitishni zaruriyatini davlat byudjeti va byudjetdan
tashqari jamg‗armalarining, ustavida davlat ulushi 50%
va undan yuqori
4
bo‗lgan korporativ tuzilmalar mablag‗laridan oqilona va tejamkorlik
asosida foydalanishni ta‘minlash, ular ehtiyojlari uchun tovar va
xizmatlarni optimal narxda va mukammal sifatda sotib olinishi bo‗yicha
bo‗lajak mutaxassislarda bilim va amaliy ko‗nikma hosil qilish bilan
izohlash mumkin. Maskur o‗quv qo‗llanma aynan mana shu maqsadga
xizmat qiladi.
Ushbu qo‗llanmada ―Davlat xaridi‖
fanining predmeti, obyekti,
metodi va boshqa fanlar bilan o‗zaro aloqadorligi, davlat xaridini tashkil
etishning ijtimoiy-iqtisodiy ahamiyati va uni iqtisodiyotga ta‘siri, davlat
xaridini tashkil etishning huquqiy asoslari, davlat
xaridini tashkil etish
modellari va shakllari, davlat xaridlari jarayoniga doir umumiy talablar,
elektron do‗kon orqali davlat xaridlarini amalga oshirish, boshlang‗ich
narxni pasaytirish uchun o‗tkaziladigan auksion, tanlov savdolari,
tender
orqali davlat xaridlarini amalga oshirish, yagona etkazib beruvchi bilan
amalga oshiriladigan davlat xaridlari, xarid qilish tartib-taomillarini
monitoring va nazorat qilish kabi mavzular uzviylik va uzluksizlik nuqtai-
nazaridan mantiqiy ketma-ketlikda o‗z aksini topgan.