1.3. “Davlat xaridi” fanining metodlari va boshqa fanlar bilan o„zaro
bog„liqligi
Har bir fanning metodi obyektiv borliqni, tabiat va jamiyatni
rivojlanishni o‗rganishda qanday yondashish lozimligini ko‗rsatadi.
Fanning o‗z predmetini o‗rganish usullari, vositalari uni metodi
1
ni
ifodalaydi. Metod bu ilmiy bilishning tamoyillari tizimi, yo‗llari, qonun -
qoidalari va aniq hodisalaridir. Metod umumilmiy tavsifga ega, lekin har
bir fan o‗zining predmetidan kelib chiqib, o‗zining ilmiy bilish usullariga
1
Metod-grekcha ―metodos‖ so‗zidan olingan bo‗lib, nazariyot, ta‘limot va
amaliyotlarni o‗rganishdagi izlanishlar yo‗li degan ma‘noni anglatadi.
9
ega bo‗ladi. Shuning uchun metod umumilmiy va ayni vaqtda xususiy
bo‗ladi.
Dialektika
ilmiy bilishning umumiy usuli bo‗lib xizmat qiladi.
Dialektik uslubning mohiyati shundan iboratki, iqtisodiy hayotning
barcha xodisalari va jarayonlari o‗zaro bog‗liqlikda va to‗xtovsiz
rivojlanishda ko‗rib chiqiladi. O‗zgarish va rivojlanishlar qarama-
qarshiliklar qonuniyatlari asosida bo‗lib,obyektiv haqiqat, haqiqiy borliq
ifodalanadi, deb qaraladi. Ya‘ni, har bir jarayon, iqtisodiy hodisa bor,
mavjud va rivojlanishda deb qaraladi. Bu jarayonlar sondan sifat
o‗zgarishiga va yangi sifatning paydo bo‗lishiga, inkorni inkor qilish,
qarama qarshilik kurashiga, eskini tugashi va yangi ilg‗or jarayonlarni
paydo bo‗lish xususiyatiga ega bo‗ladi.
―Davlat xaridi‖ fanining boshqa iqtisodiy fanlar singari o‗ziga xos
tadqiqot usullari xam mavjud. Ulardan eng asosiylari quyidagilar:
A)
ilmiy abstraktsiya usuli
– voqea-hodisalarning tahlil paytida xalal
berishi
mumqin
bo‗lgan
ikkinchi darajali belgilari e‘tibordan
chetlashtirilib, o‗rganilayotgan jarayonning asl mohiyatiga, tegishli
belgilarga e‘tiborini qaratishdir.
B)
tahlil va sintez us
uli – tahlil bu o‗rganilayotgan bir butunni
alohida qismllarga ajratish va ularni izchillik bilan tahlil qilish, sintez esa –
hodisa va jarayonlarni qismlarga bo‗lish asosida umumiy xulosa
chiqarishdir.
S)
mantiqiylik va tarixiylikning birligi
usuli – tarixiylik dalili
iqtisodiy fanlarda ham tarixiy nuqtai nazaridan tadqiqot olib borishni
zarur qilib qo‗yadi. Chunki iqtisodiy jarayonlar jamiyatning tarixiy
rivojlanish bosqichlarida ro‗y beradi. Mantiqiylik usulida jarayonlar
faqatgina tarixiy nuqtai nazardan emas, shu bilan birga ichki zaruriy va
qonuniy bog‗lanishlar bo‗yicha ham tahlil qilinadi.
―Davlat xaridi‖ fanini o‗rganishda shuningdek,
induktsiya va
deduktsiya
,
taqqoslash, iqtisodiy-matematik usul
lardan ham foydalaniladi.
Ta‘kidlash joizki, bugungi kunda amaliyotda davlat xaridi tizimini
boshqarishda iqtisodiy-matematik usullardan keng foydalanilmoqda.
Iqtisodiy-matematik usullarga korrelyatsion va regression tahlil usuli,
integral usuli, chiziqli programmalashtirish, grafik usullar kabi usullar
kiradi. Iqtisodiy-matematik usullar iqtisodiy axborotlarni kompyuterlarga
kiritish, hisoblash va qayta ishlash, chuqur tahlil qilish, tegishli hisobot
ma‘lumotlarini tayyorlash, hamda bu ma‘lumotlarni qisqa fursatda mas‘ul
idora va tashkilotlarga yuborishda qo‗llaniladi.
10
Bu usullar yordamida iqtisodiy jarayonlar va hodisalarning
mazmuni, ularda yuz berayotgan o‗zgarishlar, ularning kelib chiqish
sabablari aniqlanib va zaruriy xulosalarga kelinadi.
Hozirgi kunda davlat moliyasini isloh qilish sharotida iqtisodiy
jarayonlar va munosabatlardagi o‗zgarishlar har bir fan mazmunini sifat
jihatdan yangilashni, tubdan qayta ko‗rib chiqishni taqazo qilmoqda.
―Davlat xaridi‖ fani mazkur obyektiv talabdan kelib chiqqan aniq
iqtisodiy fan bo‗lishi bilan bir qatorda, boshqa fanlardagi umumiy
qonuniyatlar, tartiblarga rioya qiladi. Ya‘ni, ko‗pgina iqtisodiy fanlar bilan
o‗zaro bog‗likda bo‗ladi.
Jumladan, ―Davlat xaridi‖ fani ―Iqtisodiyot nazariyasi‖ fani bilan
chambarchars
bog‗liqdir.
―Iqtisodiyot nazariyasi‖da iqtisodiy
kategoriyalar va atamalarning mazmuni va mohiyati ochib berilsa, ―Davlat
xaridi‖ fanida ushbu iqtisodiy kategoriyalar va atamalarning amal qilish
mexanizmi o‗rganiladi. Masalan, ―Iqtisodiyot nazariyasi‖ fanida ―bozor‖
degan atamaning mazmuni nima ekanligi, uning turlari, ishtirokchilari
haqida nazariy bilimga ega bo‗lsak, ―Davlat xaridi‖ fanida ―bozor‖ning
hayotiy shakllari – yarmarka savdolari, birja savdolari, elektron auksion
savdolari, elektron katalog orqali savdolar, ochiq va yopiq tenderlar hamda
ularni amalga oshirish tartibini o‗rganamiz.
―Davlat xaridi‖ fani ―Moliya‖ fani bilan ham bog‗liqdir. Masalan,
―Moliya‖ fanining ―Davlat byudjeti xarajatlari‖ degan mavzusida byudjet
xarajatlarining tarkibi, xarajatlar smetalar asosida moliyalashtirish tartibi
tushuntirilsa, ―Davlat xaridi‖ fanida ana shu smetalarning uchinchi va
to‗rtinchi guruhlarida aks ettirilgan ehtiyojlarni xarid qilish va
moliyalashtirish mexanizmi o‗rganiladi.
O‗zbekistonda davlat byudjetining g‗azna ijrosi amal qilishi, yagona
g‗azna hisobraqamini yuritilishi, shuningdek, O‗zbekiston Respublikasida
davlat xaridlari bo‗yicha vakolatli organ – O‗zbekiston Respublikasi
Moliya vazirligining ekanligi, O‗zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi
G‗aznachiligi davlat xaridlari tizimida tuzilgan shartnomalarni, yuridik
majburiyatlarni va ushbu shartnomalarni moliyalashtirish yuzasidan
moliyaviy majburiyatlarni ro‗yxatga olish, ularni moliyalashtirish
O‗zbekiston Respublikasi Moliya vazirligining G‗aznachiligi va uning
hududiy bo‗linmalari tomonidan amalga oshirilishi bevosita ―Davlat
xaridi‖ fanini ―G‗aznachilik‖ fanini o‗zaro bog‗liqda o‗rganishni talab
qiladi.
Davlat xaridlari tizimida yarmarka savdolari, birja savdolari,
elektron auksion savdolarining qo‗llanishi, mazkur savdo turlari va
11
ularning ishtirokchilari, savdolarga va undagi ishtirokchilarga qo‗yilgan
talablar yuzasidan etarli ma‘lumotga ega bo‗lish uchun ―Davlat xaridi‖
fanini o‗rganishda ―Moliya bozori va moliyaviy tehnologiyalar‖ fanini
ham puxta bilish talab etiladi.
―Davlat byudjeti‖ fanida davlat byudjetining funksional xarajatlari,
byudjet so‗rovini tayyorlash va taqdim etish tartibi, hamda belgilangan
norma va normativlar asosida xarajatlar smetalarini tuzish, ro‗yxatdan
o‗tkazish, byudjetdan moliyalashtirish kabi byudjet tashkilotlari va
byudjetdan mablag‗ oluvchilar faoliyatini moliyalashtirishdagi asosiy
jarayonlarni o‗rgatilishi ―Davlat xaridi‖ fanini ―Davlat byudjeti‖ fanini
bevosita bog‗ligini ko‗rsatadi.
Byudjet tashkilotlari va byudjetdan mablag‗ oluvchilar tomonidan
davlat xaridi tizimida xarid qilingan tovar (ish, xizmatlar) yuzasidan
belgilangan tartibda buxgalteriya hisobini, hamda tegishli hisobotlarni
yuritishning zaruriyati ―Byudjet hisobi‖ fanini ham ―Davlat xaridi‖ fani
bilan iqtisodiy aloqadorligini namoyon qiladi.
Davlat byudjeti va byudjet tashqari jamg‗armalar, ustavida davlat
ulushu 50 % va undan yuqori bo‗lgan korporativ tuzilmalar mablag‗laridan
oqilona va tejamkorlik asosida maqsadli foydalanganlik darajasi, davlat
xaridi tizimini amaldagi qonunchilik doirasida amalga oshirilishi, byudjet
tashkilotlari, byudjetdan mablag‗ oluvchilar hamda ustavida davlat ulushu
50 % va undan yuqori bo‗lgan korporativ tuzilmalar tomonidan moliyaviy
qonunchilikka rioya etilishi ustidan davriy ravishda nazorat organlari
tomonidan moliyaviy nazoratni amalga oshirilib turilishi, ―Davlat
xaridi‖ fanining ―Moliyaviy nazorat‖ fani bilan bevosita bog‗liqligini
ko‗rsatadi.
Shuningdek, ―Davlat xaridi‖ fanida davlat xaridi tizimini baholash,
o‗tkazilgan savdolar, undagi iqtisodiy ko‗rsatkichlarni ma‘lum bir davr
bilan taqqoslash, solishtirish, natijalarni puxta tahlil qilish uchun ―Iqtisodiy
matematika‖ va ―Iqtisodiy tahlil‖ fanlaridan yaxshigina xabardor bo‗lish
talab etiladi.
Va nihoyat, ―Davlat xaridi‖ fanida elektron do‗kon, elektron auksion,
elektron tanlov va tender savdolarini amalga oshirish va o‗tkazishning
tashkiliy mexanizmlarini yaxshi tushunish uchun ―Iqtisodiyotda axborot
texnologiyalari‖ fanidan etarli ko‗nikmaga ega bo‗lish lozim.
Do'stlaringiz bilan baham: |