4-mavzu. Davlat xaridini tashkil etish modellari



Download 60,81 Kb.
bet1/6
Sana15.11.2022
Hajmi60,81 Kb.
#865840
  1   2   3   4   5   6
Bog'liq
matn (5)


4-MAVZU. DAVLAT XARIDINI TASHKIL ETISH MODELLARI
REJA:



  1. Davlat xaridini tashkil etish modellari va tashkiliy elementlari

  2. Davlat xaridining tashkiliy shakllari

  3. Davlat xaridini nazorat tizimi

Tayanch so’z va iboralar


Markazlashgan model, markazlashmagan (taqsimlangan) model, qisman markazlashgan model, davlat xaridining tashkiliy elementlari, davlat xaridining tashkiliy shakllari, to'g'ridan to'g'ri shartnomalar tuzish, yarmarka va birja savdolari, elekton auksion savdolari, elektron katalog orqali savdolar, ochiq va yopiq­ tenderlar

1. Davlat xaridini tashkil etish modellari tashkiliy elementlari




Davlat xaridini tashkil etish bo’yicha rivojlangan va rivojlanayotgan mamlakatlar tajribasini o’rganib, uning uch xil modellari mavjud ekanligini ko’rish mumkin.
Markazlashgan model – bunda xarid uchun buyurtmalarni joylashtirish maxsus tashkilot yoki ijroiy hukumatning yagona tarkibiy bo’linmasi - xaridni tashkil etuvchi tomonidan amalga oshiriladi. Markazlashgan model barcha tarmoq va bo’limlardan tushadigan xarid arizalari jamlanadigan xarid markazini tashkil etishni nazarda tutadi. Agar, markazlashish darajasi yuqori bo’lsa, barcha turdagi xaridga javobgar bo’lgan maxsus idora (yoki yirik kompaniyalarda xarid departamenti) shakllantiriladi.
Markazlashmagan (taqsimlangan) model - bunda davlatning buryutmachisi o’z ixtisosligi buyicha xaridga buyurtmani alohida amalga oshiradi. Taqsimlangan modelda kompaniyaning har bir bo’limi (vazirlik, departament va h.k.) o’z ehtiyojlari uchun xaridni mustaqil tarzda amalga oshiradi. Shu maqsadda, uning tarkibida xaridni amalga oshiruvchi maxsus tuzilma, bo’lim tashkil etilgan.
Ikkala modelning ham yutuq va kamchiliklari mavjud: taqsimlangan model ancha egiluvchan, ammo ko’p xarajat talab etadi. O’z navbatida, markazlashgan model yirik hajmdagi ulgurji xarid tufayli past baholarni ta’minlaydi, ammo egiluvchan emas va har doim ham tovarlar hamda xizmatlarning arizada ko’rsatilgan xususiyatlarini o’zida aks ettirmasligi mumkin.
Qisman markazlashgan modelda esa, xaridga buyurtmani joylashtirish vakolati davlat buyurtmachisi va ixtisoslashgan tashkilot bilan hamkorlikda amalga oshiradi.
Har qanday mamlakatda ham, davlat xaridini tashkil etishning huquqiy asoslarini shakllantirish va uni doimiy tarzda takomillashtirib borish, davlat moliya tizimining muhim strategik vazifalaridan hisoblanadi.
Davlat xaridini tashkil etish jarayoni, uning tashkiliy shakllarini aniqlab olishdan boshlanadi.
Xalqaro va milliy qonunchilikda o’rnatilgan me’yorlar asosida xaridning qaysi shakli qo’llanilishi aniqlanadi va zaruriy-me’yoriy jarayonlar buyurtmachi tomonidan boshqarilib boriladi.
O’zbekiston Respublikasida davlat xaridini tashkil etish xalqaro va milliy qonunchilik asosida tartibga solinadi.
Davlat xaridi tizimini boshqarish bir-biri bilan uzviy bog’langan to’rtta elementni o’z ichiga oladi 1-chizma). Bu elementlar kompleks tusga ega bo’lib, har bir elementni muvoffaqiyatli amalga oshirish, davlat xaridini samarali bo’lishini ta’minlovchi omil hisoblanadi.
1-chizma. Davlat xaridini tashkiliy elementlari


Davlat xaridini rejalashtirish – keyingi davr uchun byudjetni tuzish va qisman yoki to’liq davlat mablag’lari hisobidan moliyalashtiriladigan investitsiya dasturini tuzish jarayonida amalga oshiriladi. Bu jarayon o’z ichiga:

  • byudjet so’rovnomalarini shakllantirish va uni moliya organlariga taqdim etish;

  • davlat byudjetini tasdiqlash va byudjet ajratmalari hajmini byudjet mablag’lari oluvchilarga etkazish;

  • xarajatlar smetasini sotib olinadigan tovarlar va xizmatlar guruhlari buyicha ro’yxatdan o’tkazishni qamrab oladi.

Bugungi kunda, O’zbekistonda davlat xaridini rejalashtirish amaliyotini o’rganadigan bo’lsak, davlat organlari va tashkilotlarning tovarlar va xizmatlarga bo’lgan talabi haqida axborot oqimining “pastdan-yuqoriga” mexanizmining qonunchilikda ko’zda tutlishiga qaramasdan, ushbu ehtiyojlarni moliyalashtirish hajmlarini aniqlash bir tomonlama tartibda “yuqoridan-pastga” ko’rinishda amalga oshirilishini guvohi bo’lamiz. Bu davlat organlari va tashkilotlarining ehtiyojlar ro’yxatidan “muhim bo’lmagan”, “ortiqcha” va “asoslanmagan” xarajat bo’limlarini chiqarib tashlash (qisqartirish) orqali amalga oshiriladi. Bunday ko’rinishdagi rejalashtirish mexanizmi asosida, byudjet mablag’larini taqsimlovchilar ehtiyojlarini hamda unga etarli miqdordagi moliyalashtirish hajmlarini aniqlashning me’yoriy-xarajat usuli qo’llaniladi.
Byudjetni shakllantirishda asosiy mezon bo’lib, byudjetning eng yuqori imkoniyatlarini aniqlash, ya’ni tovar va xizmatlarga bo’lgan aniq talabni inobatga olmasdan, xarajatlarning yuqori limitini belgilashdir. Boshqacha qilib aytganda, ajratiladigan moliyaviy mablag’lar real ehtiyojlarga nisbatan etarli miqdorda emas. Shundan kelib, chiqadigan bo’lsak, moliya yili oxirida yuzaga keladigan profitsit davlat organlarining moliyaviy ehtiyojlarini to’la qondirilganligini va ushbu resurslar ortiqchaligini bildirmaydi.
Davlat xaridini rejalashtirish mamlakat byudjetini tayyorlash jarayonida amalga oshiriladi (investitsion dasturni tayyorlash jarayoni bundan mustasno bo’lib, u Vazirlar Mahkamasining 2003 yilning 12 sentyabrida 395-sonli qaroriga asosan tayyorlanadi). Davlat ehtiyojlari uchun sotib olinadigan tovar va xizmatlar, davlat organlari va tashkilotlarining xarajatlar bo’limlarida mos ravishda aks ettiriladi. Ushbu xarajatlar va ular uchun zaruriy moliyaviy manbalar choraklar bo’yicha taqsimlangan holda rejalashtiriladi.
Byudjetni shakllantirish pastdan-yuqoriga, ya’ni tumandan respublika darajasiga byudjet so’rovnomalarini taqdim etish(tuzish) va uni umumlashtirish orqali birlamchi byudjet loyihasini tuzish bilan amalga oshiriladi. Shundan so’ng, byudjet loyihasini tuzishda chegaralovchi omillar qo’llaniladi. Eng asosiy chegaralovchi omil – kelgusi yil uchun davlatning iqtisodiyotga xarajatlarining makroiqtisodiy ko’rsatkichlari va davlat byudjeti daromadlari prognozining so’ralgan xarajat moddalarini moliyaviy ta’minlash imkoniyatlari hisoblanadi. Ma’lumki, ushbu mezonlarning qo’llanilishi, byudjet loyihasida xarajatlarni qisqartirishga qaratilgan sezilarli tuzatish kiritishga olib keladi.
Bunday qisqartirish xarajatlarni maqsadga muvofiqligini baholash orqali amalga oshiriladi:

  • davlat byudjetining xarajatlar qismida u yoki bu moddalarni saqlab qolish;

  • u yoki bu xarajat moddalarini so’ralgan hajmlarda moliyalashtirish, hamda boshqa mezonlar.

Xarajatlarni qisqartirish, birinchi navbatda, quyidagi yo’llar bilan amalga oshiriladi:

  • o’tgan yildan qolgan va to’la tugallanmagan hamda kelgusi moliya yilida davlat ustuvor yo’nalishlar dasturida bo’lmagan loyihalarni moliyalashtirishdan voz kechish;

  • har yil uchun tuziladigan davlat ustuvor dasturiga kirmaydigan yangi loyihalarni moliyalashtirishdan voz kechish;

  • xarajat moddalarining tarkibiga tegmagan holda, uning umumiy summasini qisqartirish.

Davlat xaridini samarali bo’lishini ta’minlash nuqtai nazaridan, davlat xarajatlarini qisqartirishning ko’rib o’tilgan dastlabki ikki usuli katta salbiy tusga ega. Chunki, ustuvor yo’nalishlarning o’zgarishi va natijada loyihani to’la moliyalashtirmaslik, uning sifatli bajarilishiga, yoki loyiha oldiga quyilgan maqsadlarga erishilmasligiga olib keladi. Bu o’z navbatida, oldin amalga oshirilgan xarajatlarning natijasiz va foydasiz ekanligini bildiradi.
Xarajatlarni qisqartirishning so’ngi usulini qo’llashda esa, xarajatlar rejasini tuzish paytida loyihadan voz kechish va bo’shagan mablag’larni boshqa samarali yo’nalishlarda sarflash maqsadga muvofiq bo’lardi.
Davlat xaridini rejalashtirishdagi mavjud muammolarning sabablari quyidagilardir:

  • byudjet tizimining takomillashmaganligi – byudjetni shakllantirish faqat bir yil chegarasida bo’lib, unda o’tgan yil byudjetida ko’zda tutilgan va tugallanmagan loyihalarni moliyalashtirish majburiyati ko’rsatilmaydi;

  • davlat byudjetini shakllantirishning uslubiy asoslarining etarli darajada takomillashmaganligi, ya’ni daromad va xarajat moddalarini rejalashtrish sifatining past darajada ekanligi;

  • davlat ehtiyojlari uchun xaridni rejalashtirish uslubiyotining mavjud emasligi va boshqalar.

Tumanlar darajasidan boshlab, xarajatlar smetasi hajmini sun’iy yuqori darajada tuzish riskining mavjudligi, ko’zlanayotgan xarajat maqsadlarini ko’rsatishning sifat darajasining pastligi, shuningdek, smetani to’g’riligini va ko’rsatilgan xarajatlarni asoslanganligini ob’ektiv tarzda tekshirish usulining etishmasligi kabi holatlar, byudjetni shakllantirishda me’yoriy-xarajat usulidan foydalanishga majbur etadi. Ushbu usulni qo’llashning salbiy jihati shundaki, u xarajat yoki loyihani o’ziga xosligi, sharoitlarini (masalan, ko’pchilik hollarda ayrim loyihalar ob’ektiv tarzda me’yorda ko’zda tutilgandan ortiq mablag’lar talab etishi mumkin) inobatga olmaydi. Natijada, ushbu holat davlat organlari faoliyatini etarli darajada moliyalashtirilmay qolishiga, ular faoliyatini va vazifalarini bajarish uchun zaruriy moddiy qiymatliklarni etarli miqdorda xarid etilmasligiga olib kelishi mumkin.
Davlat investitsion dasturini shakllantirish tartibi O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2003 yil 12 sentyabrdagi 395-sonli qarori bilan belgilanadi.
Mazkur yo’riqnomaga asosan manzilli dasturni tuzish jarayoni har bir loyiha buyicha to’la ma’lumot tayyorlash, loyihlarni ustuvorligi bo’yicha tanlash va ro’yxatini shakllantirishni o’z ichiga oladi1. Har bir loyiha (loyihalar guruhi) bo’yicha ma’lumotlar buyurtmachi tomonidan tayyorlanadi va boshqa hujjatlar bilan bir qatorda loyiha pasporti taqdim etiladi. Loyiha pasportida quyidagi ma’lumotlar o’z aksini topadi:

  • loyihaning texnik tavsifi;

  • atrof-muhitga ta’siri;

  • ijtimoiy va ishlab chiqarish nuqtai nazaridan amalga oshirish imkoniyati, samaraligini baholash, tashkiliy tadbirlar miqiyosi;

  • mahsulotga talabning hajmi va xarakteri;

  • muqobil echimlarning mavjudligi, jumladan mavjud korxonalarni qayta tiklash;

  • asosiy material va ishchi kuchi resurslarining etarliligi;

  • investitsion xarajatlarni amalga oshirish tartibi.

Loyihani tanlab olish ikki bosqichda amalga oshiriladi:

  • ma’lum hudud yoki sohani rivojlantirish ustuvorligidan kelib chiqib, loyihani birlamchi baholash;

  • hudud yoki iqtisodiyotning ayrim sohalarini rivojlantirish ustuvorligidan loyihani tanlash.

Bu erda shuni nazarda tutish lozimki:

  • loyihani investitsion dasturga kiritiladigan ma’lumotlarni tayyorlash uchun har bir bo’lim bo’yicha aniq va oydin talabni aks ettiradigan uslubiyotini etishmasligi sababli, turli xil buyurtmachilar tomonidan tayyorlangan loyihalar - ma’lumotlar mazmuni, aks ettirish formati, sifati va ob’ektivligi bilan bir- biridan farq qilishi mumkin;

  • loyihalarni baholash uslubiyotining mavjud emasligi, investitsion dasturga kiritish taklif etilgan loyihani tahlil etish sifatini inson omiliga (tajriba, ko’nikma, tahliliy qobiliyat, xolis yondoshuv, vijdonan ishlashga motivatsiyaning mavjudligi kabi) qaram qilib qo’yadi;

  • loyihalarni tanlashning barcha mezonlari (moliyaviy va iqtisodiy samaradorlik ko’rsatkichlari bundan mustasno) va ularni amalda qo’llash sub’ektiv, hamda baholash natijalari turlichadir; ushbu mezonlarni qo’llash natijasida turli xildagi xulosalarga kelish mumkin, ya’ni ko’rilayotgan loyihani investitsion dasturga kiritish ham, kiritmaslik ham mumkin.

Umumlashtiradigan bo’lsak, ushbu omillar investitsion dasturga kiritish uchun taqdim etilgan har qanday loyihani uni ko’rib chiqayotgan mutaxassis (idora)ning fikriga ko’ra ijobiy yoki salbiy baholanishi uchun teng imkoniyatga ega. Investitsion dasturning idarolararo kelishuv asosida tashkil etilishi, tanlovda yo’l qo’yiladigan sub’ektiv yondoshuvni ancha pasaytirsada, uni butunlay bartaraf eta olmaydi. Jumladan, investitsion dasturni ishlab chiqish chizmasiga binoan, unga so’ngi tuzatish O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining kompleks(bo’lim)lari tomonidan berilgan taklif asosida amalga oshiriladi.
O’zbekiston Respublikasi VMining 12 sentyabr 2003 yildagi 395-sonli qarorining 4-ilovasi, O’zbekiston Respublikasi Investitsion dasturini shakllantirish tartibi to’g’risidagi yo’riqnomaga asosan kiritilishi mumkin bo’lgan tuzatishlar chegarasini, masalan, boshqa idoralar tomonidan dasturdan chiqarib tashlangan loyihalarni Vazirlar Mahkamasi tomonidan qaytadan dasturga kiritish mumkinligi, loyiha qiymatini yoki boshqa ko’rsatkichlarini o’zgartirish kiritish imkoniyatlarini aniq belgilab bermaydi.

2. Davlat xaridining tashkiliy shakllari




Xalqaro amaliyotda davlat mablag’lari hisobiga tovar, ish, xizmatlarni xarid qilishda bir necha raqobatbardosh usullar belgilangan bo’lib, bu usullarga asoslanib davlat buyurtmachilari shartnomada belgilanishi lozim bo’lgan yetkazib beruvchi, pudratchi yoki ish bajaruvchini o’zlari tanlash huquqiga egadirlar.
Byudjet tashkiloti va byudjetdan mablag’ oluvchilarning ehtiyojlarini qondirish jarayonida yetkazib beruvchi (pudratchi, ish bajaruvchi)ni tanlashning qaysi usulini qo’llash – mavjud shartlar va qanday tovar, ish, xizmatlar kerakligiga bog’liq.
Xalqaro amaliyotda davlat xaridi quyidagi tashkiliy shakllarda amalga oshiriladi:


  1. Download 60,81 Kb.

    Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5   6




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish