U yu. O„roqov



Download 1,86 Mb.
Pdf ko'rish
bet59/99
Sana14.12.2022
Hajmi1,86 Mb.
#886035
1   ...   55   56   57   58   59   60   61   62   ...   99
Bog'liq
Давлат-хариди

Nazorat uchun savollar 
1.
To‗g‗ridan-to‗g‗ri shartnomalar bo‗yicha davlat xaridlari qanday 
hollarda amalga oshirilishi mumkin? 
2.
Davlat buyurtmachilari to‗g‗ridan-to‗g‗ri shartnomalar tuzilganligi 
to‗g‗risidagi axborotni shartnoma tuzilgan paytdan e‘tiboran qancha vaqt 
ichida maxsus axborot portaliga joylashtirishi shart? 
3.
To‗g‗ridan-to‗g‗ri shartnomalarda qanday ma‘lumotlar bo‗lishi 
kerak? 
4.
Yagona etkazib beruvchilar kimlar kiradi? 
5.
Yagona yetkazib beruvchidan davlat xaridi qanday hollarda 
amalga oshiriladi? 
6.
Yagona yetkazib beruvchilar reyestri nima? 


109 
 
7.
Yagona etkazib beruvchilar reestrini kim yuritadi? 
8.
Yagona etkazib beruvchilar reestriga kiritish va undan chiqarish 
kimning vakolatiga kiradi? 
9.
Davlat buyurtmachilari tomonidan to‗g‗ridan-to‗g‗ri shartnomalar 
bo‗yicha xarid qilinadigan tovarlar (ishlar, xizmatlar) ro‗yxati qaysi 
meyoriy hujjat bilan tasdiqlangan? 
10.
Davlat buyurtmachilari tomonidan qanday tovarlar (ishlar, 
xizmatlar) to‗g‗ridan-to‗g‗ri shartnomalar bo‗yicha xarid qilinadi? 


110 
 
III QISM. DAVLAT XARIDLARINI AMALGA OSHRISHNI 
TAKOMILLASHTIRISH YO„NALISHLARI 
 
11-MAVZU. XARID QILISH TARTIB-TAOMILLARINI 
MONITORING VA NAZORAT QILISH 
11.1 Davlat tomonidan davlat xaridlari sohasini tartibga solish 
Davlat xaridlari sohasini davlat tomonidan tartibga solishning asosiy 
maqsadlari quyidagilardan iborat: 

davlatning strategik maqsadlari va vazifalariga erishish; 

davlat buyurtmachilarining tovarlarga (ishlarga, xizmatlarga) 
bo‗lgan ehtiyojlarini ta‘minlash; 

O‗zbekiston Respublikasining Investitsiya dasturini va boshqa 
davlat dasturlarini bajarish; 

davlatning ijtimoiy vazifalarni hal qilish bo‗yicha funksiyalarini 
bajarish; 

davlat xizmatlarini ko‗rsatish uchun davlat xaridlari sub‘ektlariga 
qulay muhitni shakllantirishdan, shuningdek davlat xaridlarini amalga 
oshirishda 
korrupsiyaga 
va 
qonunchilikning 
boshqacha 
tarzda 
buzilishlariga qarshi kurashishdan iborat. 
Davlat xaridlarini amalga oshirishda ijtimoiy-iqtisodiy siyosat 
ustuvorliklari, shu jumladan yuqori texnologik va innovatsion ishlab 
chiqarishlarning yaratilishi, qulay ekologik vaziyatning saqlanishi hisobga 
olinadi. 
Tovarlarning (ishlarning, xizmatlarning) davlat xaridlarida chet ellik 
yetkazib beruvchilar bilan bir qatorda kamida uchta mahalliy ishlab 
chiqaruvchilar ishtirok etsa, agar O‗zbekiston Respublikasi xalqaro 
shartnomalarida boshqacha qoida nazarda tutilmagan bo‗lsa, O‗zbekiston 
Respublikasi Prezidentining farmonlari va qarorlariga ko‗ra ushbu 
mahalliy ishlab chiqaruvchilarga takliflarni baholashda foydalaniladigan 
imtiyozlar va preferensiyalar berilishi mumkin. 
O‗zbekiston Respublikasining ehtiyojlarini ta‘minlash uchun zarur 
bo‗lgan tovarlarning (ishlarning, xizmatlarning) davlat xaridi chet davlatlar 
bilan hamkorlikda amalga oshirilishi mumkin. Bunday davlat xaridini 
amalga 
oshirish 
tartibi 
O‗zbekiston 
Respublikasining 
xalqaro 
shartnomasida belgilanadi. 


111 
 
O‗zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi davlat xaridlari 
sohasida davlat siyosati shakllanishi va amalga oshirilishini ta‘minlaydi. 
Qolaversa, davlat xaridlari sohasida budjet tizimi budjetlari mablag‗laridan 
oqilona foydalanish, xarid qilish tartib-taomillari turlarini takomillashtirish 
va ularning qo‗llanilishini kengaytirish, shuningdek tadbirkorlik 
sub‘ektlarining keng ishtirokini ta‘minlash yuzasidan choralar ko‗radi. 
Shunuingdek, O‗zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi davlat 
buyurtmachilarining davlat xaridlari sohasidagi faoliyati ustidan nazorat 
bo‗yicha ishlarni muvofiqlashtiradi; xarid qilish tartib-taomillari 
ishtirokchilarining takliflarini baholash va taqqoslash usullarini hamda 
mezonlarini, shuningdek ular o‗tkazilishini tashkil etish tartibini 
belgilaydi; xarid qilish tartib-taomillari ishtirokchilari tomonidan eng 
yaxshi takliflarni tanlab olish va tenderda ishtirok etish uchun elektron 
shaklda takliflar berish tartibini belgilaydi; davlat xaridlari sohasidagi 
shikoyatlarni ko‗rib chiqish bo‗yicha komissiya tarkibini tasdiqlaydi. 
O‗zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi davlat xaridlari sohasidagi 
vakolatli organ sanaladi. O‗zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi:

davlat xaridlari sohasida davlat tomonidan tartibga solishni va 
davlat siyosatini amalga oshiradi; 

davlat xaridlarini tashkil etish va o‗tkazish tizimini, shu jumladan, 
elektron tizimni rivojlantirish bo‗yicha dasturlarni ishlab chiqish hamda 
ro‗yobga chiqarishning samaradorligi va ochiqligini oshirish bo‗yicha 
choralar ko‗radi; 

davlat xaridlari elektron tizimi operatorlarini hamda ularning 
davlat xaridlarini tashkil etish va amalga oshirishga taalluqli faoliyati 
tartibini, shuningdek maxsus axborot portali faoliyati tartibini belgilaydi; 

davlat xaridlarining elektron tizimiga nisbatan talablarni 
belgilaydi; 

iqtisodiy jihatdan eng foydali taklifni baholash usulini qo‗llash 
tartibini (baholashning narxga asoslanmagan mezonlarini) ishlab chiqadi; 

davlat xaridlari bo‗yicha axborotni joylashtirish, oshkor qilish va 
undan foydalanish tartibini hamda hajmlarini, shuningdek tovarga (ishga, 
xizmatga) hamda davlat xaridlarini amalga oshirish usuliga qarab e‘lon 
qilishga doir qo‗shimcha talablarni belgilaydi; 

xarid qilish tartib-taomillarini o‗tkazish to‗g‗risidagi e‘lonlarning, 
xarid qilish hujjatlarining namunaviy shakllarini tasdiqlaydi

Insofsiz ijrochilarning yagona reyestrini shakllantirish tartibini 
ishlab chiqadi va tasdiqlaydi; 


112 
 

Shartnomalarning yagona reyestrini yuritish tartibini belgilaydi; 

davlat 
xaridlari 
sohasidagi 
normativ-huquqiy 
hujjatlarning 
bajarilishi ustidan monitoring va nazoratni ta‘minlaydi; 

davlat xaridlari sub‘ektlaridan axborotlarni so‗rab oladi, jamlaydi, 
ularni tahlil qiladi va hisobotlarni shakllantiradi; 

davlat xaridlari sohasida xarid qilish va korrupsiyaga qarshi 
kurashish standartlari bo‗yicha sertifikatlashtirish tizimini joriy etishga 
doir takliflarni ishlab chiqadi va O‗zbekiston Respublikasi Vazirlar 
Mahkamasiga ko‗rib chiqish uchun kiritadi. 

Download 1,86 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   55   56   57   58   59   60   61   62   ...   99




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish