57
Markazlashmagan modelda
xarid qilishning ham
kamchiliklari
mavjud. Masalan:
markazlashmagan modelda kam hajmda buyurtma berilishi bois
sotib olinayotgan tovar(ish,xizmat)lar narxi ba‘zan qimmatga tushishi
mumkin;
har bir davlat buyurtmachiga mustaqil xarid qilishga ruxsat
berilishi buyurtmaching tajribasizligi tufayli ba‘zan
sifatsiz, kafolat
muddati kam tovar(ish,xizmat)lar ham sotib olinishi mumkin;
markazlashmagan holda xaridlarni amalga oshirilganda ba‘zan
buyurtmachilarning vakillari shaxsiy manfaatlarini ko‗zlab, nohalol
shartnomalar
tuzishlari, mablag‗larni noqonuniy o‗zlashtirish holatlari
ham bo‗lishi mumkin va h.k.
Aralash modelda
esa, xaridlarni davlat buyurtmachisi va
ixtisoslashgan tashkilot bilan hamkorlikda amalga oshiradi. Masalan,
O‗zbekistonda buyudjet tashkilotlari tovar(ish,xizmat)larga buyurtma
berganda O‗zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi G‗aznachiligi
ushbu
tovar(ish,xizmat)lar
uchun
mablag‗lar
ko‗zda
tutilganligi,
buyurtmachining hisob raqamda yetarlicha mablag‗ mavjudligini
tasdiqlaganidan so‗ng, e‘lon beriladi. Yoki, tender savdolarida va
tovarlarning (ishlarning, xizmatlarning) qiymati bazaviy hisoblash
miqdorining yigirma besh ming (byudjet buyurtmachilari uchun olti ming)
baravari miqdoridan oshgan hollarda
davlat xaridiga doir texnik
topshiriqlar qonunchilikda belgilangan tartibda ekspertiza uchun
Oʼzbekiston Respublikasi Iqtisodiy taraqqiyot va kambagʼallikni
qisqartirish vazirligi huzuridagi «Loyihalar va import kontraktlarini
kompleks ekspertiza qilish markazi» davlat unitar korxonasiga yuboriladi.
Xarid boʼyicha eʼlon faqat davlat xaridiga doir texnik topshiriq boʼyicha
Kompleks ekspertiza qilish markazining ijobiy xulosasi olinganidan keyin
joylashtiriladi.
Xaridlarni aralash modelda amalga oshirishning qator
afzalliklari
mavjud. Masalan:
aralash modelda mablag‗larni samarasiz va noqonuniy sarflashning
oldi olinadi;
vazirlik yoki yuqori turuvchi organlar
tomonidan tashkil etilgan
maxsus komissiya tarkibidagi yuqori malakali mutaxassislar sotib
olinayotgan tovar (ish,xizmat)ning sifati, yaroqligi yoki yetkazib
beruvchining ishonchliligini o‗rganib, so‗ngra buyurtma beradilar;
58
xarid qilinayotgan tovar (ish,xizmat)lar bo‗yicha
joriy nazoratni
am alga oshirilish ta‘minlanadi va h.k.
Aralash modelning afzalliklari bilan bir qatorda
kamchiliklari
ham
mavjud. Masalan:
aralash modelda mas‘ul yoki ixtisoslashgan tashkilotdan ruxsat
olish muddati ba‘zan cho‗zilishi oqibatida xarid qilish kechikishi mumkin;
ushbu
modelda buyurtmachi, ixtisoslashgan tashkilot va maxsus
axborot portal operatorlari o‗rtasida electron hujjat aylanish yo‗lga
qo‗yilgani bois, ba‘zan uzoq tumanlarda elektr ta‘minoti, dasturdagi texnik
va internet tezligi bilan bog‗liq muammolar xarid qilishda noqulayliklar
ham tug‗dirishi mumkin va h.k.
Do'stlaringiz bilan baham: