67
-
o‗ziga nisbatan joriy etilgan bankrotlik tartib-taomillarining
mavjud emasligi;
Insofsiz ijrochilarning yagona reestrida qayd etilmaganligi.
Ishtirokchilarga qo‗shimcha talablar qo‗yiladigan davlat xaridi.
Davlat
buyurtmachisi
zarur
bo‗lganda
tovarlarning
(ishlarning,
xizmatlarning) o‗ziga xos xossalaridan yoki xususiyatlaridan kelib chiqqan
holda ishtirokchilarga qo‗shimcha talablar belgilashga haqli.
Ishtirokchilarga
qo‗yiladigan
qo‗shimcha
talablar
Qonunda
belgilangan
printsiplarga
zid
bo‗lmasligi
kerak.Ishtirokchilarga
qo‗yiladigan qo‗shimcha talablar davlat xaridi to‗g‗risidagi axborotda u
e‘lon qilingan paytda ko‗rsatilgan bo‗lishi kerak.Ishtirokchilarga
qo‗shimcha talablar qo‗yiladigan davlat xaridida
ishtirok etish uchun
ishtirokchilar akkreditatsiya tartib-taomilidan o‗tadi.
Ishtirokchilarni akkreditatsiyadan o‗tkazish tartibi vakolatli organ
tomonidan belgilanadi.
Birgalikdagi
davlat
xaridlari.
Tovarlarning
(ishlarning,
xizmatlarning) birgalikdagi davlat xaridlarini shakllantirish ikki va undan
ortiq davlat buyurtmachisining davlat xaridlari bo‗yicha rejalariga ko‗ra
amalga oshiriladi.
Tovarlarning
(ishlarning,
xizmatlarning)
birgalikdagi
davlat
xaridlarini shakllantirish bir davlat dasturida
yoki loyihalar portfelida
ishtirok etayotgan davlat buyurtmachilarida amalga oshirilishi kerak.
Takliflarni ta‟minlash.
Davlat buyurtmachisi xarid qilish tartib-
taomiliga nisbatan ishtirokchilar tomonidan takliflarning garov, kafolat,
zakalat tarzida yoxud qonun hujjatlarida nazarda
tutilgan boshqa usulda
ta‘minlanishi zarurligi to‗g‗risida talab belgilashga haqli.
Xarid qilish tartib-taomiliga nisbatan ishtirokchilar tomonidan
takliflarning ta‘minlanishi zarurligi tarzidagi talab barcha ishtirokchilarga
taalluqli bo‗ladi va davlat xaridlarining shartlarida ko‗rsatiladi.
Davlat buyurtmachisi xarid qilish
tartib-taomiliga nisbatan
ishtirokchilar tomonidan takliflarning ta‘minlanishi zarurligi tarzida
talab
belgilagan taqdirda, takliflar yuborilguniga qadar ishtirokchi ta‘minotning
maqbulligini tasdiqlash to‗g‗risida so‗rov yuborishga haqli. Davlat
buyurtmachisi bunday so‗rovga darhol javob beradi.
Davlat buyurtmachisi taklifni ta‘minlash summasi to‗lanishini talab
qilmaydi va ta‘minlash to‗g‗risidagi hujjatni darhol qaytaradi yoki
quyidagi voqealardan biri yuz berganidan keyin uning qaytarilishini
ta‘minlaydi:
68
taklifni ta‘minlashning amal
qilish muddati tugashi;
davlat xaridlari to‗g‗risidagi shartnomaning kuchga kirishi va
ushbu shartnomaning bajarilishi ta‘minlanishi, agar bunday ta‘minlash
davlat xaridi shartlarida talab etilsa;
davlat
xaridlarining bekor qilinishi;
takliflarni yuborishning oxirgi muddati tugaguniga qadar taklifning
chaqirib olinishi, agar davlat xaridi shartlarida bunday qaytarib olishga
yo‗l qo‗yilmasligi aytib o‗tilmagan bo‗lsa.
Muzokaralar olib borishni taqiqlash.
Xarid
qilish tartib-taomillarini
amalga oshirishda davlat buyurtmachisining maxsus axborot portali
operatori bilan va maxsus axborot portali operatorining ishtirokchi bilan
muzokaralar olib borishiga yo‗l qo‗yilmaydi.
Do'stlaringiz bilan baham: