5.3. Davlat buyurtmachilari bilan tuzilgan shartnomalar reestri va
insofsiz ijrochilarning yagona reestri
Maxsus axborot portali operatori maxsus axborot portalidan
foydalanish vositasida davlat buyurtmachilari tomonidan tuzilgan
shartnomalar reestrini (bundan buyon matnda shartnomalar reestri deb
yuritiladi) yuritadi.
Shartnomalar reestriga quyidagi hujjatlar va axborot kiritiladi:
davlat buyurtmachisining nomi;
moliyalashtirish manbasi;
ijrochini aniqlash usuli;
xarid qilish tartib-taomilining natijalari sarhisob qilinadigan
sana va shartnoma tuzish asoslarini tasdiqlovchi hujjatning rekvizitlari;
shartnoma tuzilgan sana;
tovar (ish, xizmat), shartnoma bahosi va uni ijro etish muddati,
tovar (ish, xizmat) birligining narxi, u kelib chiqqan mamlakatning
nomi hamda ijro etilgan shartnomaga doir tovarni ishlab chiqaruvchi
to‗g‗risidagi axborot;
ijrochi soliq to‗lovchining nomi, firma nomi (agar mavjud bo‗lsa),
joylashgan eri (yuridik shaxs uchun — pochta manzili), familiyasi, ismi,
otasining ismi (agar mavjud bo‗lsa), yashash joyi (jismoniy shaxs uchun),
identifikatsiya raqami yoki chet ellik shaxs uchun tegishli chet davlatning
72
qonun hujjatlariga muvofiq ijrochi soliq to‗lovchining o‗xshash
identifikatsiya raqami, bundan tarixiy, badiiy yoki boshqa madaniy
ahamiyatga ega bo‗lgan va davlatning muzey, axborot-kutubxona, arxiv
fondlarini, kino fondlarini, fotosuratlar fondlarini va shunga o‗xshash
fondlarni to‗ldirish uchun mo‗ljallangan madaniy qimmatliklarni, shu
jumladan muzey ashyolarini va muzey kollektsiyalarini, shuningdek noyob
va qimmatbaho nashrlarni, qo‗lyozmalarni, arxiv hujjatlarini (shu jumladan
ularning ko‗chirma nusxalarini) etkazib beradigan jismoniy shaxs
to‗g‗risidagi axborot mustasno;
shartnomani o‗zgartirish to‗g‗risidagi axborot, shartnomaning
o‗zgartirilgan shartlari ko‗rsatilgan holda;
shartnomani ijro etish to‗g‗risidagi axborot, shu jumladan
shartnoma uchun haq to‗lash, shartnomada nazarda tutilgan
majburiyatlarni tegishli tarzda bajarmaganlik munosabati bilan
moliyaviy sanktsiyalar (jarimalar, penyalar) hisoblanishi to‗g‗risidagi
axborot;
shartnomani bekor qilish to‗g‗risidagi axborot, bekor qilish
sabablari va asoslari ko‗rsatilgan holda.
Shartnomalar reestridagi axborot to‗lov undirilmagan holda tanishib
chiqish uchun ochiq bo‗lishi kerak.
Shartnomalar reestrini yuritish tartibi vakolatli organ tomonidan
belgilanadi.
Qaysi shartnomalar to‗g‗risidagi axborot shartnomalar reestriga
kiritilmagan bo‗lsa, o‗sha shartnomalar uchun haq to‗lanmaydi.
Insofsiz ijrochilarning yagona reestri.
Insofsiz ijrochilarning yagona
reestri vakolatli organ tomonidan shakllantiriladigan ro‗yxatdan iborat
bo‗lib, unga quyidagi ma‘lumotlar kiritiladi:
xarid qilish tartib-taomillari yakunlari bo‗yicha belgilangan
shartlarda davlat buyurtmachisi bilan shartnoma tuzishni va davlat
xaridlarini amalga oshirishni rad etgan yoki boshqacha usulda bo‗yin
tovlagan xarid qilish tartib-taomillari g‗oliblari to‗g‗risidagi;
majburiyatlarni
bajarmaganlikda
yoxud
tegishli
tarzda
bajarmaganlikda belgilangan tartibda aybdor deb topilgan ijrochilar
haqidagi, bundan majburiyatlar bartaraf etib bo‗lmaydigan kuchlar
oqibatida bajarilmagan yoki tegishli tarzda bajarilmagan hollar
mustasno;
sudning qaroriga ko‗ra firibgarlik, soxtalashtirish va korrupsiya
bilan bog‗liq jinoyatlarni sodir etganlikda aybdor deb topilgan ijrochilar
to‗g‗risidagi.
73
Insofsiz ijrochilarning yagona reestriga kiritilgan ijrochi uch yil
davomida davlat xaridlarida ishtirok eta olmaydi, bu muddat tamom
bo‗lgach ijrochi Insofsiz ijrochilarning yagona reestridan chiqarib
yuborilgan hisoblanadi.
Ijrochilar
Insofsiz
ijrochilarning
yagona
reestriga
kiritish
to‗g‗risidagi qaror ustidan sud tartibida shikoyat qilishga haqli.
Do'stlaringiz bilan baham: |