106
bormoqda. Jumladan, kimyogarlar shaharchasi -Elobod (2006 y.) kaustik soda
ishlab chiqaruvchi zamonaviy korxona negizida barpo etilgan bo‗lsa, Surg‗il gaz
koni asosida Ustyurtda respublikamizda ikkinchi yirik gaz-kimyo majmuasi
shakllanmoqda. Ushbu korxonada yiliga 4 milliard 500 million kub metr tabiiy gaz
qayta ishlanib, 3 milliard 700 million kub metr gaz, 390 ming tonna polietilen, 80
ming tonnadan ortiq poliropilen, 100 ming tonnadan
ziyod piroliz benzini va
boshqa qimmatbaho mahsulotlar ishlab chiqarilmoqda.
Shaharlar hududiy tizimida mintaqaning markaziy va janubiy rayonlari
etakchilik qilsa, Orol dengizi bilan tutash
shimoliy rayonda
eng past 13 ming kishi
(jami shaharliklarning 1.4 foizi). Urbanizatsiya darajasining ushbu hududiy
tafovutlari tabiiy va ijtimoiy-iqtisodiy jarayonlar natijasi bo‗lib, u bundan keyin
ham davom etadi. Sababi, ekologik vaziyatning tangligi tufayli aholining
migratsion qo‗nimligi bu yerda muntazam salbiy natijalarga ega. Shimoliy shahri-
Mo‗ynoqda 1989 yilda 17 ming aholi yashagan bo‗lsa, 2016 yilga kelib u 13 ming
kishiga kamaydi. Rayon Qoraqalpog‗iston sanoat mahsulotining 3.9 foizini beradi.
Hududning ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanishi bevosita Orol muammosi bilan bog‗liq.
Mintaqaning
markaziy qismi
Nukus, Qoratov, Oqmang‗it, Taxiatosh, Kegeyli,
Xalqobod, Qozonketgan, Qonliko‗l, Xo‗jayli,
Vodnik singari shahar
manzilgohlarini birlashtiradi. Bu Qoraqalpog‗istonda urbanistik bosimi yoki
sig‗imi ancha katta ―shaharlashgan‖ rayon hisoblanadi. Markaziy rayonning qulay
tabiiy sharoiti va ijtimoiy-iqtisodiy omillarga bog‗liq holda, shaharlar to‗ri nisbatan
zichroq. Mintaqaning ayrim shaharlari singari 2005 yilda Taxiatosh migratsiyaning
manfiy saldosi natijasida o‗rta shaharlar qatoridan tushib qoldi. Garchi Taxiatosh
bu toifadan tushgan bo‗lsada, Qoraqalpog‗iston o‗rta shaharlar soni (To‗rtko‗l,
Xo‗jayli, Chimboy, Beruniy) jihatidan O‗zbekistonda hamon etakchi hisoblanadi.
Ayni paytda Taxiatosh issiqlik elektr stansiyasida 742 million dollar hajmidagi
ikkita bug‗-gaz qurilmasini o‗rnatish ishlari boshlangan.
2001 yil qurib ishga tushirilgan Uchquduq–Sultonuvays–Nukus temir
yo‗lining o‗tishi bilan mazkur rayonning transport geografik o‗rni yanada
yaxshilandi,
yangi bekat, raz‘ezd kabi infratuzilma ob‘ektlari shahar
manzilgohlarining vujudga kelishi uchun asos yaratdi. Shahar tashkil qiluvchi
omillarning rivojlanishi mineral xom ashyolarni o‗zlashtirish imkoniyatini berdi.
Shahar aholisining 51.5 foizi, sanoat mahsulotining 44.0 foizi mazkur sektorga
mos keladi. Rayon asosini Nukus-Xo‗jayli sanoat tuguni va shu nomdagi
shakllanayotgan shahar aglomeratsiyasi tashkil qiladi.
Markaziy rayonda oziq-ovqat, to‗qimachilik, energetika sanoati, shahar atrofi
qishloq xo‗jaligi yaxshi rivojlangan. Sanoatning hududiy tarkibi o‗ziga xos:
taxminan 25.8 foiz sanoat mahsuloti Nukus shahriga, 6.5 foizi energetiklar shahri –
Taxiatoshga to‗g‗ri keladi. Xalq iste‘mol mollari ishlab chiqarishdagi ulushi 39.3
va 13.8 ga teng. Iqtisodiyotining rivojlanishida Taxiatosh IES, Nukusda oziq-ovqat
sanoati (konserva, o‗simlik yog‗i) ishlab chiqarishi tovar ahamiyatiga ega
Markaziy rayonning
sharqiy qismiga
Chimboy shahri va Qorao‗zak,
Taxtako‗pir shaharchalari mos kelib hududning shaharlashuv sig‗imi juda past,
―inqirozli‖ rayon sanaladi. Uning QRda tutgan o‗rni: maydoni 17.5 foiz, aholisi
11.4 foiz, sanoati 2.5, foiz. Asosiy shahri Chimboyda 51.9 ming aholi yashaydi.
107
Rayonning urbanistik ahamiyati past, shahar hosil qiluvchi omillar ta‘siri kuchsiz
va investitsiya muhiti ham yaxshi emas. So‗nggi yillarda Janubiy Koreya
sarmoyalari hisobidan loyiha quvvati 1 mln t. bo‗lgan Quyi Amudaryo mintaqasida
yagona yirik sement zavodi barpo etilmoqda.
Janubiy rayon
tarkibiga Mang‗it, Jumurtau, Beruniy, Bo‗lish, Bo‗ston va
To‗rtko‗l shaharlari kiradi. To‗rtko‗l (Petroaleksandrovsk) hozirgi mustaqil
mamlakatimiz hududida ruslar asos solgan 3 ta shaharlardan biridir.
Qolgan
ikkitasi Kogon (Yangi Buxoro) va Farg‗ona (Skobelov) hisoblanadi.
Rayonda QR shahar aholisining 38.5 foizi istiqomat qiladi. Bu yerda
agrosanoat majmuasi, qishloq xo‗jalik mahsulotlarini qayta ishlash sanoati
shakllangan. Beruniyda asosan oziq-ovqat (o‗simlik yog‗i va un ishlab chiqarish)
va engil sanoat, Bo‗stonda aroq va likyor korxonalari mavjud. Rayon
Qoraqalpog‗iston sanoat mahsulotining taxminan 27.5 foizini ta‘minlaydi.
Asosiy
shaharlari Beruniy (58.7 ming) va To‗rtko‗l (60.6 ming kishi).
Viloyatdagi mavjud shahar va shaharchalarning shakllanishi va funksional
xususiyatiga turli omillar ta‘sir ko‗rsatgan. Xususan, Qo‗ng‗irot savdo va
hunarmandchilik negizida paydo bo‗lgan bo‗lsa, Elobod tog‗–kon sanoati,
energetiklar shahri Taxiatosh IES asosida vujudga keldi. 1980 yildan so‗ng tashkil
etilgan ―yangi‖ shahar (Bo‗ston, Shumanay, Xalqobod,) manzilgohlarning
aksariyati tuman ma‘muriy markazi sifatida faoliyat yuritadi.
Qoraqalpog‗iston
Respublikasi
markazi-Nukus
shahri
va
uning
aglomeratsiyasini uch tomondan bog‗lab turuvchi Qo‗ng‗irot, Chimboy, To‗rtko‗l
yoki Beruniy kabi o‗sish
markazlarini shakllantirish, masalan, Nukus, Nukus-
Chimboy, Nukus-Qo‗ng‗irot temir yo‗li va ularning ta‘sir zonasida o‗ziga xos
yo‗laklarni barpo etish maqsadga muvofiqdir.
Istiqbolda mintaqani kesib o‗tgan Uchquduq-Sultonuvays-Miskin-Nukus
temir yo‗lining ta‘sir doirasida shaharlar to‗rining kengayishi kutiladi. Xususan,
To‗rtko‗lda
Miskin
shaharchasi
Uchquduq-Sultonuvays-Miskin-Nukus,
Chimboyda Ayteke shaharchasi Nukus-Chimboy temir yo‗li tugunida istiqbolda
mintaqaning o‗sish markazlari rivojlanadi.
Hozirgi kunda QRga mamlakatimiz tomonidan turli imtiyozlar xususan,
transport va boshqa infratuzilmalarni barpo etish, xorijiy investitsiyalarni jalb
etish, qo‗shma
korxonalarni yaratish, kichik biznes va tadbirkorlikni
rivojlantirishga katta ahamiyat qaratilmoqda. Mintaqadagi o‗sish qutb va
markazlarini rivojlantirish davlat tomonidan maxsus ishlab chiqilgan dasturlar
doirasida amalga oshirilmoqda.
Do'stlaringiz bilan baham: