4. Auditorlik xulosasi va moliyaviy hisobot yuzasidan javobgarlik.
Auditorlik xulosasi qisqa, bir necha satrdan iborat bo’ladi xolos. U auditorlik faoliyatida
maxsus bilimga ega bo’lmagan foydalanuvchilar uchun yuridik jihatdan rasmiylashtirilgan axborot
bo’lishi mumkin. Ammo, shuni inobatga olish kerakki, tekshiruv yakunidagi xulosa bir necha
qatordan iborat bo’lsada, u o’ta ehtiyotkorlikni talab qiladi va sinchiklab, uzoq vaqt o’tkazilgan
audit jarayonining yakunlanganini bildiradi.
AQShda o’tkazilgan tadqiqotlar shuni ko’rsatadiki, aniq bir yilda transmilliy auditorlik
firmasining o’zi kabi yirik beshta mijoziga ko’rsatgan ish hajmi 128000 soatga teng. Bajarilgan bu
kabi yirik hajmdagi ishni auditorlar 175 ba’zan esa undan ham kam so’zdan iborat bo’lgan
auditorlik xulosasida aks ettiradilar. Shuni ta’kidlash kerakki, xulosadan
tashqi foydalanuvchi
auditor bajargan ish bilan boshidan oxirigacha tanishishni istamaydi. Unga faqatgina qisqa
satrlardagi xulosa ahamiyatli xolos. (tasavvur qiling 128000 soatlik ish natijalarini ko’rib chiqish
qancha uzoq vaqt olishini).
Rahbariyatning auditorlik hisoboti uchun javobgarligi
2002 yilga qadar AQShdagi korxonalarning boshqaruv xodimlari moliyaviy hisobotlardagi
buzib ko’rsatishlar, xatoliklar uchun tasdiqlangan firibgarlik holatlaridan tashqari, javobgarlikka
tortilmas edilar (Boshqacha
aytganda, xodimlar bu xatoliklar haqida bilar edilar va bu ularning
qastdan qilgan xatolari bo’lishi ham mumkin edi) 2002 yilda Sarbeyke-Okeli (SOX) qonuni qabul
qilingach bunga chek qo’yildi. Unga ko’ra, ijrochi yoki moliyaviy direktor va shunga o’xshash
mansabdor shaxslar AQShning qimmatli qog’ozlar va birjalari (SEC) bo’yicha Komissiyaga taqdim
etilgan yillik yoki choralik hisobotlarda quyidalarni tasdiqlashlari lozim:
rahbar hisobotni ko’rib chiqadi;
hisobot jiddiy faktlar haqida yolg’on ma’lumotni bayon qilmaydi yoki moddiy faktni
bekitmaydi,
moliyaviy hisobotlarda va boshqa moliyaviy axborotlardagi barcha muhim ko’rsatkichlar
kompaniyaning moliyaviy ahvolini haqqoniy aks ettiradi;
rahbariyatning imzolari:
-ichki nazorat tizimini tashkil etish va xizmatidan foydalanish uchun javobgarlik bor;
imzo qo’yuvchi mansabdor shaxslar kompaniya ichki auditorlari va direktorlar kengashining
audit bo’yicha qo’mitasi quyidagilarni ochib beradi:
- ichki nazoratni loyihalashtirishdagi yoki ichki nazorat faoliyatidagi kompaniyaga salbiy
ta’sir qilishi mumkin bo’lgan hamma jiddiy kamchiliklar ro’yxatga olinadi, ishlab chiqiladi,
umumlashtiriladi va kompaniya auditoriga bu
haqda xabar qilinadi;
-boshqaruv yoki boshqa xodimlarni o’z ichiga oluvchi va kompaniya ichki nazorat tizimida
muhim ahamiyatga ega har qanday firibgarliklar;
-ichki nazorat tizimidagi kamchiliklar va o’zgarishlar yoki ichki nazoratga jiddiy ta’sir
ko’rsatuvchi omillar haqida hisobotga imzo qo’ygan mansabdor shaxslar ularni baholash sanasidan
keyin jiddiy kamchiliklar va zaif tomonlariga nisbatan barcha tuzatuvchi xatti-harakatlarni ham
inobatga olgan holda.
Bu shuningdek, shtab-kvartirasi AQShdan tashqarida bo’lgan, aktsiyalari AQSh fond
birjalarida sotiladigan korporotsiyalarning mansabdor shaxslariga ham tegishli bo’lib xalqaro
muzokaralarga olib kelishi ham mumkin. Qator Evropa mamlakatlarida talab ushbu qonun doirasida
bo’lib, unda direktorlar kengashining hamma a’zolari (yoki ikki darajali boshqaruvda ijro etuvchi
organ va kuzatuv kengashi) moliyaviy hisobotlarga imzo qo’yishlari
bilan ularning javobgarligi
yuzaga kelishini, mas’uliyat faqat bitta bosh direktor yoki moliyaviy direktorga taalluqli emasligini
bildiradi. Biroq, moliyaviy hisobotlar va ichki nazorat uchun asosiy javobgarlik boshqaruv
yuklatilgan shaxs zimmasida qoladi va bu Sarbeyke-Okeli qonunining asosiy tamoyilidir.
Shlyumberje korxonasining moliyaviy hisobotlarini korporativ boshqaruv xodimlari
tomonidan tasdiqlanishi
Bosh ijrochi direktor tasdiqnomasi
Men, Endro Guld, quyidagilarni tasdiqlayman:
1.
Men Shlumberger Limibedolon 10-k shakl bo’yicha ushbu yillik hisobotini ko’rib chiqdim;