ISTIQLOL”
sahna va sahna oldi shifti ko‘rinishi
7.24-rasm. “
ISTIQLOL”
tomosha zali, balkon va shiftdagi
yoritgichlar
“Media markaz”
205
Tasvirga olish paviloni
Tasvirga olish pavilon shiftiga o‘rnatilgan yoritgichlar
206
Toshkentdagi Xamza teatri tomosha zalining sahna tomondan
ko‘rinishi
Toshkentdagi Xamza teatrining tomosha zali va sahnasi
207
Xamza teatri tomosha zali balkoni va shifti
“Turkiston” saroyi sahnasi
208
“Turkiston” saroyi tomosha zali
209
O‘zbekiston Davlat Konservatoriyasining “Organ” zali
Yuqorida keltirilgan misollardan shuni aytish mumkinki, zamonaviy
teatrlar nisbatan katta sonli tomoshabinlarga mo‘ljallangan, ularning
soni ko‘pi bilan-3000 kishi bo‘lishi mumkin. Teatrlar o‘rtacha 600÷1000
tomoshabinga mo‘ljallab quriladi. Bunday o‘lchamdagi teatrlarning
akustik sharoitlari biron-bir qiyinchiliksiz hal etilishi kerak.
210
Zalning shakli.
Binoning u yoki bu xonasi shaklini loyihalash va
hisoblashda tovush energiyasini tegishlicha sochish zallar va
studiyalarning akustikasiga qo‘yiladigan asosiy talablardan biri
hisoblanadi. Faqat tovush maydonining diffuziyaliligina tovush
maydonining bir xilligiga erishishning xaqiqiy omili hisoblanadi.
Diffuziya maydoni xonada tovushni erkin va bir tekis va eshitish
a’zomizga sezilarli sakrashlarsiz so‘nishiga kafolat bera oladi.
Xonada maydon diffuziyasini oshirishning ikkita usuli ma’lum.
Birinchidan, optimum reverberatsiya nuqtai nazaridan qo‘llaniladigan
tovush so‘ndiruvchi materiallar xona yuzasi, ayniqsa zal devorlari
bo‘yicha imkoni boricha bir tekis taqsimla-nishi kerak. Zal shiftiga
kelsak u asosan tovushni qaytarish rolini o‘ynaydi. Ikkinchidan,
devorlarga noto‘g‘ri shakl beriladi, devorlarning uzunligi bo‘yicha
kolonna, yarimkolonna va notekis qavariq shakldagi naqqoshlik
materiallari
o‘rnatiladi. Zamonaviy radio studiyalarning ichki
arxitektura-akustik ishlov berish shu prinsipga asoslangan (7.33-rasm).
Devor va shiftda tovush sochuvchi yarimsilindrlar o‘rnatilgan
radioeshittirish studiyasi (AQSh)
211
Devorga sferik tovush sochuvchi o‘rnatilgan radioeshittirish
studiyasi (AQSh)
Tovush sochuvchi materiallarni tanlashda va unga ishlov berishda
uning asosiy belgilanishi-tovush sochishdan tashqari u tovush yutuvchi
yuza vazifasini ham bajaradi. Bu past chastotalarda juda sezilarli.
Tovush sochuvchilarning bunday xususiyatlarini inobatga olib, ularni
turli o‘lchamda va ko‘p miqdorda loyiha-lashga harakat qiladilar. Bunda
tovushni sochish va yutish turli nutq va musiqa chastota spektrlarida bir
xil darajada amalga oshiriladi.
Demak, zallarni loyihalashda arxitektorlar birinchi navbatda uning
shakliga ahamiyat beradilar. Yuqorida ta’kidlaganimizdek zallarning
shakli turlicha: doira, yarim doira, ellips ko‘rinishida bo‘lishi mumkin.
Ammo shuni ta’kidlash zarurki, zalning turli o‘lchamlari nisbati uning
badiiyligi didiga zid bo‘lmasligi kerak. Zallarning biron bir o‘lchami
boshqalaridan sezilarli katta (baland, uzun yoki keng va aksincha qisqa,
past va tor) bo‘lsa, bunday zallar hech qachon akustik nuqtai nazaridan
samarali bo‘lmaydi chunki, bunday zallarning hajmi bo‘yicha tovush
energiyasi zichligi turlicha bo‘ladi. Agar zal ellips shaklida bo‘lsa,
fransuz olimi Burdening ta’kidlashicha har bir tovush nuri zal
devorlarining ma’lum yuzalaridan qaytib boshqa nurlar bilan
kesishmasdan tinglovchiga yetib boradi. Ammo bu taxminlar faqat
birinchi qaytish nurlarigagina tegishli. Keyingi ko‘p sonli qaytarilishlar
212
turli yo‘nalishlar bo‘yicha tarqaladi va reverberatsiya vaqti bilan
aniqlanadigan oddiy sharoit yuz beradi. Bu holda zalning shakli o‘zining
spesifik xususiyatlarini yo‘qotadi. Umuman olganda zalning shunday
shakli yo‘qki, u o‘z-o‘zidan (absolyut o‘lchovlaridan qat’iy nazar)
akustik muvaffaqiyatni kafolatlasin. Boshqa tomondan, akustik
kamchiliklarni oldindan ko‘rabiladigan yoki biroz susaytiradigan zal
shakli yo‘q. Zalning shakli to‘g‘risida shunday fikrni aytish mumkin,
zalning turli o‘lchamlari nisbati uning badiiyligiga zid bo‘lmasligi kerak.
Do'stlaringiz bilan baham: |