Elektroakustika


 bob. Arxitektura akustikasi asoslari



Download 14,73 Mb.
Pdf ko'rish
bet106/124
Sana11.12.2022
Hajmi14,73 Mb.
#883511
1   ...   102   103   104   105   106   107   108   109   ...   124
Bog'liq
61a1e12d478215.06492958

7 bob. Arxitektura akustikasi asoslari
7.1 Arxitektura akustikasining rivojlanish tarixi 
 
Arxitektura qurilish akustikasining boshlanishi qadim - qadimlarga 
yetib boradi. U vaqtlarda akustik masalalar avval ulkan shaxsga oid, 
keyinchalik esa, boshqa jamoat inshootlari - tomosha va majlis zallarini 
qurish masalalarini yechishga qaratilgan edi. 
Assiri, Vavilon, Qadimiy Misr bunyodkorlari V-II ya.e. avvalgi 
ming yillikda ajoyib san’at ko‘rinishidagi jonli arxitekturaga ega bo‘lgan 
ibodatxonalarni qurgan edilar. Ulkan qurilish konstruksiyalari, skulptura 
va tasviriy san’at hamma - hammasi ibodat qiluvchilarni ajablantirish, 
hayratga solish uchun qaratilar edi, bunday maqsadga erishar edilar ham. 
O‘sha zamonlarda bunyodkorlarga tovush to‘lqinlarining tarqalish va 
qaytish qonunlari ma’lum bo‘lgan. Ular shu qonunlardan oqilona 
foydalanib, ibodat qiluvchilarni hayratda qoldirar edilar. 
Xuddi shunday his qadimiy yunonlar (ya.e. avvalgi IV-VII asr) 
san’atida ham boshqacharoq tusda sezilar edi. Qadimiy Yunon 
ibodatxonalari va boshqa ijtimoiy inshootlarda, ulardagi qismlar 
o‘lchamlariga mutanosiblik xosdir, ular yuqori akustik xususiyatlarini 
belgilaydi. Keyinchalik qadimiy yunonlarning qurilishda aql-idrokka 
asoslangan akustik yechimlari ko‘pgina mamlakat olimlari tomonidan 
o‘z tasdig‘ini topdi. Qadimiy Gresiyaning tomosha inshootlari ikki turga 
bo‘linar edi: odenoyalar va teatrlar. Birinchisi kichik yopiq binolar 
bo‘lib repetitsiyalar va kichik sonli ijrochilar va tomoshabinlarga 
mo‘ljallangan bo‘lsa, ikkinchisi ochiq turdagi tomosha inshootlari 
bo‘lib, ularda tosh o‘rindiqlar tepalik etaklariga joylashtirilar edi. 
Gresiya arxitektorlarining an’analarini Rim quruvchilari davom 
ettirdilar. Rim inshootlari grek inshootlaridek tepaliklarga qurilmasada, 
ularda juda ko‘p o‘xshashlik bor edi. Ana shunday inshootlardan biri 
ya.e. avval 80 - 90 yillarda qurilgan 56 ming tomoshabinga 
mo‘ljallangan Flaviya-Kolizey amfiteatridir. Bunday katta inshootlarda 
ijrochilarning tovushini ko‘p ming kishilik tomoshabinlarga tabiiyligicha 
yetkazish haligacha shu zamon kishilarini hayratga soladi. Gresiyadagi 
17800 o‘rinli Pompey teatri, Rimda 20000 o‘rinli Marsella teatrlari 
shular jumlasidandir. Rim shoiri, filosofi va olimi Kar Lukreskiy (ya.e. 
avval 99 - 55 yy) «Tabiat buyumlari haqida» deb ataluvchi ilmiy asarida 
o‘sha davrdagi akustikaga oid, shu jumladan, xona akustikasiga oid fikr 
- mulohazalarini bildirgan edi. Keyinchalik Vitruviy «Arxitektura 


191 
haqida» kitobida antiqa arxitektorlarning tajribasini umumlashtirib, 
qator qonun - qoidalarni ta’riflab berdiki, ular hali ham zamonaviy 
inshootlarda katta muvaffaqiyat bilan qo‘llaniladi. Xonalardagi akustik 
hodisalar o‘zining ajoyib tadbiqlarini topdi. Bizgacha qadimiy Rim va 
Xitoydagi «shivirlovchi galereyalar» yetib kelgan. 
Parij 
Panteoni 
yerto‘lasidagi ohista qarsak ko‘pdan-ko‘p 
qaytarishlar natijasida momoqaldiroqdek aks sado paydo qiladi. 
Darmshtaddagi cherkovda aks sado balandligi 47 m bo‘lgan 
qubbadan tovushning qaytishi natijasida paydo bo‘ladi. 
Glochesterdagi (Angliya) ibodatxonada ohista so‘zlashuv 25 m 
masofagacha eshitiladi. Bunday misollarni ko‘pdan-ko‘p keltirish 
mumkin.
7.1.- rasm. “Dionis qulog‘i” galereyasi 
Yana bir misol, aytishlaricha Sirakuza (Sitsiliya) tosh konlardagi 
(7.1-rasm) bir galereyaga asirlar joylashtirilar, yuqorida esa ular nimalar 
haqida gapirganlarini eshitar edilar, shunday qilib, ularning sirlarini bilib 
olar ekanlar. Shu sababli bu galereyani «Dionis qulog‘i» nomi bilan 
ataganlar. «Dionis qulog‘i»ni birinchi bo‘lib V.Sebin tekshirgan. 


192 
Eyler, Lagranj, Fure, Stoks, Yung, Gelmgols va b.q akustikani fan 
sifatida dunyo miqyosida yuzaga chiqardilar. XIX asrning oxiri XX 
asrning boshlarida V.Sebin tajribalar o‘tkazib, birinchi bo‘lib xonaning 
geometrik parametrlari, uning akustik tavsiflariga bog‘liqligini aniqladi 
va shunday qilib, arxitektura akustikasiga asos soldi. Keyinchalik 
Eyring, Xant, Beranek, Ma Da-yu, Knudson, Mayer, Vatsonlar xonalar 
akustikasi nazariyasiga sezilarli hissa qo‘shdilar. Sobiq ittifoq olimlari 
I.I.Andreev, I.G.Dreyzen ,A.N. Kacherovich, S.Ya.Lifshis, A.V. 
Rabinovich, S.N. Rjevkin, M.A. Sapojkov va V.V.Furduevlar shu 
sohadagi nazariy va amaliy bilimlarni yanada chuqurlashtirib, yangi 
g‘oyalar bilan boyitdilar. 
Xona akustikasini o‘rganish va tekshirishda Sebin asosan tovush 
energiyasining tarqalishi, to‘siqlardan qaytishi masalalarini, ya’ni tovush 
nurining geometrik xususiyatlarini o‘rgandi.
Tovush 
tarqalishining 
geometrik 
nazariyasi 
eng 
qadimiy 
nazariyadir. 
Geometrik nazariya I.G.Dreyzen, A.N.Kacherovich, L.Kontyuri, 
S.Ya.Lifshis ishlarida yana ham rivojlantirildi. 
Sebin xonada tovush manbai o‘chirilgandan so‘ng to‘lqinlarning 
to‘siqlardan ko‘p marta qaytishi va ularning energiyasi yutilishiga 
asoslangan 

Download 14,73 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   102   103   104   105   106   107   108   109   ...   124




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish