Mavzu: Boshlang‘ich sinf matematika darslarida
tarixiy materiallardan foydalanishning ahvoli
Rabbimov M
Boshlang‘ich
ta’lim
metodika
kafedrasi
professori
JDPI 4-bosqich talabasi
Sherqulova (Bekamova) Hilola
Arifmetika o‘qitish predmeti sifatida ancha oldin paydo bo‘ladi va
maktab taʼlimida mustahkam o‘rin egalladi. Arifmetika o‘qitish metodikasi esa
ancha keyin yaratildi. XVIII asr oxiriga qadar arifmetika metodikasi mustaqil
o‘quv qo‘llanmasi sifatida mavjud emas edi. Arifmetika o‘qitish metodikasi
rivojlanishiga Moskvada Pyotr I korsatmasiga binoan tashkil qilingan (1701y.)
Rossiyada birinchi umumiy taʼlim maktabi bo‘lmish Matematika va navigasion
fanlar maktabi turtki boldi. Bu maktabga 13 yoshdan 18 yoshgacha bo‘lgan osmir
va yoshlar qabul qilinadi.
1703 yilda matematika va navigasion maktab uchun maxsus ravishda Leontiy
Filippovich Magniskiy tomonidan “Arifmetika, sirech nauka chislitelnaya nomli
darslik yaratdi. Bu oz vaqti uchun ajoyib kitob edi. XVIII asrning birinchi yarmi
davomida bir qancha avlod arifmetikani shu kitob bo‘yicha o‘rgandi.
Magniskiyning katta xizmati shundan iborat ediki, u o‘zining Arifmetika”sida
birinchi marta sonlarni nomerlashning arabcha sistemasini kiritadi, bu sistema
o‘sha davrga qadar qo‘llanilib kelingan slavyancha nomerlash sistemasini siqib
chiqaradi.
Magniskiy arifmetikasida faqat arifmetik maʼlumotlargina berilmay, balki
algebra, geometriya va trigonometriyaga doir materiallar ham berilgan. O‘sha
zamonlarda matematikaning bo‘limlari yetarlicha aniq differensiallashmagan edi.
Magniskiy arifmetikasi kursida hech qanday isbot berilmagan, tushuntirish,
qoidalar taʼkidlash yoki bayon qilish bilan keltirilgan. Bu Magniskiy darsligining
asosiy kamchiligi edi. Bunday darsliklar o‘quvchilarni ham, o‘qituvchilarni ham
qanoatlantirmasdi, albatta. Kitob materiali savollar va javoblar shaklida reseptur
tariflar va qoidalar tarzida bayon qilinardi.
Arifmetika metodikasini yaratish ishida quyidagi asarlarda berilgan
g‘oyalarning qimmati va bizning zamonamizga mos keladiganlari quyidagilardan
iborat:
O‘quv materiali konsentrlar bo‘yicha joylashtiriladi. Xususan, uchta konsentr
ajratilgan: birinchi o‘nlik, birinchi yuzlik, ko‘p xonali sonlar.
O‘quvchini ogzaki va yozma hisoblash usullari orqali arifmetik amallar
qonunlari va xossalarini o‘zlashtirishga olib kelish borasida birinchi muvaffaqiyatli
harakat qilingan. 10 ichida qo‘shishni o‘rganishda bolalar qo‘shishning o‘rin
almashtirish qonuni bilan tanishadilar. 100 ichida qo‘shish va ayirishning hisoblash
usullari sonni yigʻindiga qo’shish va ayirishning hisoblash usullari sonni yig’indiga
qo‘shish, yigʻindini sondan ayirish qoidalariga asoslangan holda ochib beriladi.
Masalan:
32 - 13 = 32 - (10 + 3) = (32 - 10) -3 = 22-3=19
Shu yerda xonalab qo’shishi usuli ham ochib beriladi. Jadvalda kopaytirishni
o‘rganishda kopaytirishning orin almashtirish qonuni kiritiladi.
1.
O‘quvchilar mustaqilligi ta’kidlanadi va unga katta e’tibor beriladi.
O‘quvchilarning
mustaqil
ishlariga
rahbarlik
qilish
va
o‘qitishni
individuallashtirishni amalga oshirish uchun maxsus ravishda “Arifmeticheskiye
listki” kitobining varaqlaridan foydalaniladi (kitobda 2523 ta masala bor), bu
varaqlar kartonga yopishtirilib o‘quvchilarga tarqatiladi.
Ko‘rgazmalilik, ayniqsa ta’limning birinchi qadamlarida keng qo‘llaniladi.
Keyinchalik “Аmallarni o‘rganish metodi” deb atalgan metodni nazariy
asoslashga va amaliy ishlab chiishga asos solindi.
1. Arifmetika o‘qitish tarixi haqida
Arifmetika o‘qitish predmeti sifatida juda erta paydo bo‘ldi va uy hamda
maktabda aniq va mustahkam o‘rinni egallagan. Uni o‘qitish metodikasi esa ancha
keyin yaratildi.
XIX asrning 60-yillariga kelganda yangi o‘qitish yo‘nalishlari hosil bo‘la
boshladi. Paulsonning
"
Arifmetika po sposobu nemeskogo pedagoga Grube
"
kitobi
chiqdi. Uni rus metodisti V.A. Yevtushevskiy qayta ishlab rus boshlang‘ich
maktablarida qo‘lladi.
Keyinchalik V.A. Latishev arifmetik amallarni o‘rganish metodikasini
yaratdi. U
"
Rukovodstvo k prepodavaniyu arifmetiki
"
(1880) kitobida amallarni
soddaroq bajarishga urinib ko‘rgan.
Bundan keyin A.I. Goldenberg
"
Metodika
"
kitobida amallarni o‘rganishni
uch konsentrga bo‘lib tavsiya qilgan:
a) o‘nlik; b) yuzlik; v) ko‘p xonali sonlar.
Arifmetik amallar, ularning xossalari, ko‘rsatmali tushuntirish, arifmetik
cho‘t, og‘zaki hisoblash jadvali kabi ko‘pgina metodik tavsiyanomalarni berdi. Shu
asosida XX asr boshigacha arifmetikani yaratish va uni o‘qitish sohasida ancha
siljishlar bo‘ldi. Arifmetika ongni rivojlantirishda oldingi o‘rinda turishligi
isbotlandi.
2. Mustaqillik davrida boshlangich matematika o‘qitish
O‘zbekiston Respublikasi birinchi prezidenti I.A. Karimovning
"
Talim-
tarbiya va kadrlash tayyorlash tizimini tubdan isloh qilish, barkamol avlodni
voyaga yetkazish to‘g‘risida
"
gi farmonida va Oliy Majlis tomonidan qabul
qilingan
"
Talim to‘g‘risida
"
gi qonun va
"
Kadrlar tayyorlash milliy dasturi
"
da
talim tizimini nazorat qilish va shakllantirishga katta etibor berilgan.
Bu hujjatlarda ko‘rsatilishcha talim tizimida boshlangich talim eng asosiy,
tayanch manba bo‘lib hisoblanishi qayd qilingan. Boshlangich sinf o‘quv
dasturini, darsliklarini qayta tuzib chiqish, boshlangich sinf oqituvchilarini qayta
tayyorlash, o‘qitish sifatini oshirishga etibor berilgan.
1-4 sinflardagi talimning turi boshlangich talimni qamrab oladi, hamda
o‘quvchilarning fan asoslari bo‘yicha muntazam bilim olishlarini, ularda bilim
o‘zlashtirish ehtiyojini, asosiy o‘quv-ilmiy va umum-madaniy bilimlarni milliy
va umumbashariy qadriyatlarga asoslangan manaviy axloqiy fazilatlarni, mehnat
ko‘nikmalarini ijodiy fikrlash va atrof muhitga ongli munosabatda bo‘lish va kasb
tanlashni shakllantiradi.
Olimlarning fikriga ko‘ra normal rivojlangan bolalarni 6 yoshdan
maktabga qabul qilish ularning aqliy, ruxiy va jismoniy kamolotiga, oquv
dasturlarini yaxshi o‘zlashtirishida ijobiy samara beradi. Ayni zamonda bolalarni
6 yoshdan o‘qishga jalb etishda ularning har biriga alohida yondoshish, birinchi
navbatda ularning salomatligi va zehni, shuuri qay darajada shakllanganligi
etiborga olinishi lozim.
Shu bilan birga mutaxassislar o‘tkazgan ilmiy tadqiqotlar shuni
ko‘rsatadiki, bolalarimizning 10-30 % yuqorida aytilgan sabablarga ko‘ra hozirgi
kunda 6 yoshdan maktabga yuborishga tayyor emas. Ayniqsa, bu hol qishloq
sharoitida o‘sayotgan bolalarning taxminan 50 % iga tegishlidir. Jismonan va
aqliy tomondan ham to‘liq shakllanmagan bolalarning 6 yoshdan maktabga
majburan qabul qilinishi, ularning o‘qish davomida o‘z ojizligini sezishi va
qiynalishiga olib kelishi mumkin.
Yuqoridagilarni nazarda tutib, bolalarning jismoniy va aqliy yetukligini
etiborga olgan holda ularni 6-7 yoshdan qabul qilish maqsadga muvofiqdir.
"
Talim to‘g‘risida
"
gi yangi 2020 yildagi qonunning 12-moddasida
"
Boshlang‘ich talimning umumiy o‘rta talim olishi zarur bo‘lgan savodxonlik,
bilim va ko‘nikma asoslarini shakllantirishga qaratilgandir. Maktabning 1-sinfiga
bolalar 6-7 yoshdan qabul qilinadi
"
-deyilgan.
Foydalangan adabiyotlar:
1.O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev 2022- yil 3-
fevraldagi F- 22- son “Xalq ta‘limi tizimini isloh qilish bo‘yicha chora-
tadbirlar to‘g‘risida” gi farmoyishi
2. Oʻzbekiston Respublikasi ta'lim toʻgʻrisidagi qonun. 2020-yil 19-may.
3. S. Alixonox Matematika oʻqitish metodikasi, Choʻlpon nashriyot matbaa uyi,
2011-yil.
4.M. E. Jumayev,Z.Gʻ. Tadjiyeva. Boshlangʻich sinflarda matematika oʻqitish
metodikasi, Toshkent- 2005.
Do'stlaringiz bilan baham: |